• RIVAL168
  • Sabung Ayam Online
  • Slot Online
  • Slot Bank Bri
  • Slot Bank Mandiri
  • Slot Bank Seabank
  • Slot Bank Bca
  • Slot Bank Bni
  • Slot Dana
  • Slot Ovo
  • Slot Linkaja
  • DeraDer4
  • Link DeraDer4
  • Sleep DeraDer4
  • MMORPG DeraDer4
  • gacor
  • gunchang menang
  • slot gacor
  • anime
  • anime baru
  • anime overpower
  • anime sekolah
  • baju sepasang
  • baju korea
  • make up
  • facewash
  • baju sepasang
  • baju raya
  • Slot 2025
  • Slot bagus 2025
  • Slot bagus 2024
  • O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi
    6.02.24

    Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi bo'yicha navbatdagi seminar bo'lib o'tdi

    6.02.24

    O‘zbekiston-Belarus ishbilarmonlar kengashining 3-yig‘ilishi

    1.02.24

    Gulistonda tadbirkorlar uchun viloyat hokimining navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi

    1.02.24

    Kanadaning O'zbekistonga yangi tayinlangan elchisi Alan Hemson o'rtasida uchrashuv

    31.01.24

    “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini” joriy etish bo'yicha seminar-trening

    23.01.17

    O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

    20.01.17

    Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

    10.05.16

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    11.12.15

    Rossiya Federatsiyasi

    11.12.15

    Ukraina

    “Hakamlik sudlari: muammolar va yechimlar”

    O'zbekiston  Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Surxondaryo viloyat hududiy  boshqarmasi va Surxondaryo viloyati iqtisodiy sudi tomonidan joriy  yilning 1 may kuni Termiz shahrida “Hakamlik sudlari: muammolar va yechimlar” mavzusida “davra suhbati” o'tkazildi. 
    “Davra suhbati”da O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va uning  Surxondaryo viloyat  hududiy boshqarmasi mas'ul xodimlari va uning huzuridagi Hakamlik sudi sudyalari, Surxondaryo viloyat iqtisodiy sudi sudyalari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari rahbarlari, tijorat banklari va aksiyadorlik jamiyati yuridik xizmati xodimlari ishtirok etdilar. 
    Unda “Hakamlik sudlari faoliyatini rivojlantirishdagi muammolar” va “Hakamlik muhokamasining afzalliklari” mavzularidagi ma'ruzalar tinglandi.
    Ma'ruzalarda ta'kidlanganidek, mamlakatimizda hakamlik sudlarini tashkil qilish va faoliyatining huquqiy asoslari yaratilganligi ularni nizolarni muqobil hal etishda asosiy nodavlat organ sifatidagi faoliyat ko'lamini yildan yilga kengayib borishiga imkoniyat bermoqda. 
    Hakamlik sudi fuqarolik huquqiy munosabatlaridan kelib chiquvchi nizolarni, shu jumladan tadbirkorlik sub'ektlari o'rtasida vujudga keluvchi iqtisodiy nizolarini hal etuvchi nodavlat organ hisoblanadi.
    Hakamlik sudi o'z faoliyatini qonuniylik, mustaqillik, hakamlik muhokamasi ma'lumotlarining oshkor qilinmasligi, hakamlik sudyalarining xolisligi, dispozitivlik, hakamlik muhokamasi taraflarining tortishuvi va teng huquqliligi kabi pritsiplariga rioya qilgan holda amalga oshiradi. 


    Hakamlik sudi quyidagi afzalliklarga ega: tejamkorlik; nizoni tezkorlik bilan ko'rib chiqish; hakamlik sudyalarini mustaqil tanlash va nizoni hal qilish tartib-taomilini mustaqil belgilash imkoniyati mavjudligi; kelishuv bitimiga erishish va hamkorlik munosabatlarini saqlab qolishga sharoit yaratish; hakamlik muhokamasi ma'lumotlarining oshkor qilinmasligi;  hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish mexanizmi mavjudligi. 
    O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boshqarmalari huzurida tashkil qilingan 15 ta hakamlik sudlari tomonidan 2007 yildan 2018 yil 1 aprelgacha  da'vo summasi 607,6 mlrd. so'm, 55,5 mln. AQSH dollari va 195,1 ming YEVRO ni tashkil qilgan jami 11280 ta ishlar ko'rilganligi qayd etildi. Ammo Palataning Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi huzuridagi Hakamlik sudi tomonidan jami da'vo summasi 7,2 mlrd. so'm bo'lgan 132 ta ishlar ko'rib chiqilganligi tanqidiy taxlil qilindi. 
    Tadbirda shuningdek O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatai huzuridagi Hakamlik sudining raisi Foziljon Otaxonov o'z ma'ruzasida Palata a'zolari Hakamlik sudiga imtiyozli asosda murojaat qilishlari mumkinligini, ya'ni ular uchun hakamlik yig'imining miqdori to'lanishi lozim bo'lgan summaning 75 foizini tashkil qilishini, bundan tashqari yaqin kelajakda hakamlik bitimi taraflarining hoxishiga ko'ra hakamlik sudining majlislari videokonferens-aloqa rejimida o'tkazilishi mumkinligiga e'tiborni qaratdi hamda buning uchun huquqiy asoslar mavjudligini ta'kidladi.
    “Davra suhbati”da iqtisodiy sudlar tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish va uni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish bilan bog'liq ishlarni ko'rishning o'ziga xos xususiyatlari tahliliy materiallar asosida atorflicha yoritildi.
    Hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlarini ijro qilish ikki xil usulda, ya'ni ixtiyoriy va majburiy (vakolatli sudlardan ijro varaqasini olish orqali) ijro qilinishiga tadbir qatnashchilari e'tibori qaratildi va bu boradagi muammolar yuzasidan atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi.
    Hakamlik sudlarida nizolarni tezkor, qonuniy, adolatli hal qilish ko'p jihatdan hakamlik sudyalarining bilim darajasi, amaliy tajribasiga bog'liqligiga e'tibor qaratilib, ularni malakasini oshirishning dolzarb muammolari tadbir ishtirokchilari tomonidan har tomonlama muhokama qilindi.
    “Davra suhbati” ishtirokchilari va ma'ruzachilar tomonidan  hakamlik muhokamasining  huquqiy asoslarini takomillashtirish, vakolatli sudlar bilan hakamlik sudlari  o'rtasida o'zaro hamkorlikni rivojlantirish, hakamlik sudyalari va hakamlik sudyaligiga nomzodlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, nizolarni qo'rib chiqish bo'yicha xakamlik sudyalari o'rtasida tajriba almashish, hakamlik sudlari  xal  qiluv  qarorlari  ijrosini ta'minlash  kabi masalalar bo'yicha taklif va mulohazalar bildirildi. 

    O'zSSP Matbuot xizmati

    02.05.2018

    15:46

    Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
    x

    Savollar bering

    Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

    +998(78) 150-60-06