Tadbirkorlikni rivojlantirish yo'lida
Joriy yilning 6 iyun kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumanida xokimlik, tegishli davlat va jamoat tashkilotlari vakillari va rahbarlari ishtirokida o'kuv amaliy seminarlar o'tkazildi.
Seminarda xudularni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, tumanning iqtisodiy salohiyati va undan samarali foydalanish yo'nalishlari, tumanda tijorat banklari, kredit tashkilotlari va sug'urta tashkilotlarining zamonaviy moliyaviy xizmatlarini joriy etish, soliq tizimi va soliq ma'murchiligini isloh qilish xamda byudjetga to'lov intizomini mustaxkamlashning ustuvor yo'nalishlari kabi mavzularda davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari tomonidan taqdimotlar o'tkazildi.
O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o'rinbosari I.Jasimov o'z ma'ruzasida xududda qulay ishbilarmonlik muxitini shakllantirish, tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, moddiy va texnik resurslaridan keng foydalanishni kengaytirish xamda iste'mol tovarlari va pullik xizmatlar bilan ta'minlash, tumanda xizmat ko'rsatish soxasini rivojlantirish, shuningdek, birinchi navbatda xotin-kizlar va yoshlar, shu jumladan, uyushmagan yoshlar xamda nogironlar, kam ta'minlangan oilalar a'zolarining bandligini ta'minlash mexanizmlari xaqida to'xtalib, batafsil ma'lumotlar berdilar.
Seminar o'z ishini respublikamizning boshqa viloyatlarida ham davom ettiradi.
O'zSSP Matbuot хizmati
06.06.2018
11:10