Yoshlar tadbirkorligi - E'tiborda
Mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini yahshilash bo'yicha qabul qilinayotgan choralar samaradorligi va natijadorligi etakchi xalqaro moliyaviy tashkilotlar va reyting agentliklarining ijobiy baholarida xolisona aks ettirilmoqda. Jahon bankining «Biznesni yuritish — 2018» hisobotida O'zbekiston tadbirkorlik uchun yanada qulay sharoitlar yaratish bo'yicha islohotchi davlatlar qatorida jahonda birinchi o'ntalikka kirdi.
Mamlakatimizda qulay biznes muhitini rivojlantirish borasidagi sa'y-harakatlar izchil davom etmoqda. O'zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi va O'zbekiston Yoshlar ittifoqi tomonidan Toshkent viloyati Qo'yichirchiq tumanida tadbirkorlikni rivojlantirish masalalarida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, “Yoshlar - kelajagimiz” davlat dasturini amalga oshirish, yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan respublika shtabi tuzildi.
Shuningdek, tumanda uyushmagan yoshlarni aniqlash, ularning aniq ro'yxatini shakllantirish, ijtimoiy, moddiy va ma'naviy ko'makka muhtoj toifalarini aniqlash, ular bilan manzilli tadbirlar o'tkazish bo'yicha mutasaddi tashkilotlar ishtirokida 160 nafar vakillardan iborat 10 ta ishchi guruxi tashkil etilib, 37 ta MFYlarga biriktirildi.
2018 yilning 30 may kuni holatiga ko'ra 12 ta mahalladan 30 nafar fuqarolarga tadbirkorlik faoliyatini yo'lga quyishi uchun 349,1 mln so'm kredit ajratildi. Natijada, ular tomonidan 63 ta yangi ish o'rinlari yaratildi.
Ta'kidlash joizki, mahallalarda yoshlar bilan suhbatlar o'tkazish bilan birgalikda aholi tomonidan bildirilgan muammolarni hal etish masalalariga ham alohida e'tibor qaratilmoqda.
Uyma-uy yurish jarayonida jami 2 384 ta, shu jumladan:
- 299 ta xolatda tomorqa ekilmaganligi;
- 153 ta ko'chaning yo'llari ta'mirtalabligi;
- 1605 ta xonadonda suv, 59 ta xonadonda elektr va gaz ta'minotida muammolar mavjudligi;
- 21 ta xolatda axlat uyumlari to'planib qolganligi;
- 82 ta uy va bino tashlandiq holatdaligi;
- 165 ta boshqa muammolar mavjudligi aniqlandi.
Respublika shtabi tomonidan har kuni tumandagi fuqarolar, yosh tadbirkorlar va fermerlar bilan uchrashuvlar o'tkazib borilmokda. Ularning tadbirkorlik faoliyatini yo'lga quyish borasidagi muammo va takliflari o'rganib chiqilib, masalalar joyida hal etilmoqda.
Xususan, 563 nafar yoshlar tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo'yishga qiziqish bildirib, shundan 240 nafariga tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo'yish uchun 10 mlrd. 939 mln. so'm kredit ajratishni so'rab hamda 45 nafar yoshlar o'z mablag'lari hisobidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish istagini bildirgan bo'lib, ushbu masalalarni tegishli idora va tashkilotlar tomonidan qonuniy hal etish choralari ko'rilmoqda.
Tumandagi har bir mahalla fuqarolari yig'ini hududida “Yoshlar mehnat guzarlari”ni qurish belgilandi. Hozirda, “Mingchinor” mahallasida namuna tarzda “Yoshlar mehnat guzarlari” qurilish ishlari boshlandi.
Shuningdek, tumanning 4 ta mahallasi hududidan tadbirkorlar jalb etilib, “Yoshlar mehnat guzarlari” qurish uchun bino va yer maydonlari ajratildi.
Bundan tashqari, yoshlarning tadbirkorlik faoliyatiga ko'maklashish maqsadida buxgalteriya, huquqiy konsalting, menejment xizmatlari ko'rsatadigan, internetda ishlash va boshqa shart-sharoitlar yaratiladigan “HUB MEHNAT” kovorking markazi, Yoshlar iqtisodiy zonasi tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.
Tumanda 69 nafar tadbirkor faoliyatidagi muammoli masalalar o'z vaqtida hal etilmagani okibatida 640 ta yangi ish o'rni yaratilmaganligi aniqlandi, ularni bartaraf etish choralari ko'rilmoqda.
Jumladan, ularning 13 nafariga tuman xokimining tegishli qarori bilan baliqchilik. bog'dorchilik faoliyatini tashkil etishi hamda savdo majmuasini qurishi uchun tuman zahirasidan jami 3,6 ga er maydoni ajratildi.
Natijada, 57 nafar yoshlarni ish bilan ta'minlanishi uchun shart-sharoit yaratildi. O'rganishlar natijasida aniqlangan korxona, tashkilotlarning 246 ta bo'sh ish o'rinlariga ishsiz bo'lgan yoshlarni jalb qilish maqsadida joriy yilning 2 iyun kuni tumanda “Bo'sh ish o'rinlari” mehnat yarmarkasi o'tkazildi.
Respublika shtabi tomonidan tumanda jami 178 ta bo'sh va qarovsiz turgan binolar mavjudligi aniqlanib, ularning ro'yxati shakllantirildi va maqsadli foydalanish choralari ko'rilmoqda.
Xususan “Yulduz” mahalla hududidagi uzoq yillardan buyon tashlandiq holda yotgan sobiq kolxoz garajidan samarali foydalanish maqsadida Turkiyalik tadbirkor jalb etilib, investitsiya kiritish hisobidan tayyor gazlama ishlab chiqarishga mo'ljallangan tekstil fabrikasini qurish va 135 ta yangi ish o'rni yaratish rejalashtirildi.
Bundan tashqari, tuman hududidagi 4 ga maydonga ega bo'lgan “Sharq Leather international” (eski nomi Kafolat Kapoor Fashion) MChJ binosi 7 yildan buyon foydalanilmayotganligi, hozirgi kunda 200 mingga yaqin chorva-mollarining teri hom-ashyosi saqlanayotganligi va ekologiyaga salbiy ta'sir ko'rsatayotganligi aniqlandi. Mazkur binoni davlat tasarrufiga o'tkazish taklif etilmoqda.
Agar ushbu davlat tasarrufiga o'tkazilgan taqdirda tekstil fabrikasini qurish va 500 dan ziyod ish o'rnini yaratish istagini bildirgan tadbirkor mavjud.
Shu bilan birga, bo'sh turgan binolardan samarali foydalangan holda investitsiya olib kirib, tumanni iqtisodiy rivojlantirish maqsadida respublikaning boshqa hududlaridan tadbirkorlar jalb etilmoqda.
Jumladan, Namangan viloyatidan 20 nafar, Andijon viloyatidan 20 nafar, Farg'onadan 20 nafar, Toshkent shahridan 28 nafar, jami 88 nafar tadbirkorlar taklif etildi. Bugungi kunga qadar, Farg'ona viloyatidan 3 nafar, Andijon viloyatidan 2 nafar va Toshkent shahridan 2 nafar tadbirkorlar tumanga investitsiya kiritish va tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanish istagini bildirgan.
Tumanda xatlovdan o'tgan 12 ta mahallalarda istiqomat qiluvchi 437 nafar muddatli harbiy xizmatdan qaytgan yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etilib, ularning ichki ishlar organlariga kadrlar zahirasiga kiritish, mahallalardagi profilaktika inspektorlariga biriktirish hamda “Fidoyi yoshlar otryadi” tuzish bo'yicha tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.
O'rganishlar jarayonida har bir mahalla kesimida mahallalardagi holatdan kelib chiqib, 5 yilga mo'ljallangan “Yo'l xaritasi” ishlab chiqilmoйda. Mazkur “Yo'l xaritasi”da mahalladagi yoshlarning, maktab-kollej o'quvchilarining ish bilan ta'minlanishi, hunarmandchilik va fermerlikka yo'naltirilishi bo'yicha manzilli rejalar kiritilmoqda.
Respublika shtabi tomonidan har kuni ishchi guruhlarning kunlik amalga oshirilgan ishlarini tahlil qilish, aniqlangan muammolarni hal etish choralarini ko'rish bo'yicha hisobot yig'ilishlari o'tkazilmoqda.
2018 yil 4 iyun kuni Yoshlar ittifoqi Markaziy kengash raisi Q.Quronboev, O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o'rinbosari I.Jasimov, Toshkent viloyat hokimining birinchi o'rinbosari O.B.Rustamov, Quyichirchiq tuman hokimi S.G'.Murodov olib borishdi.
Uchrashuvga tashrif buyurgan 100 dan ortiq mahalliy va chet el investorlarga Quyichirchiq tumanida mavjud, foydalanilmayotgan ob'ektlar to'g'risida taqdimot namoyish etildi.
Taqdimotda Gretsiya va Hindistondan tashrif buyurgan investorlar jami 2.5 mln AQSh dollari qiymatida investitsiya kiritish shu yo'l bilan qo'shimcha 100 ta yangi ish o'rnilarini tashkil etish istagini bildirgan bo'lsa, mahalliy tadbirkorlar tomonidan eski, foydalanilmayotgan bog'cha binolari o'rnida zamonaviy va qulay maktabgacha ta'lim muassasalarini ishga tushirish, bo'sh turgan ferma, qozonxona, do'kon binolarini ishga tushirish bo'yicha tashabusskorlar aniqlanib, ularga binolarni biriktirib berish bo'yicha ish olib borilmoqda.
Savdo-sanoat palatasi tomonidan 22 ta tadbirkorlar taklif etildi. Mazkur tadbirkorlar Qo'yichirchiq tumanida yog'ochni qayta ishlash, tekstil, qurilish materiallari, tozalik vositalari, farmatsevtika, metalni qayta ishlash, temir-beton, mramor va granit, sutni qayta ishlash, gips mahsulotlarini ishlab chiqarish kabi yo'nalishlarida tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish, 16 ta loyiha bo'yicha jami 76 mlrd. so'mlik investitsiya kiritish hamda 350 ga yaqin ish o'rni yaratish yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda.
O'zSPP Matbuot xizmati
06.06.2018
17:38