AGROCOMP loyihasi doirasida bepul seminarga taklif etamiz
O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Milan shahri (Italiya) Savdo-sanoat palatasi qoshidagi FORMAPER agentligi va Qozog'iston Respublikasining savdo va sanoat korxonalari uyushmasi bilan hamkorlikda Yevropa Ittifoqining texnik ko'magida 2017-2019 yillar davomida “Qiymat zanjirlarini yaratish, barqaror rivojlanish va eko-innovatsiyalarni takomillashtirish orqali oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi korxonalarining raqobatbardoshligini oshirish” loyihasini amalga oshirilayotganini ma'lum kiladi.
Ushbu loyiha bugungi kunda O'zbekiston Respublikasining quyidagi hududlarida amalga oshirilmoqda: Qoraqalpog'iston Respublikasi, Namangan va Toshkent viloyatlari, Toshkent shahri.
Loyihadan ko'zlangan maqsad: Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlashda qishloq xo'jaligi korxonalarini samarali qo'llab-quvvatlash, hamda ularni sifat jihatdan yangi raqobatbardoshlik darajasiga olib chiqish maqsadida professional mutaxassislar tarmog'ini yaratish va mustahkamlash.
Ushbu munocabat bilan, 2018 yilning 20-24 avgust kunlari “Le Grande Plaza” mehmonxonasining (Toshkent shahar, O'zbekiston ovozi ko'chasi, 2) konferens-zalida ushbu loyiha doirasida tashkil etiladigan navbatdagi 5 kunlik seminar bo'lib o'tishini ma'lum qilamiz.
Seminar mavzusi: «Yashil iqtisodyot va yashil moliyalashtirish».
Seminar Italiyalik xalqaro trener Sandro Angiolini tomonidan olib boriladi.
Ushbu seminarda quyidagi tashkilot va korxonalarning mutaxassislari taklif etiladi:
- Biznesni rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash sohasida faoliyat yuritayotgan tashkilotlar;
- Agrosanoat va oziq-ovqat sanoati korxonalarining uyushmalari;
- Seminar mavzusi doirasida konsalting xizmatlarini ko'rsatayotgan korxonalar;
- Qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat sanoati sohasining biznes maslahatchilari.
Shu bilan bir qatorda ta'kidlash lozimki, ushbu loyiha doirasida 3 yil davomida bir qator seminarlar, Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida yuqorida sanab o'tilgan maqsadli guruhlar uchun amaliyotlar o'tkazilishi belgilangan.
Seminarda ishtirok etish bepul.
Qoraqalpog'iston Respublikasi va Namangan viloyatidan (xar bir hududdan 6 nafar) ishtirokchilar uchun seminarda ishtirok etish bilan bog'liq barcha xarajatlar loyiha tomonidan qoplanadi.
Seminarda ishtirok etish qiziqishini bildirganlar seminar antekasini to'ldirib, 2018 yilning 13 avgust kuniga qadar d.jumaniyazov@chamber.uz elektron manziliga yuborishlari so'raladi.
Ishtirokchilar soni cheklangan, ishtirokchilarning yakuniy ro'yhati Savdo-sanoat palatasi tomonidan loyiha talablariga mos ravishda shakllantiriladi!
АНКЕТАНИ.doc юклаб олиш
ПРОГРАММАНИ юклаб олиш
O'zSSP Matbuot xizmati
31.07.2018
10:54