• RIVAL168
  • Sabung Ayam Online
  • Slot Online
  • Slot Bank Bri
  • Slot Bank Mandiri
  • Slot Bank Seabank
  • Slot Bank Bca
  • Slot Bank Bni
  • Slot Dana
  • Slot Ovo
  • Slot Linkaja
  • DeraDer4
  • Link DeraDer4
  • Sleep DeraDer4
  • MMORPG DeraDer4
  • gacor
  • gunchang menang
  • slot gacor
  • anime
  • anime baru
  • anime overpower
  • anime sekolah
  • baju sepasang
  • baju korea
  • make up
  • facewash
  • baju sepasang
  • baju raya
  • Slot 2025
  • Slot bagus 2025
  • Slot bagus 2024
  • O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi
    6.02.24

    Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi bo'yicha navbatdagi seminar bo'lib o'tdi

    6.02.24

    O‘zbekiston-Belarus ishbilarmonlar kengashining 3-yig‘ilishi

    1.02.24

    Gulistonda tadbirkorlar uchun viloyat hokimining navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi

    1.02.24

    Kanadaning O'zbekistonga yangi tayinlangan elchisi Alan Hemson o'rtasida uchrashuv

    31.01.24

    “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini” joriy etish bo'yicha seminar-trening

    23.01.17

    O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

    20.01.17

    Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

    10.05.16

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    11.12.15

    Rossiya Federatsiyasi

    11.12.15

    Ukraina

    “O‘zbekistonda hakamlik sudlari faoliyatini rivojlantirishning dolzarb masalalari” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar o‘tkaziladi

    O‘zbekiston  Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va uning Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan joriy  yilning 27 noyabr kuni Navoiy shahrida  O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 23 yilligiga bag‘ishlangan “O‘zbekistonda hakamlik sudlari faoliyatini takomillashtirish masalalari” mavzusida ilmiy-amaliy seminar tashkil qilindi.

    Regional seminarda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va uning Navoiy , Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlari hududiy boshqarmalari mas’ul xodimlari va ularning huzuridagi hakamlik sudlari sudyalari, Navoiy viloyati prokuraturasi hamda Navoiy viloyati xarbiy sudi mas’ul xodimlari, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Navoiy viloyati sudi va tumanlararo sudlari, Navoiy , Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo xo‘jalik sudi sudyalari, O‘zbekiston hakamlik sudlari assotsiatsiyasi Navoiy viloyati vakolatxonasi xodimlari va uning huzuridagi hakamlik sudlari sudyalari, tijorat banklari yuridik xizmati xodimlari, tadbirkorlar va yosh tadbirkorlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

    Ilmiy-amaliy seminarda “Hakamlik sudlari faoliyatining huquqiy asoslari, ularning nizolarni hal qilishdagi roli va ahamiyati”, “Hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bog‘liq ishlarni xo‘jalik sudlari tomonidan ko‘rishning o‘ziga xos xususiyatlari”, “Hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bog‘liq ishlarni fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan ko‘rib chiqish amaliyoti” mavzularida ma’ruzalar tinglandi.

    Ma’ruzalarda ta’kidlanganidek, mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirishning inson huquqlari ustuvorligi printsipiga asoslangan mustahkam huquqiy zamini yaratildi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, konstitutsiyaviy qonunlari, kodekslar, qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlardan iborat zamonaviy huquqiy hujjatlar tizimi shakllantirildi va uzluksiz takomillashtirilib borilmoqda. 

    Huquqni qo‘llash amaliyotida, ijtimoiy hayotda turli sub’ektlarning manfaatlari to‘qnashuvi, ular o‘rtasida bahs-munozaralar va nizolar kelib chiqishi tabiiy. Nizolarni hal etish tizimi ularni sud orqali va muqobil usullar bilan hal qilishni o‘z ichiga oladi.

    Mamlakatimizda hakamlik sudlarini tashkil qilish va faoliyatining huquqiy asoslari yaratilganligi ularni nizolarni muqobil hal etishda asosiy nodavlat organ sifatidagi faoliyat ko‘lamini yildan yilga kengayib borishiga imkoniyat bermoqda.

    Xususan, O‘zbekiston Respublikasining “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi Qonunida hakamlik sudlari faoliyatining asosiy printsiplari, ularni tashkil etish va hisobini yuritish tartibi, mazkur sudlar tomonidan hal etiladigan nizolar, hakamlik bitimi shakli va mazmuni, hakamlik sudyasiga qo‘yiladigan talablar, hakamlik sudining tarkibini shakllantirish, nizoni hakamlik sudida hal qilish bilan bog‘liq xarajatlar, hakamlik muhokamasi, hakamlik sudining hujjatlari, hakamlik sudining hal qiluv qarori yuzasidan nizolashish va uni ijro etishga oid normalar belgilanganligi qayd qilindi.

    Hakamlik sudlari fuqarolik jamiyatining muhim institutlaridan bir bo‘lganligi sababli ularni tashkil etish va faoliyat yuritishi nafaqat normativ-huquqiy hujjatlar, balki ularni tashkil etayotgan yuridik shaxslarning lokal hujjatlari (doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudining qoidalari, ya’ni nizomi va reglamenti) bilan ham tartibga solinishi uning o‘ziga xos xususiyati ekanligi ta’kidlandi.

    O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Xalqaro tijorat arbitraj (hakamlik) sudining raisi Foziljon Otaxonov o‘z ma’ruzasida yaqin kelajakda hakamlik bitimi taraflarining hoxishiga ko‘ra hakamlik sudining majlislari videokonferentsaloqa rejimida o‘tkazilishi mumkinligiga e’tiborni qaratdi hamda buning uchun huquqiy asoslar mavjudligini ta’kidladi.

    O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boshqarmalari huzurida tashkil qilingan 15 ta hakamlik sudlari tomonidan 2007 yildan 2015 yilgacha (9 oyigacha) da’vo summasi 306,5 mlrd. so‘m, 2 426 662 AQSh dollari va 195 025 EVRO ni tashkil qilgan jami 6456 ta ishlar ko‘rilganligi va ular tomonidan qabul qilingan hal qiluv qarorlarining aksariyati (90 foizga yaqini) ixtiyoriy ijro qilinayotganligi qayd etildi. Shuningdek joriy yildan boshlab Palata a’zolari hakamlik sudiga imtiyozli asosda murojaat qilishlari mumkinligi, ya’ni ular uchun hakamlik yig‘imining miqdori to‘lanishi lozim bo‘lgan summaning 75 foizini tashkil qilish ta’kidlandi.

    Seminarda vakolatli sudlar (xo‘jalik sudlari) tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish va uni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish bilan bog‘liq ishlarni ko‘rishning o‘ziga xos xususiyatlari tahliliy materiallar asosida atorflicha yoritildi.

    Hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlarini ijro qilish ikki xil usulda, ya’ni ixtiyoriy va majburiy (vakolatli sudlardan ijro varaqasini olish orqali) ijro qilinishiga seminar qatnashchilari e’tibori qaratildi va bu boradagi muammolar yuzasidan atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi.

    Hakamlik sudlarida nizolarni tezkor, qonuniy, adolatli hal qilish ko‘p jihatdan hakamlik sudьyalarining bilim darajasi, amaliy tajribasiga bog‘liqligiga e’tibor qaratilib, ularni malakasini oshirishning dolzarb muammolari seminar ishtirokchilari tomonidan qizg‘in muhokama qilindi.

    Ilmiy-amaliy seminar ishtirokchilari va ma’ruzachilar tomonidan  hakamlik muhokamasining  huquqiy asoslarini takomillashtirish, vakolatli sudlar bilan hakamlik sudlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, hakamlik sudьyalari va hakamlik sudьyaligiga nomzodlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, nizolarni qo‘rib chiqish bo‘yicha xakamlik sudьyalari o‘rtasida tajriba almashish, hakamlik sudlari  hal  qiluv  qarorlari  ijrosini ta’minlash  kabi masalalar bo‘yicha taklif va mulohazalar bildirildi.

    04.12.2015

    00:01

    Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
    x

    Savollar bering

    Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

    +998(78) 150-60-06