• RIVAL168
  • Sabung Ayam Online
  • Slot Online
  • Slot Bank Bri
  • Slot Bank Mandiri
  • Slot Bank Seabank
  • Slot Bank Bca
  • Slot Bank Bni
  • Slot Dana
  • Slot Ovo
  • Slot Linkaja
  • DeraDer4
  • Link DeraDer4
  • Sleep DeraDer4
  • MMORPG DeraDer4
  • gacor
  • gunchang menang
  • slot gacor
  • anime
  • anime baru
  • anime overpower
  • anime sekolah
  • baju sepasang
  • baju korea
  • make up
  • facewash
  • baju sepasang
  • baju raya
  • Slot 2025
  • Slot bagus 2025
  • Slot bagus 2024
  • O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi
    6.02.24

    Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi bo'yicha navbatdagi seminar bo'lib o'tdi

    6.02.24

    O‘zbekiston-Belarus ishbilarmonlar kengashining 3-yig‘ilishi

    1.02.24

    Gulistonda tadbirkorlar uchun viloyat hokimining navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi

    1.02.24

    Kanadaning O'zbekistonga yangi tayinlangan elchisi Alan Hemson o'rtasida uchrashuv

    31.01.24

    “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini” joriy etish bo'yicha seminar-trening

    23.01.17

    O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

    20.01.17

    Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

    10.05.16

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    11.12.15

    Rossiya Federatsiyasi

    11.12.15

    Ukraina

    Namangan shahrida  “Tadbirkorlik sub'ektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda hakamlik sudlarining roli” mavzusida regional seminar tashkil qilindi

    O'zbekiston  Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va uning Andijon viloyati hududiy boshqarmasi, O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Namangan viloyat prokuraturasi tomonidan joriy  yilning 20 avgust kuni Namangan shahrida “Tadbirkorlik sub'ektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda hakamlik sudlarining roli” mavzusida regional seminar tashkil qilindi.

    Regional seminarda O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va uning Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlari hududiy boshqarmalari mas'ul xodimlari va ularning huzuridagi Hakamlik sudlari sudyalari, Namangan viloyat prokuraturasi va adliya boshqarmasi mas'ul xodimlari, Fuqarolik ishlari bo'yicha Namangan viloyati sudi va tumanlararo sudlari, Namangan viloyati iqtisodiy va tumanlararo sudi sudyalari va mutaxassislari,  tadbirkorlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

    Seminarda “Hakamlik sudlari faoliyatining huquqiy asoslari, ularning nizolarni hal qilishdagi roli va ahamiyati”, “Tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda prokuratura organlarining roli”, “Hakamlik sudlarida iqtisodiy nizolarni hal qilishning o'ziga xos xususiyatlari”, “Hakamlik muhokamasining afzalliklari va hakamlik sudlarining ish yuritish tartibi” mavzularida ma'ruzalar tinglandi.

    Ma'ruzalarda ta'kidlanganidek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida mustaqillik yillarida xususiy mulkdorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini ta'minlashga qaratilgan mustahkam qonunchilik bazasi yaratildi, davlat xizmatlari ko'rsatishning to'g'ridan-to'g'ri muloqotsiz zamonaviy interaktiv shakllari joriy etilmoqda, davlat bilan ishbilarmonlar o'rtasida tizimli muloqot yo'lga qo'yildi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning o'rta sinfini shakllantirish, mamlakat iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish, yangi ish o'rinlari yaratish va aholi daromadlarini oshirishning eng muhim omili sifatida tadbirkorlikni jadal rivojlantirish uchun ishonchli huquqiy kafolatlar yaratildi.

    2017–2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni ijro etish, xususiy mulkchilik va tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli muhofaza qilish kafolatlarini kuchaytirish maqsadida 2018 yil 9 iyulda “O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to'g'risida”gi Qonun yangi tahrirda qabul qilindi.

    Mazkur Qonunga muvofiq Hakamlik sudlari ilk bor Palata tizimiga kiritildi, iqtisodiy nizolarni hal qilish uchun Palataga Hakamlik sudlarini tashkil etish huquqi berildi, Hakamlik sudlari Palata va uning hududiy boshqarmalari huzurida faoliyat ko'rsatishi alohida moddada belgilandi.

    Hakamlik muhokamasi quyidagi afzalliklarga ega ekanligi, ya'ni tejamkorlik; nizoni tezkorlik bilan ko'rib chiqish; hakamlik sudyalarini mustaqil tanlash va nizoni hal qilish tartib-taomilini mustaqil belgilash imkoniyati mavjudligi; kelishuv bitimiga erishish va hamkorlik munosabatlarini saqlab qolishga sharoit yaratish; hakamlik muhokamasi ma'lumotlarining oshkor qilinmasligi;  hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish mexanizmi mavjudligi, shuningdek Palata a'zolari hakamlik sudiga imtiyozli asosda murojaat qilishlari mumkinligi, ya'ni ular uchun hakamlik yig'imining miqdori to'lanishi lozim bo'lgan summaning 75 foizini tashkil qilishi ta'kidlandi.

    Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Hakamlik sudining raisi Foziljon Otaxonovning ma'ruzasida Palata va uning hududiy boshqarmalari huzurida tashkil qilingan 15 ta Hakamlik sudlari tomonidan  2007–2018 (6 oyi) yillar mobaynida  jami 12827 ta ishlar ko'rilgan bo'lib, da'vo summasi 756,3 mlrd. so'm, 55,6 mln. AQSH dollari, 195,1 ming Yevroni tashkil qilganligi, joriy yilning 6 oyi mobaynida Hakamlik sudlarida 2381 ta ishlar ko'rilgan bo'lib, da'vo summasi 252,7 mlrd. so'm, 1,4 mln AQSH dollarini tashkil qilganligi hamda bu o'tgan yilning shu davrida ko'rilgan ishlar soniga nisbatan 1704 taga ko'p ekanligi qayd qilindi.

    Namangan viloyat prokuraturasi vakili o'z ma'ruzasida prokuratura organlari tomonidan  tadbirkorlik sub'ektlarining himoyasini ta'minlashga alohida e'tibor qaratilayotganligini ta'kidladi. Ushbu sohaga oid qonun hujjatlari ijrosini ta'minlash borasida qonunlarni targ'ib qilish bo'yicha keng ko'llamli tadbirlar o'tkazilmoqda; tadbirkorlar murojaatlari bo'yicha davlat organlarining noqonuniy qarorlariga protestlar keltirilmoqda, qonun buzilishi sabablarini bartaraf etish haqida taqdimnomalar hamda sudlarga tadbirkorlik sub'ektlari manfaatida da'vo arizalar kiritilmoqda – dedi ma'ruzachi.

    Shuningdek, tadbirkorlik sub'ektlari huquqlarini himoya qilish, shu jumladan, ularning faoliyatiga asossiz aralashish, noqonuniy tekshirish o'tkazish hamda murojaatlarini ko'rib chiqishdagi qonunbuzilishi holatlarining oldini olish borasida o'tkazilgan nazorat tadbirlari yakunlari bo'yicha mansabdor shaxslar intizomiy, ma'muriy va moddiy javobgarlikka tortilmoqda, ularga nisbatan jinoyat ishlari qo'zg'atilmoqda, shuningdek tadbirkorlarning buzilgan huquqlari va tadbirkorlik sub'ektlarining faoliyati qayta tiklanmoqda.

    Seminar ishtirokchilari va ma'ruzachilar tomonidan  hakamlik muhokamasi-ning  huquqiy asoslarini takomillashtirish, vakolatli sudlar bilan hakamlik sudlari  o'rtasida o'zaro hamkorlikni rivojlantirish, hakamlik sudyalari va hakamlik sudyaligiga nomzodlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, nizolarni qo'rib chiqish bo'yicha hakamlik sudyalari o'rtasida tajriba almashish, hakamlik sudlari  xal  qiluv  qarorlari  ijrosini ta'minlash  kabi masalalar bo'yicha taklif va mulohazalar bildirildi.

     

    O'z SSP Matbuot xizmati 

     

    20.08.2018

    16:45

    Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
    x

    Savollar bering

    Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

    +998(78) 150-60-06