Navoiy viloyatida "Tashabbus-2018" ko'rik-tanlovi bo'lib o'tdi
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 16 avgustdagi 676-F-sonli farmoyishi ijrosini ta'minlash, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun tadbirkorlar, fermerlar va hunarmandlar o'rtasida “Tashabbus-2018” ko'rik tanlovining Navoiy viloyatida tuman (shahar) bosqichlari o'tkazildi. Ushbu ko'rik tanlovda 500 ga yaqin tadbirkor, fermer va hunarmandlar ishtirok etib, turli yo'nalishlar bo'yicha sovrinlarga ega bo'ldi.
8-18 sentyabr kunlari joylarda ko'rik tanlovlar bayramona ko'rinishda tashkil etilib, quyidagi nominatsiyalar bo'yicha Sanoat sohasida – “Yilning eng yaxshi tadbirkori”, Xizmat ko'rsatish sohasida – “Yilning eng yaxshi tadbirkori”, “Yilning eng yaxshi yosh tadbirkori”, “Yilning eng yaxshi fermeri”, “Yilning eng yaxshi hunarmandi” sovrindorlar aniqlanib, qimmatbaxo sovg'alar topshirildi.
Xususan, Respublikamiz bo'ylab o'tkazilayotgan "Tashabbus-2018" ko'rik-tanlovi Navoiy viloyatida ham ko'tarinki kayfiyatda o'tkazilmoqda. Nurota, Navbahor, Qiziltepa, Zarafshon, Karmana, Konimex, Uchquduq, Qiziltepa va Tomdi tumanlarida "Tashabbus-2018" ko'rik-tanlovi bo'lib o'tdi.
Navoiy shahrida ko'rik-tanlov 8 sentyabr kuni tashkil etildi. Jami 52 nafar tadbirkor, hunarmand va fermerlar ko'rik-tanlovning 5 ta yo'nalishi bo'yicha bellashdi.
Nurota va Navbahor tumanlarida ko'rik-tanlov 10 sentyabr kuni tashkil etildi. Nurota tumanida jami 46 nafar, Navbahor tumanida esa 60 nafar, tadbirkor, hunarmand va fermerlar ko'rik-tanlovning 5 ta yo'nalishi bo'yicha bellashdi.
Qiziltepa tumanida ko'rik-tanlovning tuman bosqichi 12 sentyabr kuni tashkil etildi. Ko'rik-tanlovda Sanoat sohasida - "Yilning eng yaxshi tadbirkori" yo'nalishida 9 nafar, Xizmat ko'rsatish sohasida-"Yilning eng yaxshi tadbirkori" yo'nalishida 15 nafar, "Yilning eng yaxshi yosh tadbirkori" yo'nalishida 10 nafar, "Yilning eng yaxshi fermeri" yo'nalishida 19 nafar, "Yilning eng yaxshi hunarmandi" yo'nalishida 26 nafar, jami 5 ta yo'nalish bo'yicha 79 nafar, tadbirkor, hunarmand va fermerlar o'zaro bellashdilar.
Tomdi tumanida ko'rik-tanlovning tuman bosqichi 13 sentyabr kuni tashkil etildi. Ko'rik-tanlovda 5 ta yo'nalish bo'yicha jami 20 nafarga yaqin tadbirkor, hunarmand va fermerlar ishtirok etishdi.
Zarafshon tumanida ko'rik-tanlovning tuman bosqichi 11 sentyabr kuni tashkil etildi. Ko'rik-tanlovda 5 ta yo'nalish bo'yicha jami 47 nafarga yaqin tadbirkor, hunarmandlar ishtirok etishdi.
Karmana tumanida ko'rik-tanlovning tuman bosqichi 11 sentyabr kuni tashkil etildi. Ko'rik-tanlovda 5 ta yo'nalish bo'yicha jami 70 nafarga yaqin tadbirkor, hunarmandlar va fermerlar ishtirok etishdi.
Konimex va Uchquduq tumanlarida ko'rik-tanlovning tuman bosqichi 7 sentyabr kuni tashkil etildi. Ko'rik-tanlovda 5 ta yo'nalish bo'yicha jami 50 nafarga yaqin tadbirkor Konimex tumanidan, Uchquduq tumanida esa 46 nafarga hunarmandlar va fermerlar ishtirok etishdi.
Ko'rik-tanlov tuman bosqichi bayramona ruhda o'tkazilib, g'oliblar diplom va estalik sovg'alar bilan taqdirlandi va viloyat bosqichiga yo'llanma olishdi.
O'z SSP Matbuot xizmati
17.09.2018
13:58