«O'zbekiston sovg'alari» birinchi respublika ko'rgazma-savdosiga taklif etamiz
O'zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi tashabbusi bilan joriy yilning 22-23 sentyabr kunlari Toshkent shahridagi Sayilgoh ko'chasida ilk bor “O'zbekiston sovg'alari” ko'rgazma-savdo tashkil qilinadi.
Prezidentimizning "Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadiga qaratilgan ushbu tadbir O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi, O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O'zbekiston Badiiy akademiyasi, O'zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi, Toshkent shahar hokimligi hamda O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi bilan hamkorlikda o'tkaziladi.
Unda siz yurtimiz hunarmandlarining qo'l mehnati asosida yaratilgan eng noyob asarlarini tomosha qilish va sotib olish bilan birga o'zingiz istagan hunarmandchilik buyumlarini yasashda bevosita ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'lasiz.
Ma'lumot uchun telefonlar: (71) 279-80-75; (71) 279-80-78.
O'z SSP Matbuot xizmati
20.09.2018
12:41