• RIVAL168
  • Sabung Ayam Online
  • Slot Online
  • Slot Bank Bri
  • Slot Bank Mandiri
  • Slot Bank Seabank
  • Slot Bank Bca
  • Slot Bank Bni
  • Slot Dana
  • Slot Ovo
  • Slot Linkaja
  • DeraDer4
  • Link DeraDer4
  • Sleep DeraDer4
  • MMORPG DeraDer4
  • gacor
  • gunchang menang
  • slot gacor
  • anime
  • anime baru
  • anime overpower
  • anime sekolah
  • baju sepasang
  • baju korea
  • make up
  • facewash
  • baju sepasang
  • baju raya
  • Slot 2025
  • Slot bagus 2025
  • Slot bagus 2024
  • O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi
    6.02.24

    Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi bo'yicha navbatdagi seminar bo'lib o'tdi

    6.02.24

    O‘zbekiston-Belarus ishbilarmonlar kengashining 3-yig‘ilishi

    1.02.24

    Gulistonda tadbirkorlar uchun viloyat hokimining navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi

    1.02.24

    Kanadaning O'zbekistonga yangi tayinlangan elchisi Alan Hemson o'rtasida uchrashuv

    31.01.24

    “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini” joriy etish bo'yicha seminar-trening

    23.01.17

    O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

    20.01.17

    Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

    10.05.16

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    11.12.15

    Rossiya Federatsiyasi

    11.12.15

    Ukraina

    “O'zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilash, tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilishning dolzarb masalalari” mavzusida konferensiya tashkil etildi.

    Joriy yilning 2 oktyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo'mitasi hamda O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan “O'zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilash, tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilishning dolzarb masalalari” mavzusida konferensiya tashkil etildi.

    Konferensiyada deputatlar, O'zbekiston Resspublikasi Vazirlar Mahkamasi mas'ul xodimlari, O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi, tegishli vazirliklar, qo'mita va tashkilotlar mutasaddilari, ekspertlar, olimlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

    Mazkur tadbir O'zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilash, tadbirkorlar huquqlarini himoya qilishning huquqiy asoslari va ularni takomillashtirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilash, tadbirkorlar huquqlarini himoya qilishning huquqiy asoslari va ularni takomillashtirish bo'yicha olib borilayotgan ishlarga bag'ishlandi.

    Bugungi kunda yurtimizda 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni o'z vaqtida ijro etish, biznes hamjamiyati va davlat organlari o'rtasida samarali muloqot, sog'lom sherikchilik mexanizmlarini yo'lga qo'yish, xususiy mulkchilik va tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli muhofaza qilish kafolatlarini kuchaytirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Tadbirkorlar bilan biznes-muhitni takomillashtirish masalalari bo'yicha dolzarb axborot almashinuvini yo'lga qo'yish, tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning amaliy natijasiga erishish, o'z biznesini tashkil etish va yuritishda aholiga har tomonlama ko'maklashish, shuningdek, tadbirkorlik sub'ektlariga sifatli davlat xizmatlari ko'rsatishni ta'minlash masalasi muhim ahamiyat kasb etyapti.

    Mamlakatimizda keyingi ikki yil mobaynida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishini ta'minlash, xususiy mulkni muhofazalash va uning daxlsizligi kafolatlarining huquqiy mexanizmlarini yanada mustahkamlash, sohadagi byurokratik to'siqlarni bartaraf etish, investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash borasida keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu sa'y-harakatlar natijasi esa, nafaqat mamlakatimiz va xalqimiz hayotida, balki yetakchi xalqaro moliyaviy tashkilotlar va reyting agentliklarining ijobiy baholarida ham xolisona aks ettirilmoqda. Xususan, Jahon bankining «Biznesni yuritish — 2018» hisobotida O'zbekiston tadbirkorlik uchun yanada qulay sharoitlar yaratish bo'yicha islohotchi davlatlar qatorida jahonda birinchi o'ntalikka kirgani fikrimiz dalilidir.

    Tadbirda O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o'rinbosari I.Jasimov: “O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni (yangi tahriri) qabul qilinishi esa, kelgusida tadbirkorlik tashabbusini amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlarni ta'minlash, biznes hamjamiyati hamda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar o'rtasida o'zaro manfaatli sheriklikni rivojlantirish, tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari, qonuniy manfaatlarini muhofazalash kafolatlarini kuchaytirish, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilashga har tomonlama ko'maklashish, tadbirkorlik sub'ektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatini har tomonlama qo'llab-quvvatlashda huquqiy asos vazifasini o'tab kelinayotganligini ta'kidladi".

    Soha mutaxassislari tomonidan qilingan taqdimotlar orqali soliq siyosati haqida tushuncha berildi. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 iyundagi Farmoni bilan Soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi tasdiqlandi. Ushbu konsepsiyaga binoan, 2019 yil 1 yanvardan e'tiboran mehnatga haq to'lash fondiga soliq yuklamasi barcha jismoniy shaxslar daromadlariga 12 foizlik yagona soliq stavkasi joriy etilishi orqali pasaytiriladi. Shundan 0,1 foizi shaxsiy jamg'arib boriladigan pensiya hisoblariga yo'naltiriladi. Bundan tashqari, fuqarolarning ijtimoiy badallari bekor qilinadi. Biznes uchun yagona ijtimoiy to'lov stavkasi 15 foizdan 12 foizgacha pasaytiriladi. Yuridik shaxslar aylanmalari (naqd pul tushumi)dan undiriladigan davlat maqsadli fondlariga majburiy ajratmalar bekor qilinadi. Yuridik shaxslar foydasiga soliq stavkasi 14 foizdan 12 foizgacha pasaytirilganligi taqdimotlar orqali ko'rsatildi. Bu kabi chora-tadbirlar O'zbekistonda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilash, tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilishda keng imkoniyatlar yaratadi. 

    O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi a'zosi, tadbirkor Javoxir Xamidov: - “Bizning korxona O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi a'zosi xisoblanadi. Shu kunga qadar Palataning hizmatlaridan keng foydalanib kelmoqdamiz. Bundan juda ham mamnunmiz. Prezidentimizning tashqi savdo siyosati hamda mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlar va eng muhimi qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to'g'risidagi qonunning yangi tahriri bevosita tadbirkorlar faoliyatini kengaytirish imkonini beradi. Bu esa o'z navbatida qonun bilan palata vakolatlari kengaytirilib uning vazifalari belgilab berildi. Bu esa biz tadbirkorlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish, tashabbus va g'oyalarimizni tadbiq qilishda ahamiyati katta. Bu qonun nafaqat tadbirkorlar faoliyatini rivojlantirish balki O'zbekistonning iqtisodiy salohiyatini yanada yuksaltirish, ishbilarmonlik va investitsion muhitini yahshilash imkoni beradi”- deya ta'kidladi.

    Konferensiya ishida mazkur sohada qo'lga kiritilayotgan yutuqlar bilan bir qatorda, yechimini kutayotgan ayrim muammo va kamchiliklar atroflicha tahlil qilindi.

    Tadbir yakunida tadbirkorlar ishtirokida sohada mavjud bo'lgan muammoalar ya'ni kredit olish, yer ajratish va boshqa shu kabi masalalar o'rtaga tashlandi.  Ekspertlar tomonidan mazkur muammolarni bartaraf etishga doir aniq-choralar ko'rilishi yuzasidan kelishib olindi hamda fikr-mulohazalari tinglandi.

    Anjuman yakuni bo'yicha bildirilgan takliflarni o'zida aks ettirgan tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.

     

    O'zSSP Axborot xizmati

     

    02.10.2018

    22:40

    Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
    x

    Savollar bering

    Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

    +998(78) 150-60-06