O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o'tkazilayotgan “Tashabbus 2018” ko'rik-tanlovining Qashqadaryo viloyati bosqichi yakunlandi
O'zbekiston Prezidenti sovrini uchun tadbirkorlar, fermerlar va hunarmandlar o'rtasida o'tkaziladigan “Tashabbus-2018” Respublika ko'rik-tanlovi bu gal Qashqadaryo viloyati bosqichi Qarshi shahridagi madaniyat va istirohat bog'ida bo'lib o'tdi.
“Tashabbus-2018” ko'rik-tanlovining viloyat bosqichiga eng ko’p sanoat, xizmat ko‘rsatish, hunarmandchilik sohasida yuqori natijalarni qo‘lga kiritganlar jalb qilindi.
Bu yilgi ko‘rik-tanlovning avvalgilaridan farqi eng yosh tadbirkor, sanoatda faollik ko‘rsatgan tadbirkor kabi nominatsiyalar qo‘shilgan.
Tanlovda asosan, tadbirkorlarning faoliyati, ishlab chiqarishga zamonaviy texnika va texnologiyalarni jalb qilgani, yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygani, qancha ish o‘rni yaratganiga alohida e’tibor qaratildi.
Кo‘rik-tanlov ishtirokchilari 5 ta asosiy yo'nalishlar bo'yicha bellashdilar:
“Sanoat sohasida yilning eng yaxshi tadbirkori” yo'nalishi bo'yicha:
1-o'rin - “Darmon farm” xususiy firmasi - Normurodov Anzur Avlayorovich;
“Xizmat ko'rsatish sohasida yilning eng yaxshi tadbirkori” yo'nalishi bo'yicha:
1-o'rin - “Photo Expers” ICHK - Turdialiev Zafar;
“Yilning eng yaxshi yoshtadbirkori”yo'nalishi bo'yicha:
1-o'rin - “Abduraxmon bobo asali” xususiy korxonasi - Boboev Zahiriddin;
“Yilning eng yaxshi fermeri” yo'nalishi bo'yicha:
1-o'rin - “G'uzor Oq to'lpari ” fermer xo'jaligi - Ravshanov Lutfulla;
“Yilning eng yaxshi hunarmandi” yo'nalishi bo'yicha:
1-o'rin - yakka tartibdagi tadbirkor - Raupov Sharif Bayramali o'g'li.
Shuningdek, "Tashabbus-2018" ko'rik-tanlovida ishtirokchilar quyidagi qo'shimcha nominatsiyalar bilan ham taqdirlandilar:
“Eng yaxshi tadbirkor ayol” nominatsiyasi;
“Eng yaxshi innovatsion loyiha” nominatsiyasi;
“Yoshlarga eng ko'p ish joyi yaratgan tadbirkor” nominatsiyasi;
“Eng yaxshi oilaviy biznes sohibi” nominatsiyasi;
“Eng yaxshi eksportchi” nominatsiyasi;
“Eng mas'uliyatli ijtimoiy sherik” nominatsiyasi;
“Yilning eng yaxshi mahsuloti” nominatsiyasi;
Tanlov doirasida ishtirokchilar mahsulotlarining ko'rgazmasi ham tashkil etildi.
Iqtisodiyot va sanoatning turli yo'nalishlari uchun mo'ljallangan xilma-xil tovar va buyumlar, milliy hunarmandchiligimizning boy merosi ishtirokchilar, ko'rgazmaga tashrif buyurganlarda katta qiziqish uyg'otdi. Bu yerda maishiy-texnika jihozlari, mebel, to'qimachilik, gigiena va kosmetika mahsulotlari va misdan tayyorlangan idishlar, milliy hunarmandchilik na'munalari, teriga solingan rasmlar namoyish etildi.
G'oliblar ko'rik-tanlovning Respublika bosqichiga yo'llanmalarni qo'lga kiritishdi.
Tantana yakunida g'olib va sovrindorlarga tashkilotchilar tomonidan ta'sis etilgan diplom, qimmatbaho va esdalik sovg'alari taqdim etildi.
O'z SSP Axborot hizmati t.me/uzchamber
24.10.2018
11:44