O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o'tkazilayotgan “Tashabbus 2018” ko'rik-tanlovining Buxoro viloyati bosqichi bo'lib o'tdi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun tadbirkorlar, fermerlar va hunarmandlar o'rtasida an'anaviy tarzda har yili o'tkazilib kelinayotgan “Tashabbus-2018” ko'rik tanlovining Buxoro viloyati bosqichi bo'lib o'tdi.
Ko'rik-tanlovda ishtirok etgan tadbirkor, fermer va hunarmandlar 5 ta asosiy yo'nalishlar bo'yicha baholandi.
“Sanoat sohasida yilning eng yaxshi tadbirkori” yo'nalishi bo'yicha:
1-o'rin - "Bukhara Briliant Silk" mas'uliyati cheklangan jamiyati - Djuraev Baxtiyor Erkinovich;
“Xizmat ko'rsatish sohasida yilning eng yaxshi tadbirkori” yo'nalishi bo'yicha:
1-o'rin – "Gullar Chehrasi" xususiy korxonasi - Shukurova Gulchehra Shoyiqulovna;
“Yilning eng yaxshi yosh tadbirkori” yo'nalishi bo'yicha:
1-o'rin - "Global Mega Tekstil" mas'uliyati cheklangan jamiyati - Soliev Sardor;
“Yilning eng yaxshi fermeri” yo'nalishi bo'yicha:
1-o'rin - "Chinor" fermer xo'jaligi - Xudoev Jamshid Rajabovich;
“Yilning eng yaxshi hunarmandi” yo'nalishi bo'yicha:
1-o'rin – "Burxanova Sabina" yakka tartibdagi tadbirkor - Burxanova Sabina Faxritdinovna.
Ko'rik-tanlov doirasida ishtirokchilar tomonidan to'qimachilik va tikuvchilik, qurilish sanoati, xomashyoni qayta ishlash, qishloq xo'jaligi, mahalliylashtirish dasturiga kirgan mahsulotlar, milliy hunarmandlik buyumlari namoyish etildi.
Shuningdek, "Tashabbus-2018" ko'rik-tanlovida ishtirokchilar quyidagi qo'shimcha nominatsiyalar bilan ham taqdirlandilar:
“Eng yaxshi tadbirkor ayol” nominatsiyasi;
“Yoshlarga eng ko'p ish joyi yaratgan tadbirkor” nominatsiyasi;
“Mening yurtim – mening iftixorim” nominatsiyasi;
“Eng yaxshi oilaviy biznes sohibi” nominatsiyasi;
“Eng yaxshi eksportchi” nominatsiyasi;
“Yilning eng yaxshi mahsuloti” nominatsiyasi;
Mazkur ko'rgazmada turli yo'nalishlar bo'yicha tovar va buyumlar, milliy hunarmandchiligimizning boy merosi ko'rgazmaga tashrif buyurganlarda katta qiziqish uyg'otdi.
Bu yerda avtomobillar ehtiyot qismlari, qurilish materiallari, maishiy jihozlar, mebel, to'qimachilik, gigiena va kosmetika mahsulotlari, yog'och va misdan tayyorlangan idishlar, televizorlar, ipak, pergament va teriga solingan rasmlar namoyish etildi.
G'oliblar ko'rik-tanlovning Respublika bosqichiga yo'llanmalarni qo'lga kiritishdi.
Tantana yakunida g'olib va sovrindorlarga tashkilotchilar tomonidan ta'sis etilgan diplom, qimmatbaho va esdalik sovg'alari taqdim etildi.
O'z SSP Axborot hizmati t.me/uzchamber
24.10.2018
17:14