O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o'tkazilayotgan “Tashabbus-2018” ko'rik-tanlovining Navoiy viloyat bosqichi yakunlandi
2018 yil 16 avgust kuni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun tadbirkor, fermer va hunarmandlar o'rtasida o'tkaziladigan “Tashabbus-2018” ko'rik-tanlovini tashkil etish va o'tkazish to'g'risida”gi 676-F-sonli farmoyishi qabul qilindi.
Joriy yilning 23 oktyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun tadbirkorlar, fermerlar va hunarmandlar o'rtasida an'anaviy tarzda har yili o'tkazilib kelinayotgan “Tashabbus-2018” ko'rik tanlovining Navoiy viloyati bosqichi Navoiy shahar markazida joylashgan “Yoshlar Markazi” binosida bo'lib o'tdi.
Farmoyishga asosan “Tashabbus-2018” ko'rik-tanlovining Navoiy viloyat bosqichi o'tkazildi.
“Tashabbus-2018” ko'rik-tanlovining Navoiy viloyat bosqichini tantanali ochilish marosimida Navoiy viloyat xokimi K.Tursunov ochib berdi.
Shuningdek, O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o'rinbosari J.Urakov so'zga chiqdi. U o'z nutqida “Tashabbus-2018” ko'rik-tanlovining yurtimizda faoliyat yuritayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarini qo'llab-quvvatlash hamda ularning faoliyatini yanada kengaytirishda alohida ahamiyatga egaligini aytdi. Shuningdek, “Tashabbus 2018” ko'rik tanlovi bu yil o'tgan yildagi tanlovlarga nisbatan yangicha formatda o'tkazilayotgani, nominatsiyalar yana 2 taga ortganini ta'kidladi.
Tanlovda tadbirkor, fermer hamda hunarmandlar quyidagi 5 ta yo'nalishlarda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini g'olibi bo'lishdi:
- Sanoat sohasida "Yilning eng yaxshi tadbirkori" yo'nalishi bo'yicha - “TOSHRABOT TEXTILE” ma'suliyati cheklangan jamiyati rahbari - Umurov Faxriddin;
- Xizmat ko'rsatish sohasida "Yilning eng yaxshi tadbirkor" yo'nalishi bo'yicha - “QIZILQUM BAXT BARAKA” ma'suliyati cheklangan jamiyati rahbari - Nasridinov Ilxom;
- “Yilning eng yaxshi yosh tadbirkor” yo'nalishi bo'yicha - “EXPORT PLAST PRODUCT” ma'suliyati cheklangan jamiyati rahbari - Saidov Obidjon;
- “Yilning eng yaxshi fermeri” yo'nalishi bo'yicha - “NARGIZ DIYOR” fermer xo'jaligi fermeri - Raxmonov Dilshod;
- “Yilning eng yaxshi hunarmandi" yo'nalishi bo'yicha - yakka tartibdagi tadbirkor - Islomova Gulmira;
Ko'rik-tanlovning viloyat bosqichida shahar va tuman bosqichlarida g'oliblikni qo'lga kiritgan 47 nafar g'oliblar, shundan 10 nafar sanoat soxasidagi tadbirkor, 10 nafar xizmat ko'rsatish soxasidagi tadbirkor, 9 nafar yosh tadbirkor, 8 nafar fermer va 10 nafar hunarmandlar qatnashdilar.
“Tashabbus-2018” ko'rik-tanlovida ishtirokchilar qo'shimcha nominatsiyalari bo'yicha qatnashdilar:
“Eng yaxshi tadbirkor ayol” nominatsiyasi;
“Eng yaxshi innovatsion loyiha” nominatsiyasi;
“Yoshlarga eng ko'p ish joyi yaratgan tadbirkor” nominatsiyasi;
“Eng yaxshi oilaviy biznes sohibi” nominatsiyasi;
“Eng yaxshi eksportchi” nominatsiyasi;
“Eng mas'uliyatli ijtimoiy sherik” nominatsiyasi;
“Yilning eng yaxshi mahsuloti” nominatsiyasi;
“Mening Yurtim mening iftixorim” nominatsiyasi;
G'olib va sovrindorlarga tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg'alari taqdim etildi. Viloyat bosqichida birinchilikni qo'lga kiritgan g'oliblarga respublika bosqichiga yo'llama berildi.
O'z SSP Axborot hizmati t.me/uzchamber
26.10.2018
11:42