• RIVAL168
  • Sabung Ayam Online
  • Slot Online
  • Slot Bank Bri
  • Slot Bank Mandiri
  • Slot Bank Seabank
  • Slot Bank Bca
  • Slot Bank Bni
  • Slot Dana
  • Slot Ovo
  • Slot Linkaja
  • DeraDer4
  • Link DeraDer4
  • Sleep DeraDer4
  • MMORPG DeraDer4
  • gacor
  • gunchang menang
  • slot gacor
  • anime
  • anime baru
  • anime overpower
  • anime sekolah
  • baju sepasang
  • baju korea
  • make up
  • facewash
  • baju sepasang
  • baju raya
  • Slot 2025
  • Slot bagus 2025
  • Slot bagus 2024
  • O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi
    6.02.24

    Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi bo'yicha navbatdagi seminar bo'lib o'tdi

    6.02.24

    O‘zbekiston-Belarus ishbilarmonlar kengashining 3-yig‘ilishi

    1.02.24

    Gulistonda tadbirkorlar uchun viloyat hokimining navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi

    1.02.24

    Kanadaning O'zbekistonga yangi tayinlangan elchisi Alan Hemson o'rtasida uchrashuv

    31.01.24

    “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini” joriy etish bo'yicha seminar-trening

    23.01.17

    O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

    20.01.17

    Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

    10.05.16

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    11.12.15

    Rossiya Federatsiyasi

    11.12.15

    Ukraina

    “Tashabbus-2018” ko'rik-tanlovining yakuniy, respublika bosqichi

    2018 yil 14-15 noyabr kunlari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun tadbirkorlar, fermerlar va hunarmandlar o'rtasida a'nanaviy tarzda o'tkazilib kelinayotgan “Tashabbus-2018” ko'rik-tanlovining yakuniy, respublika bosqichi bo'lib o'tdi.
    “Tashabbus-2018” ko'rik-tanlovining o'tkazilishidan asosiy maqsadlaridan biri, yurtimizda faoliyat yuritayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarini qo'llab-quvvatlash, soha vakillari erishayotgan ilg'or natijalarni targ'ib qilishdir, tanlov, yoshlarda mulkdor bo'lish hissini kuchaytirishga, tadbirkorlarning imkoniyatlarini yuzaga chiqarishga hamda ularning faoliyatini yanada kengaytirishda alohida ahamiyatga egadir.


    Bu yil “Tashabbus-2018” ko'rik-tanlovi o'tgan yillarga nisbatan yangicha formatda o'tkazilib, tanlovning asosiy 3 ta “Yilning eng yaxshi yosh tadbirkori”, “Yilning eng yaxshi fermeri”, “Yilning eng yaxshi hunarmandi” nominatsiyalari qatoriga 2 ta yangi “Sanoat sohasida yilning eng yaxshi tadbirkori”, “Xizmat ko'rsatish sohasida yilning eng yaxshi tadbirkori” nominatsiyalar kiritildi. 

      


    Unga ko'ra bu yil asosiy nominatsiyalar soni 5 ta etib belgilandi. Bu esa o'z navbatida barcha kichik biznes vakillari uchun yanada keng imkoniyatlarni beradi.

      
    Shuningdek “Tashabbus-2018” ko'rik-tanlovida ishtirokchilar quyidagi “Eng yaxshi innovatsion loyiha”, “Yoshlarga eng ko'p ish joyi yaratgan tadbirkor”, “Eng yaxshi tadbirkor ayol”, “Mening yurtim - mening iftixorim”, “Eng yaxshi oilaviy biznes sohibi”, “Eng yaxshi eksportchi”, “Eng mas'uliyatli ijtimoiy sherik”, “Yilning eng yaxshi mahsuloti” va “Eng yaxshi ko'rgazma namoyishi uchun” kabi qo'shimcha nominatsiyalari bilan taqdirlanadilar.

        
    Eslatib o'tamiz, “Tashabbus-2018” ko'rik-tanlovning birinchi bosqichi joriy yilning 27 avgustdan 28 sentyabrga qadar, respublikaning barcha tuman va shaharlarida o'tkazildi. Unda jami 6 000 dan ortiq ishtirokchilar qatnashdi. 

        
    Ko'rik-tanlovning ikkinchi bosqichi, ya'ni Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichilari 5 oktyabrdan 26 oktyabr kunlari o'tkazilib,  unda 915 nafar tadbirkorlik sub'ektlari o'zaro bellashdilar.


    “Tashabbus-2018” ko'rik-tanlovining viloyat bosqichida o'zaro bellashgan va eng munosib deb topilgan, 69 nafar qatnashchilar tanlovning Respublika bosqichida ishtirok etish uchun yo'llanmani ko'lga kiritdilar.

      
    Ko'rik-tanlovning dastlabki davrida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarayotgan, qurilish sohasida xizmat ko'rsatayotgan tadbirkorlar, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirayotgan ilg'or fermerlar va kulolchilik sohasidagi hunarmandlargina ishtirok etgan bo'lsalar, bugungi kunda ishtirokchilarning faoliyat yo'nalishlari o'zgarib, rivojlanib bormoqda.

      
    Jumladan, eksportga mo'ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarayotgan, ichki va tashqi bozorda o'z tovarlarining mashhur brendiga ega bo'lgan, farmetsevtika, to'qimachilik, tekstil mahsulotlari ishlab chiqarayotgan hamda yengil sanoatning boshqa tarmoqlarida faoliyat ko'rsatayotgan tadbirkorlar qatnashmoqda.

      
    Fermerlik yo'nalishi bo'yicha esa qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtirayotgan, yetishtirilayotgan mahsulotlarni to'liq qayta ishlab, ichki bozordagi oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarayotgan, ko'p tarmoqli, dehqonchilik, chorvachilik, meva-sabzavotchilik, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlayotgan, issiqxona faoliyati bilan shug'ullanayotgan qishloq mulkdorlari ishtirok etmoqda.

      
    Hunarmandchilikda esa xalq amaliy san'atining eng yuksak namunalari asosida eksportga mo'ljallangan mahsulot ishlab chiqarayotgan, jumladan, miniatyura, zardo'zliq, kulolchilik, yog'ochga ishlov berish orqali turli asarlar yaratish bilan shug'ullanayotgan hunarmandlar o'z mahsulotlari ko'rgazmasilarini namoyish etishmoqda. 

     
    Bir so'z bilan aytganda, ko'rik-tanlovda O'zbekiston Prezidenti sovrini uchun bellashadigan tadbirkorlar, fermerlar va hunarmandlar soni ko'payib, tanlovning ko'lami kengaymoqda.

    O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun har yili o'tkazib kelinayotgan “Tashabbus-2018” ko'rik-tanlovi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, ular erishayotgan ilg'or natijalarni targ'ib qilish, yoshlarda mulkdor bo'lish hissini kuchaytirish, tadbirkorlarning imkoniyatlarini yuzaga chiqarishga xizmat qilmoqda deyishga to'la haqlimiz.

     
    An'anaga ko'ra, ko'rik-tanlovning asosiy tashkilotchisi O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi sanaladi. O'zbekiston Fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi, O'zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi va “Yoshlar ittifoqi” va bir qator vazirlik idoralarning hamkorligi va moliyaviy ko'magi asosida tashkil etildi. 

     
    Ko'rgazma doirasida ishtirokchilar tomonidan mahorat darslari va modalar namoyishi hamda 15 noyabr kuni soat 10:00 dan - 14:00 gacha ishtirokchilar va tashrif buyuruvchilar uchun, bir qator vazirlik va idora vakillari ishtirokida soliq siyosati; yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish; mahalliy mahsulotlar eksportini kengaytirish; xalqaro standartlar va sertifikatlash tizimi; ko'p tarmoqli fermer xo'jaliklari faoliyatini samarali tashkil etish yo'llari; hududlarda bo'sh turgan davlat ob'ektlarini tadbirkorlarga berish; elektron tijorat kabi mavzularda seminar va taqdimotlar tashkil etiladi. 

    2018 yil 17 noyabr kuni soat 11:00 da “Navruz” restoranida o'zbek estradasi yulduzlari ishtirokida “Tashabbus-2018” ko'rik-tanlovi g'oliblari va sovrindorlarini aniqlash va taqdirlash marosimi bo'lib o'tadi.


    “Tashabbus-2018” ko'rik-tanlovining Respublika bosqichida birinchi o'rinni egallagan g'oliblar O'zbekiston Respublikasi Prezidentining oliy sovrini uchun “Chevrolet-Spark” avtomobili, “Tashabbus-2018” statuetkasi, maxsus diplom hamda tashkiliy qo'mitaning qimmatbaho sovg'alari bilan mukofotlanadilar.

     

    O'zb SSP Matbuot xizmati 

     

    15.11.2018

    11:35

    Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
    x

    Savollar bering

    Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

    +998(78) 150-60-06