• RIVAL168
  • Sabung Ayam Online
  • Slot Online
  • Slot Bank Bri
  • Slot Bank Mandiri
  • Slot Bank Seabank
  • Slot Bank Bca
  • Slot Bank Bni
  • Slot Dana
  • Slot Ovo
  • Slot Linkaja
  • DeraDer4
  • Link DeraDer4
  • Sleep DeraDer4
  • MMORPG DeraDer4
  • gacor
  • gunchang menang
  • slot gacor
  • anime
  • anime baru
  • anime overpower
  • anime sekolah
  • baju sepasang
  • baju korea
  • make up
  • facewash
  • baju sepasang
  • baju raya
  • Slot 2025
  • Slot bagus 2025
  • Slot bagus 2024
  • O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi
    6.02.24

    Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi bo'yicha navbatdagi seminar bo'lib o'tdi

    6.02.24

    O‘zbekiston-Belarus ishbilarmonlar kengashining 3-yig‘ilishi

    1.02.24

    Gulistonda tadbirkorlar uchun viloyat hokimining navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi

    1.02.24

    Kanadaning O'zbekistonga yangi tayinlangan elchisi Alan Hemson o'rtasida uchrashuv

    31.01.24

    “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini” joriy etish bo'yicha seminar-trening

    23.01.17

    O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

    20.01.17

    Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

    10.05.16

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    11.12.15

    Rossiya Federatsiyasi

    11.12.15

    Ukraina

    Nyu-York konvensiyasi va uning Markaziy Osiyo mamlakatlari qonunchiligiga o'zaro ta'siri.

    2018 yil 30 noyabrda Bishkek shahrida BMT ning “Chet el arbitrajlari qarorlarini tan olish va ijroga qaratish to'g'risidagi Konvensiyasi” qabul qilinganligining 60-yilligiga bag'ishlangan “Nyu-York konvensiyasi va uning Markaziy Osiyo mamlakatlari qonunchiligiga o'zaro ta'siri” mavzusida Xalqaro konferensiya bo'lib o'tdi.

    Konferensiyada Qirg'iziston Respublikasi Prezidenti devoni mas'ul xodimi, Jogoru Keneshi deputati, Oliy sudining raisi, Buyuk Britaniyaning Qirg'iziston Respublikasidagi Elchixonasi mas'ul xodimi, Yevropa Ittifoqining “Qirg'iziston Respublikasida huquq ustuvorligini mustahkamlashga ko'maklashish” Dasturi rahbari, “Markaziy Osiyo mamlakatlarida huquqiy davlatchilikka ko'maklashish” GIZ dasturi milliy muvofiqlashtiruvchisi, Qirg'iziston Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Xalqaro hakamlik sudi Kuzatuv kengashi raisining o'rinbosari tabrik so'zi bilan ishtirok etdilar, shuningdek unda AQSH, Germaniya, Gretsiya, Italiya, Singapur, Turkiya, Xitoy, Shvetsariya, O'zbekiston, Qozog'iston va Qirg'izistonlik xalqaro arbitrlar, tijorat arbitraji sohasida faoliyat olib borayotgan mutaxassislar, advokatlar, mediatorlar va huquqshunos olimlar, shuningdek biznes va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

    Xalqaro konferensiyada “Nyu-York konvensiyasiga 60-yil: muvaffaqiyatlar  tarixi va oldindagi tahdidlar” mavzusida - Qirg'iziston Respublikasi Oliy sudining Konstitutsiya palatasi sudyasi Chinara Aydarbekova, Xalqaro savdo palatasi arbitrajining Janubiy Osiyo bo'yicha direktori Abxinav Bxushan, «Allen end Overi” yuridik kompaniyasi yuristi Ellison Torlin, “Nyu-York konvensiyasining samarali qo'llanilishi” mavzusida Qozog'iston xalqaro arbitraj sudi raisining o'rinbosari Asel Duysenova, Qirg'iziston Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Xalqaro hakamlik sudining raisining o'rinbosari  Nurlan Alimbaev, “Mediatsiya - tijorat nizolarini hal qilishning usuli sifatida” mavzusida xalqaro mediatorlar - Fidana Alieva, Deniz Kit Gyuner,  Gavrila Konstantina Adi,  “Xalqaro arbitrajda zamonaviy texnologiyalarning roli” mavzusida xalqaro arbitr, «McDermont Will & Emery» yuridik firmasi partneri Arne Fuxs, xalqaro arbitr Apostolos Artimos, “Investitsiyaviy arbitraj: o'tmishdagi jadal o'sish va hozir unga qiziqishni pasayishi” mavzusida xalqaro arbitr, doktor Gavan Griffit, “Xalqaro arbitraj va atrof-muhitni himoya qilish” mavzusida xalqaro mediator Dimitriy Yulerning ma'ruzalari tinglandi.

    Shuningdek konferensiyada O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Xalqaro tijorat arbitraj sudining raisi Foziljon Otaxonov “O'zbekistonda  chet el arbitrajlari qarorlarini tan olish va ijroga qaratishning huquqiy asoslari” mavzusida ma'ruza qildi. U o'z ma'ruzasida mamlakatimiz Nyu-York konvensiyasiga 1995 yil 22 dekabrda qo'shilganligi va uning asosida bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinganligi, jumladan O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual va Iqtisodiy protsessual kodekslarida chet el arbitrajlari qarorlarini tan olish va ijroga qaratishning masalasi bo'yicha alohida bob kirtilganligini ta'kidladi. Shuningdek xalqaro konferensiya ishtirokchilari e'tiborini O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 noyabrdagi “O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzurida Toshkent xalqaro arbitraj markazini (TIAC) tashkil etish to'g'risida”gi 4001-sonli Qarori mazmun-mohiyati va ahamiyatiga qaratdi.

    Konferensiyada ta'kidlanganidek, Nyu-York konvensiyasiga hozirgi kunda 159 ta davlat qo'shilgan bo'lib, yildan yilga xalqaro arbitrajlar va ularda ko'rilayotgan ishlar soni ortib bormoqda. Konvensiyada arbitraj bitimining majburiyligi, arbitraj bitimi mavjud bo'lgan nizoga nisbatan davlat sudlari aralashuvi doirasini cheklanganligi, chet el arbitrajlari qarorlarini tan olish va ijroga qaratish uchun zarur bo'lgan hujjatlar hamda bunday qarorlarni tan olish va ijroga qaratishni rad qilish uchun asoslarning aniq ro'yxati mustahkamlanganligi, “ikki tomonlama ekzekvatura” prinsipidan voz kechilganligi ko'plab mamlakatlarning milliy qonunchiligida keng tan olinib, o'z ifodasini topgan.

    Savol-javoblarga boy o'tgan konferensiyada ishtirokchilar tomonidan hozirgi zamon talablaridan kelib chiqqan holda Nyu-York konvensiyasiga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilsa bo'lmaydimi degan degan savolga spikerlar bir ovozdan bu maqsadga muvofiq emas degan javob berdilar va o'z fikrlarini asoslashga harakat qildilar. Jumladan, Nyu-York konvensiyasida ishtirok etayotgan davlatlar sonini ko'pligi;  unga kiritiladigan qo'shimcha va o'zgartirishlarni ularning barchasi tomonidan tan olinishi kerakligi; agar bunday kelishuvga erishilmasa, Konvensiya bir vaqtning o'zida amaldagi bir necha matnlari mavjud bo'lishi, bu ishtirokchi davlatlarning turli kategoriyalarni vujudga keltirishi va oxir oqibatda xalqaro tijorat sohasida turli qarama qarshiliklarni yuzaga keltirishi mumkin. Shu sababli Konvetsiya  asosida qabul qilingan qonun hujjatlarini bir xilda tushunish, qo'llash hamda undagi terminlarni sharhlashga alohida ahamiyat berilmoqda.

    Xalqaro konferensiya ishtirokchilari F.Otaxonov tomonidan chet el arbitrajlari qarorlarini tan olish va ijroga qaratish  sohasida hamkorlikni kuchaytirish bo'yicha bildirilgan: a) tajriba almamish maqsadida doimiy aloqalar o'rnatish; b) chet el arbitrajlari qarorlarini tan olish va ijroga qaratishning dolzarb muammolari bo'yicha birgalikda tadbirlar (konferensiya, seminarlar) o'tkazish; v) milliy qonunchilik xususiyatlarini e'tiborga olgan xolda chet el arbitrajlari qarorlarini tan olish va ijroga qaratish tartibi to'g'risida birgalikda uslubiy qo'llanma va bukletlar tayyorlash; g) xalqaro arbitrajlarning veb-saytlarida o'zaro kelishuvlar asosida chet el arbitrajlari qarorlarini tan olish va ijroga qaratish bo'yicha xorijiy mamlakatlar qonunchiligi sharhlari va maqolalarni joylashtirish to'g'risidagi takliflarini qo'llab-quvvatladilar. 

     

    O'zb SSP Matbuot xizmati http://t.me/uzchamber

    03.12.2018

    15:50

    Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
    x

    Savollar bering

    Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

    +998(78) 150-60-06