• RIVAL168
  • Sabung Ayam Online
  • Slot Online
  • Slot Bank Bri
  • Slot Bank Mandiri
  • Slot Bank Seabank
  • Slot Bank Bca
  • Slot Bank Bni
  • Slot Dana
  • Slot Ovo
  • Slot Linkaja
  • DeraDer4
  • Link DeraDer4
  • Sleep DeraDer4
  • MMORPG DeraDer4
  • gacor
  • gunchang menang
  • slot gacor
  • anime
  • anime baru
  • anime overpower
  • anime sekolah
  • baju sepasang
  • baju korea
  • make up
  • facewash
  • baju sepasang
  • baju raya
  • Slot 2025
  • Slot bagus 2025
  • Slot bagus 2024
  • O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi
    6.02.24

    Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi bo'yicha navbatdagi seminar bo'lib o'tdi

    6.02.24

    O‘zbekiston-Belarus ishbilarmonlar kengashining 3-yig‘ilishi

    1.02.24

    Gulistonda tadbirkorlar uchun viloyat hokimining navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi

    1.02.24

    Kanadaning O'zbekistonga yangi tayinlangan elchisi Alan Hemson o'rtasida uchrashuv

    31.01.24

    “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini” joriy etish bo'yicha seminar-trening

    23.01.17

    O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

    20.01.17

    Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

    10.05.16

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    11.12.15

    Rossiya Federatsiyasi

    11.12.15

    Ukraina

    Poytaxtimizdagi Xalqaro savdo markazi (ITC)da 12-14 dekabr kunlari Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Savdo-sanoat palatasi ijroiya qo'mitasining 25-majlisi bo'lib o'tdi. 

    Unda tashkilotga a'zo davlatlar – Afg'oniston, Ozarbayjon, Eron, Pokiston, Turkiya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Turkmaniston, Tojikiston va O'zbekiston Savdo-sanoat palatalari rahbarlari, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, diplomatik korpus, turizm, transport, savdo, sanoat, investitsiya sohalari uchun mas'ul vazirlik va idoralar, xotin-qizlar qo'mitasi mutasaddilari, ishbilarmon doiralar vakillari ishtirok etdi. 

    Uchrashuv Turkiya Respublikasi raisligida tashkil etildi. Unda O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi A.Ikromov, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Savdo-sanoat palatasi prezidenti A.Hofiziy, Turkiya Savdo-sanoat palatasi va tovar birjasi kengashi prezidenti R.Xisarchiklioglu, Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi Bosh kotibi B.Amraev qatnashdi. 

    Uch kun davom etgan tadbirda Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Savdo-sanoat palatasining Tadbirkor xotin-qizlar kengashi, Turizm, Transport, Arbitraj, Sanoat, investitsiya, kichik va o'rta biznesni rivojlantirish hamda Savdoni soddalashtirish bo'yicha qo'mitalarining majlislari tashkil etildi. Qo'mitalar majlislarida tashkilotga a'zo davlatlar o'rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, savdo, sanoat, tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlashdagi mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. 

    Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Savdo-sanoat palatasining yuqori darajadagi tadbiri O'zbekistonda ilk bor tashkil etildi. Tashkilotga raislik turli yillarda Afg'oniston, Turkiya, Eron, Pokiston davlatlari tomonidan amalga oshirilgan. Ayni paytda unga Turkiya tomoni raislik qilmoqda. Bugungi kunda tashkilotga a'zo davlatlar o'rtasidagi tovar aylanmasi 600 milliard AQSH dollaridan ziyod, aholi soni esa 440 milliondan ortiqdir. 

    Tadbirda tuzilma tarkibidagi tarmoq institutlarining joriy yildagi faoliyati sarhisob qilindi, tashkilotga a'zo davlatlar Savdo-sanoat palatalarining hamkorlikni mustahkamlashga doir taklif va tashabbuslari tinglandi. 

    Anjumanda ishtirokchilar mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar, xorijiy sarmoyadorlar manfaatlarini himoya qilish bo'yicha ko'rilgan chora-tadbirlar bilan yaqindan tanishtirildi. 

    O'tkazilgan uchrashuvlar natijalariga ko'ra, Turkiyada 2019 yilda “Ayol tadbirkorlar yarmarkasi va seminari”ni o'tkazish, Tadbirkor xotin-qizlar kengashi veb-portalini ishga tushirishga kelishib olindi. 

    Turizm sohasidagi hamkorlik tashkilot doirasidagi sheriklikning istiqbolli yo'nalishi hisoblanadi. Shu ma'noda, majlis ishtirokchilari 2019 yil sentyabr oyida Qo'qon shahrida bo'lib o'tadigan Xalqaro hunarmandlar festivali ishida tuzilmaga a'zo davlatlar ishbilarmon xotin-qizlari ishtirokini ta'minlash hamda sayyohlikni rivojlantirish bo'yicha 2019 yilga mo'ljallangan “Yo'l xaritasi”ni ishlab chiqish bo'yicha yakdil qarashga ega ekanliklarini bildirdi. Kelasi yili O'zbekistonning Turizm sohasidagi navbatdagi xalqaro investitsiya forumini Istanbulda o'tkazishga qaror qilindi. 

    Uchrashuvda mintaqadagi transchegaraviy masalalar bo'yicha bahsli holatlarni hal etishga ko'maklashish maqsadida Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Savdo-sanoat palatasining Arbitraj markazini ochish yuzasidan fikr almashildi. 

    Tadbir yakunida O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan Qirg'iziston Savdo-sanoat palatasi o'rtasida O'zbekiston – Qirg'iziston ishbilarmonlari kengashini tashkil etish to'g'risidagi bitim hamda Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Savdo-sanoat palatasi bilan Turkiya ishbilarmonlari kengashi o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. 

     

    O'zb SSP Matbuot xizmati

     

    18.12.2018

    14:29

    Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
    x

    Savollar bering

    Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

    +998(78) 150-60-06