“Ta'lim va mutaxassislik” 20-xalqaro ko'rgazmasiga taklif etamiz!
2019 yilning 28-30 mart kunlariga qadar Yoshlar ijod saroyida Toshkent shahri, 27 mart kuni Andijon shahri va 1 aprel kuni Samarqand shaharlarida “Ta'lim va mutaxassislik” 20-xalqaro ko'rgazmasi bo'lib o'tishi rejalashtrilmoqda. Mazkur ko'rgazma O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi ko'magida tashkil etiladi.
Respublika aholisini, birinchi navbatda, yoshlarni oliy o'quv yurtlari hamda oliy ma'lumotga ega bo'lish imkoniyatlari, kasbga yo'naltirish va ish bilan ta'minlash masalalari ko'rgazmaning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi.
Mazkur ko'rgazma ikki qismdan iborat:
Ko'rgazmaning birinchi “Ta'lim” yo'nalishida - O'zbekiston va xorijiy oliy o'quv yurtlari va ta'lim muassasalari, tillar kurslari va ijodiy markazlar haqida ma'lumotlar o'rin olgan;
Ikkinchi, “Mutaxassislik” yo'nalishida - Respublikaning ish bilan ta'minlash markazlari, ishga qabul qilish agentliklari O'zbekiston mehnat bozorlarida bo'sh ish o'rinlari to'g'risidagi ma'lumotlar namoyish etiladi.
“Ta'lim va mutaxassislik” ko'rgazmasi O'zbekistonda 2005 yildan buyon o'tkazib kelinаdi. 2011 yildan buyon bu ko'rgazma bir yilda ikki marotaba tashkil etib kelinadi.
Ko'rgazma haqida qo'shimcha ma'lumotlarni qo'yidagi havola www.edufair.uz hamda 71 256 35 13 raqamlari orqali olishingiz mumkin.
O'z SSP Axborot xizmati
24.01.2019
17:14