Jizzaxda yoshlar biznes-inkubatori o'z faoliyatini boshladi.
Viloyat iqtisodiyotini yanada rivojlantirish, sohaga yosh tadbirkorlarni keng jalb qilish, ularga zarur shart-sharoitlarni yaratib berish, yangi startaplarni qo'llab-quvvatlash maqsadida yoshlar biznes-inkubatori o'z faoliyatini boshladi.
Jizzax viloyati hokimligi, Loyihalarni boshqarish milliy agentligi, O'zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamda qator hamkor tashkilotlar ishtirokida uyushtirilgan tadbirda yoshlarga innovatsion loyihalar, startaplarni rivojlantirish, moliyalashtirish, yangi tuzilgan biznes-inkubatorning imkoniyatlari va yosh tadbirkorlarga qulayliklar yaratish, investorlarni jalb etishda aynan nimalarga e'tibor qaratish zarurligi haqida keng tushunchalar berildi.
11.02.2019
12:32