TADBIRKORLIK SUB'EKTLARI DIQQATIGA!
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 7 oktyabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun tanlov asosida yer uchastkalari berish tartibotlarini va qurilish uchun ruxsatnomalar olish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 285-sonli qarori asosida 2016 yil va undan keyingi yillar davomida har bir viloyat bo‘yicha doimiy ravishda yer uchastkalari tanlov savdolariga chiqarib borilishi belgilangan.
Mazkur qarorning ijrosini ta’minlash maqsadida Navoiy viloyati bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun tanlov savdolariga chiqarilgan er uchastkalari ro‘yxati haqidagi ma’lumotlar tadbirkorlik sub’ektlariga yetkazib borishi ko‘zda tutilgan.
Shu munosabat bilan Navoiy viloyatida tadbirkorolik faoliyatini amalga oshirish tanlov savdolariga chiqarilgan er uchastkalari to‘g‘risida ma’lumotni quyidagi manzildan yuklab olishingiz mumkin.
Ushbu masala bo‘yicha “Ko’chmas mulk savdo xizmati” MChJga quyidagi manzil bo‘yicha murojaat qilishingiz mumkin:
Toshkent shahar, Olmazor tumani, 1-Koraqamish ko‘chasi, 1-A uy faks: +99871 228-80-26, 228-80-32 e-mail: info@1kms.uz, rieltsavdo@inbox.uz
29.02.2016
15:11