O'zbekiston-Xitoy biznesi hamda ta'lim muassasalari vakillarining uchrashuvi bo'lib o'tdi.
20 mart kuni O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi binosida Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o'qitish respublika markazi O'zbek-Xitoy savdo assotsiatsiyasi va O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda O'zbekiston-Xitoy biznesi hamda ta'lim muassasalari vakillarining uchrashuvi tashkil etildi.
Mazkur tadbirda O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Xitoy Xalq Respublikasining O'zbekistondagi elchixonasi, shuningdek, O'zbek-Xitoy savdo assotsiatsiyasi, O'zbek-Xitoy ta'lim va tadqiqot markazi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi, "Euroasia Insurance" O'zbekiston-Shveysariya sug'urta kompaniyasi, O'zbekiston qandolatchilar uyushmasi vakillari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida O'zbek-Xitoy savdo assotsiatsiyasi faoliyati haqida taqdimot, biznes-ta'lim va tijorat sohasida Xitoy va O'zbekiston o'rtasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama etildi.
Shuningdek, tadbirda O'zbek-Xitoy savdo assotsiatsiyasi va qator tashkilotlar bilan hamkorlik to'g'risida ikki tomonlama memorandumlar imzolandi. Bular O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi, "Euroasia Insurance" sug'urta kompaniyasi, O'zbekiston qandolatchilar uyushmasi.
Tadbir yakunida, joriy yilning fevral-mart oylari mobaynida o'tkazib kelingan “Mutaxassislar uchun xitoy tili asoslari” kursi tinlovchilari uchun elchixona tomonidan ochiq dars o'tkazildi va kursni muvaffaqiyatli tamomlagan tamomlagan tinglovchilariga sertifikat topshirish marosimi bo'lib o'tdi.
O'z SSP Axborot xizmati
25.03.2019
11:34