O'zbekiston-Saudiya Arabistoni ishbilarmonlarining "В2В" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Joriy yilning 3 aprel kuni “Miran International Hotel” mehmonxonasida O'zbekiston-Saudiya Arabistoni ishbilarmonlarining "В2В" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Saudiya Arabistoni delegatsiyasi tarkibida qishloq xo'jaligi, qurilish, axborot texnologiyalari, savdo-sotiq, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa mahsulotlarni ishlab chikaruvchilar hamda investorlar ishtirokida 20 dan ortiq yirik kompaniya vakillari o'rin olgan.
Ushbu uchrashuv o'zaro hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek qo'shma loyihalarni amalga oshirish maqsadida chet el investitsiyalarini jalb qilish uchun qo'shimcha rag'bat sifatida xizmat qiladi.
O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi A.Ikramov, “Uchrashuvni tashkil etishdan ko'zlangan asosiy maqsad ikki davlat tadbirkorlari o'rtasida savdo aloqalari yo'lga qo'yilishi va kengayishini qo'llab-quvvatlash, yangi qo'shma korxonalar sonini hamda ikki tomonlama mahsulot aylanmasini oshirishdan iborat” – deya ta'kidladi.
Uchrashuv davomida Saudiya Arabistoni delegatsiya vakillari O'zbekistonda iqtisodiyotning turli tarmoqlarini rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ulkan isloxotlar hamda mamlakatimizda investorlar va tadbirkorlar uchun yaratilgan qulay shart sharoitlar va imtiyozlarni yuqori baxolab, bugungi davra suhbati O'zbekiston va Saudiya Arabistoni ishbilarmon doira vakillari uchun o'zaro tajriba almashish imkoniyati berishini ta'kidlab o'tdilar.
“Hozirda mamlakatlarimiz o'rtasidagi ikki tomonlama siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik jadal rivojlanib bormoqda” - deb aytib o'tdi O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo'yicha davlat qo'mitasi raisning o'rinbosari SH.Vafoev.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, biznesni qo'llab-quvvatlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni xuquqiy ximoya qilish, mamlakat iqtisodiyotining investitsion jozibadorligini oshirish, tashkil etilgan va faoliyat yuritayotgan EIZ da investorlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.
2018 yil yanvar-dekabr yakuni bo'yicha O'zbekiston-Saudiya Arabistoni savdo-aylanmasi hajmi 44,1 mln. AQSH dollariga teng bo'ldi.
Hozirgi kunda O'zbekistonda Saudiya Arabistoni investorlari ishtirokida 10 ta korxona faoliyat ko'rsatmoqda. Shulardan 4 tasi 100% Saudiya Arabistoni kapitali asosida faoliyat yuritadi.
Uchrashuv so'ngida ikki davlat biznes doiralari vakillarini V2V formatidagi uchrashuvlarda tomonlar o'zaro xamkorlik aloqalarini yanada mustaxkamlash, qo'shma korxonalar sonini kengaytirish, investitsion loyixalarni amalga oshirish kabi masalalarini muhokama qilishdi.
Shuningdek, tashrif davomida bugun, Saudiya Arabistoni delagatsiyasi vakillari O'zbekiston Respublikasi Tashqi savdo va investitsiya vazirligida ham muzokaralar olib boradilar.
5 aprel kuni delegatsiya vakillari Urganch shahrida bo'lib o'tadigan Xalqaro investitsiya forumida ishtirok etib, Xorazm viloyati ishlab chiqaruvchilarining Milliy ko'rgazmasiga tashrif buyurishadi va investitsion loyihalar, bo'sh turgan bino va inshootlarning taqdimotlari bilan ham tanishadilar.
O'z SSP Axborot xizmati
03.04.2019
17:56