O'zbekiston-Turkiya kooperatsiya birjasiga taklif etamiz.
Turkiyaning Tashqi iqtisodiy aloqalar kengashi raisi boshchiligida ishbilarmonlar delegatsiyasining O'zbekistonga tashrifi munosabati bilan 2019 yil 15 aprel kuni soat 14-00 da Toshkent shahrida (“Wyndham Tashkent” mehmonxonasining “Silk Road” zalida) ikki davlat tadbirkorlari o'rtasida Kooperatsiya birjasi o'tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Mazkur tadbirda Turkiyaning turli tarmoqlarida faoliyat olib boruvchi 35 nafardan ortiq kompaniyalar vakillari O'zbekiston tadbirkorlari bilan qishloq xo'jaligi, oziq-ovqat sohalarida turli asbob-uskunalar yetkazib berish, qurilish, muhandislik va loyihalash ishlari, to'qimachilik, oziq-ovqat, qurilish materiallari sanoati, turizm, tibbiyot, bank-moliya, axborot texnologiyalari sohalarida o'zaro hamkorlik qilishni muhokama etishlari ko'zda tutilgan.
Shu munosabat bilan Turkiya ishbilarmonlari bilan hamkorlik qilish istagida bo'lgan mahalliy tadbirkorlik sub'ektlari Koopersion birjada ishtirok etish bo'yicha takliflarini (Korxona nomi, ishtirok etuvchi xodimning ismi-sharifi, faoliyat yo'nalishi, aloqa uchun telefon raqami) 2019 yil 13 aprel soat 14-00 ga qadar Palataning Eksportga ko'maklashish boshqarmasi j.nosirov@chamber.uz elektron manziliga yuborishlarini so'raymiz.
Mazkur tadbirda ishtirok etish O'zbekiston Savdo-sanoat palatasida oldindan ro'yxatga olish orqali amalga oshiriladi.
Qo'shimcha ma'lumotlar uchun Eksport boshqarmasining mas'ul xodimi J.Nosirovga (+99897 715-12-08) murojaat qilishingizni so'raymiz.
O'zSSP Axborot xizmati
12.04.2019
14:13