Tadbirkorlik sub'ektlari murojaatlari qay tarzda o'z yechimini topmoqda.
O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi faoliyatining asosiy yo'nalishlaridan biri – bu tadbirkorlik sub'ektlarining murojaatlarini ko'rib chiqish va hal etish hisoblanadi.
Bu boradagi ishlarni tashkiliy jihatdan samarali amalga oshirish maqsadida Palata tizimida maxsus bo'lim tashkil etilib, hududiy boshqarmalarda esa aniq hodim biriktirilgan.
Murojaatlar o'z vaqtida ko'rib chiqilishi va hal etilishi ustidan doimiy ravishda nazorat olib borilmoqda. Bundan tashqari, hududiy boshqarmalarda murojaatlar bilan ishlashning ahvoli muntazam ravishda Palata hodimlari tomonidan o'rganib chiqiladi va natijalari muxokama etiladi.
Statistik ma'lumotlarga ko'ra, joriy yilning I-choragida Palata tizimiga jami 7150 ta murojaat kelib tushgan bo'lib, ushbu murojaatlarning 4522 tasi Palataning viloyat hududiy boshqarmalari va joylardagi tuzilmalariga, 2628 tasi Palataning Ijro etuvchi qo'mitasiga kelib tushgan.
Tadbirkorlik sub'ektlaridan kelib tushgan ushbu murojaatlarning katta qismi quyidagi masalalarda kelib tushmoqda.
Bular:
- yuridik ko'mak, ta'sis hujjatlari tayyorlash –40%;
- konsultatsiya va maslahat xizmatlari – 19%;
- investitsiya va xorijiy hamkorlarni jalb etishda ko'mak – 7%;
- mahsulot va xizmatlarini eksport qilish – 6%;
- bank-moliya, kredit, garov ta'minoti –5%;
- biznes rejalar tayyorlash – 5%;
- tadbirkorlik faoliyati bilan bog'liq muammoli masalalarga huquqiy tushuntirish berish –8%;
- bo'sh turgan bino-inshootlarni “nol” qiymatda olish, auksion savdolarida ishtirok etish, yer ajratilishi sohasida – 2%;
- noqonuniy aralashuvlar – 5%;
- infratuzilma tarmog'idagi uzilishlar – 3%.
2019 yilning yanvar-mart oylarida Ijro etuvchi qo'mitasiga kelib tushgan jami murojаatlarning 2628 tasi (98%) o'rnatilgan tartibda ko'rib chiqilgan bo'lib, bugungi kunda tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan kelib tushgan 650 ta (2%) murojaat Palataning mas'ul xodimlari tomonidan ko'rib chiqilmoqda.
Bundan tashqari, Prezident Xalq qabulxonasi bilan Palata o'rtasida o'zaro hamkorlik o'rnatilgan bo'lib, unda bugungi kunga qadar tadbirkorlik sub'ektlaridan 40 ta murojaat kelib tushgan bo'lib, Palata vakolati doirasida ko'rib chiqildi.
Ta'kidlash lozimki, Palataning hududiy boshqarmalarida tadbirkorlarni bevosita qabul qilish ishlariga alohida e'tibor qaratib kelinmoqda va tizimli ravishda tadbirkorlarning muammolarini hal etish choralari ko'rilmoqda.
Jumladan, Palata Ijro etuvchi qo'mitasiga tashrif buyurgan tadbirkorlik sub'ektlari va fuqarolar jami 611 tani tashkil etgan bo'lib, ularning 77 tasi (12,5%) Palata rahbariyatining qabullarida bo'ldi hamda ularga o'rnatilgan tartibda amaliy ko'mak berish choralari ko'rib chiqilib, aksariyatining masalalari ijobiy hal etildi. Jumladan:
1. Toshkent viloyati Yangiyo'l tumanida faoliyat yuritib kelayotgan "MED IZZAT FAYZ" MCHJ rahbari T.Abdukadirov murojaat qilib, ajratib berilgan yer maydoni Yangiyul shahar hokimining qarori bilan olib quyilganligini bildirib, ushbu masalada amaliy yordam so'radi. Mazkur murojaat Palata hodimlari tomonidan o'rganib chiqildi va Nurafshon shahar ma'muriy sudiga tuman hokimining qarorini haqiqiy emas deb topish to'g'risida ariza kiritildi. Mazkur masala Palata yordamida taraflar o'rtasida tinch yo'l bilan hal etildi hamda Palata a'zosiga yer maydoni ajratish to'g'risida Yangiyo'l tuman hokimining qarori chiqarildi.
2. Farg'ona viloyatida faoliyat olib boruvchi U.Fuzailov yer maydoniga ijara shartnomasi rasmiylashtirishda amaliy ko'mak so'ragan. Palata hodimlari o'rnatilgan tartibda ko'rib chiqdi va “Muzaffarbobo” fermer xo'jaligiga 49 yil muddatga tuman zaxirasidan ajratib berilgan yer maydoniga ijara shartnomasi rasmiylashtirishda amaliy yordam berildi.
Shuni ham ta'kidlash lozimki, Palata tizimida a'zolikdan qat'iy nazar barcha tadbirkorlarning murojaatlari ko'rib chiqiladi va ular hal qilinadi.
Bu boradagi faoliyatimizda Palataga a'zo bo'lgan tadbirkorlarning manfaatlari sud orqali himoya qilinishiga alohida e'tibor qilinmoqda.
Xususan, joriy yilning birinchi choragida sudlarga kiritilgan da'vo arizalari orqali 18.148 ta tadbirkorlarning buzilgan huquqlari tiklandi.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.
O'z SSP Axborot xizmati
12.04.2019
16:18