O'z SSPning Call markaziga kelib tushayotgan murojaatlar taxlili.
2019 yil Ish rejasiga asosan bajarilishi lozim bo'lgan vazifalar belgilab olingan bo'lib, bu bo'yicha uch oydagi holat quyidagicha:
I. 2019 yil uch oy davomida O'zbekiston Savdo-sanoat palatasining 78 150-60-06 yagona raqami hamda 1094 ishonch telefoni orqali ish vaqti va ish vaqtidan tashqari 9807 ta qo'ng'iroq qabul qilingan bo'lib, ushbu qo'ng'iroqlarning hafta kunlari kesimidagi statistikasi quyida keltirilgan:
II. Qo'ng'iroqlar hududlar kesimida
III. Uch oy davomida Palataning 78 150-60-06 yagona raqami hamda 1094 ishonch telefoniga qo'ng'iroq qilgan murojaatchilar.
1. Tadbirkorlik subektlaridan kelib tushgan qo'ng'iroqlar soni hamda qo'ng'iroqlar yo'nalishi - 4586
- Turli yo'nalishlarda yuridik maslahat berish
- Xat masalasi (ijrochini aniqlash)
- Palataga a'zolik bo'yicha maslahat olish
- Kafolat xati olish uchun kerakli xujjatlar tartibi xamda kafolat xati tayyorligini aniqlashtirish masalasi.
- Xalqaro o'quv dasturlari (GIZ, SABIT) masalasi
- Biznes-forum, ko'rgazma va yarmarkalar xaqida ma'lumot olish va ularda ishtirok etish
2. HB/TKMlar orqali kelib tushgan qo'ng'iroq soni xamda qo'ng'iroqlar yo'nalishi - 3003
- A'zolik badalining hisob raqamiga tushgan-tushmaganligini aniqlash masalasida
- Xat masalasi (ijrochini aniqlash)
- Kafolat xati tayyorligini aniqlashtirish masalasi
- HB\TKM xodimlari tomonidan sanoat korxonalarida o'tkazilgan So'rovnomalar bo'yicha
- A'zolik guvoxnomasi tayyor bo'lganligini aniqlashtirish masalasi
3. Davlat organlaridan kelib tushgan qo'ng'iroqlar soni xamda qo'ng'iroqlar yo'nalishi - 1809
- Tadbirkorlik faoliyatiga aloqador bo'lgan yangi qonun, qaror loyihalari va normativ huquqiy-xujjatlar bo'yicha
- Xat masalasi (ijrochini aniqlash)
- Tadbirlar, uchrashuvlar, ekspertlar kengashida ishtirok etish masalasida
4. Tadbirkorlik subektiga ega bo'lmagan jismoniy shaxslar tomonidan kelib tushgan qo'ng'iroqlar soni hamda qo'ng'iroqlar yo'nalishi – 301
- Tadbirkorlikni boshlash tartiblari bo'yicha ma'lumot olish
- Bo'sh ish o'rinlari to'g'risida, xamda ishga joylashish bo'yicha suxbat
- Xat masalasi (ijrochini aniqlash)
- Yer olish tartibi bo'yicha maslahat olish
- Kredit olish tartiblari xamda bankda yuzaga keladigan muammolar masalasi
5. Xorijiy davlatlar tomonidan kelib tushgan qo'ng'iroqlar soni - 108
- Xat masalasi (ijrochini aniqlash)
- QK va XK ochish tartiblari bo'yicha ma'lumot olish
- Investitsiya kiritish
- O'zbekistondagi mavjud korxonalar ro'yxatini olish
O'z SSP Axborot xizmati
12.04.2019
17:45