O'zb SSP da “Tashabbus-2019” ko'rik-tanloviga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Bugun, O'zbekiston Savdo-sanoat palatasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun har yili o'tkazilib kelinayotgan “Tashabbus-2019” ko'rik-tanloviga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
“O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun tadbirkorlar, fermerlar va hunarmandlar o'rtasida o'tkaziladigan “Tashabbus-2019” ko'rik-tanlovni tashkil etish va o'tkazish to'g'risi"da 14 aprel kuni Vazirlar Mahkamasining №278-F sonli farmoyishi tasdiqlandi.
Unga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun tadbirkorlar, fermerlar va hunarmandlar o'rtasida o'tkaziladigan “Tashabbus-2019” ko'rik-tanlovini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida “Tashabbus-2019” ko'rik-tanlovi bosqichlarining o'tkazilish muddatlari belgilandi.
Ko'rik-tanlov bosqichlari qo'yidagi muddatlarda o'tkazilishi belgilangan:
- tuman (shahar) bosqichlari – 22 apreldan 15 mayga qadar;
- Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichlari 20 maydan 12 iyunga qadar;
- Respublika bosqichi 20-21 iyun kunlari: “O'zekspomarkaz” milliy ko'rgazmalar saroyida ko'rik-tanlovning ochilish marosimi va ko'rgazmasi, 22 iyun kuni ko'rik-tanlov g'oliblarini taqdirlash marosimi “Navro'z” restoranida bo'lib o'tadi.
Tadbirda so'zga chiqqanlar mamlakatimizda ilg'or natijalarga erishgan, xizmat ko'rsatish, ishlab chiqarish va xo'jalik yuritishning boshqa sohalarida tashabbus ko'rsatayotgan, mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini yanada mustahkamlashga, import o'rnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishga, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga o'zining munosib hissasini qo'shayotgan, tadbirkorlar, fermerlar va hunarmandlar, jumladan yosh tadbirkorlar “Tashabbus-2019” ko'rik-tanlovida ishtirok etishi belgilanganligini qayd etib o'tishdi.
Ko'rik-tanlov quyidagi asosiy nominatsiyalar bo'yicha o'tkaziladi va tanlov respublika bosqichi mutlaq g'oliblari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini “Chevrolet-Spark” avtomashinalari bilan taqdirlanadi:
1. “Sanoat sohasida yilning eng yaxshi tadbirkori”;
2. “Xizmat ko'rsatish sohasida yilning eng yaxshi tadbirkori”;
3. “Yilning eng yaxshi yosh tadbirkori”;
4. “Yilning eng yaxshi fermeri;
5. “Yilning eng yaxshi hunarmandi”.
Har bir boschqichda ko'rik-tanlovning asosiy yo'nalishlar bo'yicha 1, 2, 3-o'rin g'oliblari aniqlanadi.
Bundan tashqari ko'rik-tanlov respublika tashkiliy qo'mitasining qaroriga asosan tanlov ishtirokchilari quyidagi qo'shimcha nominatsiyalarda ham taqdirlanishi belgilangan:
1. “Eng yaxshi tadbirkor ayol” nominatsiyasi. Bu nominatsiyada yil yakunlariga ko'ra yuqori ko'rsatkichlarga erishgan, ayollar o'rtasida tadbirkorlikni rivojlantirishga ulkan hissa qo'shgan tadbirkor, fermer yoki hunarmandga beriladi.
2. “Eng yaxshi innovatsion loyiha” nominatsiyasi. Bu nominatsiya g'olibi hisobot yilida zamonaviy minitexnologiyalar jalb etgan, ishlab chiqarishda ilmiy asoslangan innovatsion texnologiyalardan foydalangan, ishlanmalari patentlangan hamda ichki va tashqi bozorda o'zining mashhur brendiga ega bo'lgan, o'z faoliyati davomida O'zbekiston shon-shuhratini oshirgan, o'zbek mahsuloti brendini keng tanitgan tadbirkor yoki fermerga beriladi.
3. “Yoshlarga eng ko'p ish joyi yaratgan tadbirkor” nominatsiyasi. Bu nominatsiya hisobot yilida korxonaga 30 yoshgacha bo'lgan yoshlarni, doimiy ishga jalb etgan tadbirkor yoki fermerlarga beriladi.
4. “Eng yaxshi oilaviy biznes sohibi” nominatsiyasi. Bu nominatsiya oilaviy tadbirkor sifatida ro'yxatdan o'tgan, xizmat ko'rsatish, ishlab chiqarish va boshqa sohada ilg'or natijalarga erishgan tadbirkorga beriladi.
5. “Eng yaxshi eksportchi” nominatsiyasi. Bu nominatsiya ishlab chiqargan mahsulot yoki xizmati eksportini yo'lga qo'ygan tadbirkor, fermer yoki hunarmandlarga beriladi.
6. “Yilning eng yaxshi mahsuloti” nominatsiyasi. Bu nominatsiya mahsulotining aholi o'rtasida hamda chet elda taniqlilik darajasi, mahsulotning eksport hajmi, mahsulot brendining originalligi, mahsulotni reklama qilinganlik darajasi, mahsulot qadog'ining tashqi ta'sirlarga chidamliligi va uning sifat ko'rsatkichlari yuqori bo'lgan tadbirkor yoki fermerga beriladi.
7. “Mening yurtim – mening iftixorim” nominatsiyasi. Bu nominatsiya xizmat ko'rsatish, ishlab chiqarish va boshqa sohada ilg'or natijalarga erishgan tadbirkor, fermer yoki hunarmandga beriladi.
8. “Eng mas'uliyatli ijtimoiy sherik” nominatsiyasi. Bu nominatsiya hisobot davrida korxonada xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy va mehnat sohasiga oid huquq va manfaatlarni ta'minlashda kasaba uyushmasi qo'mitasi va hududdagi boshqa davlat va nodavlat tashkilotlari bilan yaqin hamkorlikni yo'lga qo'ygan, tanlov ishtirokchilari bo'lgan tadbirkor yoki fermerga beriladi.
9. “Eng yaxshi ko'rgazma namoyishi uchun” nominatsiyasi. Bu nominatsiya ko'rgazma davomida o'zining mahsulotlari namoyishini yuqori saviyada tashkillashtirgan, mahsulotlari ko'rgazmasiga yuksak mas'uliyat va yuqori did bilan e'tibor bergan hamda stendini yaxshi tayyorlagan tadbirkor, fermer yoki hunarmandga beriladi.
10. “Eng namunali soliq to'lovchi” nominatsiyasi. Bu nominatsiya amaldagi soliq qonunchiligiga ko'ra korxona faoliyati bo'yicha belgilangan soliq to'lovlarini o'z vaqtida amalga oshirib kelgan, soliq to'lovlari borasida yuqori bilimga va ko'nikmalarga ega tanlov ishtirokchilari bo'lgan tadbirkor yoki fermerga beriladi.
11. “Turizm sohasi rivojiga qo'shgan hissasi uchun” nominatsiyasi. Bu nominatsiya tadbirkorlik faoliyati orqali mamlakatimizda turizm sohasini rivojlantirish borasida yuqori natijalarga erishgan, o'ziga xos milliylikni aks ettiruvchi mahsulotlar yaratgan va sohada yangi innovatsion g'oyalarni amaliyotga tatbiq qilgan tadbirkor yoki hunarmandga beriladi.
Shuningdek, mazkur qo'shimcha nominitsiyalar bo'yicha g'oliblikni qo'lga kiritgan ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovrinlar va “Tashabbus” ko'rik-tanlovi tashkiliy qo'mitasining diplomi bilan taqdirlanadi.
O'z SSP Axborot xizmati
18.04.2019
17:22