“Tashabbus-2019” ko'rik-tanlovi bo'yicha Toshkent shahrining tuman bosqichlari yakunlandi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun tadbirkorlar, hunarmandlar va fermerlar o'rtasida o'tkazilib kelinayotgan “Tashabbus-2019” ko'rik-tanlovining Toshkent shahar tuman bosqichlari yakunlandi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 14 apreldagi “O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Tashabbus-2019” ko'rik-tanlovini tashkil etish va o'tkazish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 278-f-sonli Farmoyishiga asosan Toshkent shahar hokimining 2019 yil 18 apreldagi 557-sonli qarori qabul qilingan.
“Tashabbus-2019” ko'rik-tanlovining Toshkent shahrining tuman bosqichlari joriy yilning 30 apreldan 7 mayga qadar o'tkazildi va har bir tumanda hokimliklar bilan birgalikda bayramona kayfiyatda o'tkazildi va ushbu bosqichlarda shaxsan tuman hokimlari ishtirok etgan.
Ko'rik-tanlovning tuman bosqichida tadbirkorlik sub'ektlari 4 ta yo'nalishda bellashishdi:
- “Sanoat sohasida yilning eng yaxshi tadbirkori”;
- “Xizmat ko'rsatish sohasida yilning eng yaxshi tadbirkori”;
- “Yilning eng yaxshi yosh tadbirkori”;
- “Yilning eng yaxshi hunarmandi” nominatsiyalari.
Ko'rik-tanlovning tuman bosqichlarida o'z ko'rgazmasi bilan 459 nafar tadbirkor va hunarmandlar ishtirok etgan bo'lsa, shulardan 44 nafari ko'rik-tanlovning shahar bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritishdi.
Ko'rik-tanlov nizomi talablari asosida baholangan holda g'oliblikni qo'lga kiritgan tadbirkorlar va hunarmandlar joriy yilning 12 iyun kuni bo'lib o'tadigan Toshkent shahar bosqichida ishtirok etishadi.
O'z SSP Axborot xizmati
13.05.2019
17:18