• RIVAL168
  • Sabung Ayam Online
  • Slot Online
  • Slot Bank Bri
  • Slot Bank Mandiri
  • Slot Bank Seabank
  • Slot Bank Bca
  • Slot Bank Bni
  • Slot Dana
  • Slot Ovo
  • Slot Linkaja
  • DeraDer4
  • Link DeraDer4
  • Sleep DeraDer4
  • MMORPG DeraDer4
  • gacor
  • gunchang menang
  • slot gacor
  • anime
  • anime baru
  • anime overpower
  • anime sekolah
  • baju sepasang
  • baju korea
  • make up
  • facewash
  • baju sepasang
  • baju raya
  • Slot 2025
  • Slot bagus 2025
  • Slot bagus 2024
  • O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi
    6.02.24

    Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi bo'yicha navbatdagi seminar bo'lib o'tdi

    6.02.24

    O‘zbekiston-Belarus ishbilarmonlar kengashining 3-yig‘ilishi

    1.02.24

    Gulistonda tadbirkorlar uchun viloyat hokimining navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi

    1.02.24

    Kanadaning O'zbekistonga yangi tayinlangan elchisi Alan Hemson o'rtasida uchrashuv

    31.01.24

    “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini” joriy etish bo'yicha seminar-trening

    23.01.17

    O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

    20.01.17

    Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

    10.05.16

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    11.12.15

    Rossiya Federatsiyasi

    11.12.15

    Ukraina

    Bugun, O'z SSP da Moliya vazirligi xuzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan davra suhbati tashkil etildi.

    2019 yilning 24 may kuni Moliya vazirligi xuzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda mahalliy tadbirkorlar va ishbilarmonlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Unda Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi mutaxassislari, Savdo-sanoat palatasi vakillari, tadbirkorlar va xususiy biznes va OAV vakillari ishtirok etdi. 


    Tadbirdan ko'zlangan maqsad joriy yilning 10 may sanasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan imzolangan “Davlat-xususiy sheriklik to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni mazmun-mohiyatini tadbirkorlaga atroflicha tushuntirishdan iborat. Shuningdek Davlat rahbari tomonidan 2019 yilning aprel oyida  qabul qilingan “Respublika iqtisodiyotiga to'g'ridan-to'g'ri xorijiy   investitsiyalarni   jalb   qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Qarori doirasida 2019 yilda ishlab chiqilishi lozim bo'lgan davlat-xususiy sheriklik loyihalari xaqida batafsil ma'lumot berishdir.


    Qayd etish kerak Davlat-xususiy sheriklik to'g'risidagi qonunchilik asosining mavjudligi jamiyat va iqtisodiyotimiz uchun juda muxim. Qonun qabul qilinishidan tashqari, undan kelib chiqadigan qonunchilik xujjatlarining ishlab chiqilishi va ularning ishlashi - ushbu sohada tizimni yaratish uchun zarur hisoblanadi.     Mazkur qonuning qabul qilinishi DXSH sohasiga qonuniy asosni yaratdi, bu esa o'z o'rinda respublikaga investorlar faolligini va ishonchini albatta oshirishga, xususiy sektorning moliyaviy va boshqa resurslarini jalb qilishiga olib keladi. Qonunining o'ziga xos jixatlari shundaki: U to'g'ridan-to'g'ri amal qiluvchi xujjat hisoblanadi, demak O'zbekistonga DXSH yo'nalishi bo'yicha pul tikmoqchi bo'lgan investor uchun boshqa qonunosti xujjatlarni o'rganish zaruriyati kamayadi. Qonun investorlarni himoya qilishga qaratilgan - xususan xujjatda xususiy sherik va kreditorlarni ximoya qilish bo'yicha alohida moddalar mavjud. Qonun aholiga ko'rsatilayotgan davlat xizmatlari  va jamoat infratuzilmasi sifatini yaxshilashga qaratilgan. Qonunda tomonlarning xukuk va majburiyatlari oydinlashtirilgan. Qonunda kichik loyihalar uchun bir bosqichli tender mexanizmi mavjud. Qonunda xususiy tashabbus orqali loyihalarni amalga oshirish mavjud.  


    Davlat rahbaritning aprel oyidagi  Qarorida 2019 yilda tegishli vazirliklar va agentlik hamkorligida 15 ta  DXSH loyihalarini ishlab chiqilishi belgilab qo'yilgan. Xususan Navoiy viloyatida qiymati 100 mln AQSH dollari bo'lgan 100MVt quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyasini qurish, 27 mln AQSH dollari deya baholangan Gemodializ markazlarini yaratish va gemodializ xizmatini ko'rsatish,  Toshkent viloyatida qiymati 500 mln AQSH dollari bo'lgan IES qurish va modernizatsiya qilish, Xalqaro aeroportni modernizatsiya qilish (umumiy qiymati 470 mln AQSH dollar) loyihalari shular jumlasidan. Mazkur DXSH loyihalari, hamkorlik qilish istagida bo'lgan xorijiy yoki mahalliy investorlar bilan amalaga oshiriladi. 
    Davra suxbatida tadbirkorlarga shu va boshqa DXSH loyihalari xaqida batafsil ma'lumot berildi. Shuningdek biznes  vakillarini qiziqtirayotgan barcha masalalarga shu yerning o'zida atroflicha javob qaytarildi. 


    Ma'lumot uchun: Davlat-xususiy sheriklik - bu xususiy investitsiyani jalb qilish hamda ilg'or boshqaruv tajribalarini joriy qilish, shuningdek davlat xizmatlari sifatini oshirish maqsadida tuzilgan uzoq muddatli o'zaro manfaatli shartnoma va bitimlardir. Shu bilan birga, tasdiqlangan loyihalarga ta'sir qiluvchi xavf-xatarlar to'g'ri taqsimlanadi va  xususiy sherik asosiy xavf-xatar va moliyalashtirishni  o'z zimmasiga oladi. Eng asosiysi, davlat ushbu loyihalarni tartibga solishda o'z vakolatlarini saqlab qoladi. Davlat-xususiy sheriklik loyihalarida davlat tomonidan qo'shiladigan hissa xususiy sherik majburiyatlari orqali qoplanadi. Bundan tashqari, tomonlarning majburiyatlari samaradorligi bo'yicha ko'rsatkichlar aniq belgilab qo'yiladi. An'anaviy shakldagi davlat-xususiy sherikligi - bu qurilish, moliyalashtirish, modernizatsiya, ekspluatatsiya va xizmat ko'rsatish uslublarini o'z ichiga qamrab oladi.

     

    O'z SSP Axborot xizmati

     

    24.05.2019

    11:32

    Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
    x

    Savollar bering

    Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

    +998(78) 150-60-06