Sloveniyaning «DUOL» kompaniyasi bilan hamkorlik
Joriy yilning 22 fevral kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida Sloveniyaning «DUOL» kompaniyasi bosh direktori D.Olay bilan respublikamiz hududida zamonaviy issiqxonalar, sanoat omborlari, sport komplekslarini qurishda yangi innovatsion havo bilan to‘ldirish orqali quriladigan texnologiyalarni respublikamizda sotish va ishlab chiqarish qo‘shma loyihasini amalga oshirish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumot uchun: «DUOL» kompaniyasi 22 yildan buyon faoliyat ko‘rsatib kelayotgan bo‘lib, xozirgi kunga qadar o‘z texnologiyalarini dunyoning Afrika mintaqasi, Osiyo, Janubiy Amerika, Evropa davlatlarida jami 1200 ta loyiha orqali amalga oshirgan. Kompaniyaning maxsulotlari xaqidagi katalog va kerakli ma’lumotlar ilovaga muvofiq yuborilmoqda.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, «DUOL» kompaniyasi bilan hamkorlik qilish istagida bo‘lgan mahalliy tadbirkorlik sub’ektlari o‘z takliflarini qisqa muddat ichida Palataga (t.naim@chamber.uz) elektron ko‘rinishda taqdim etishlarini so‘raymiz.
Shu bilan birga, mazkur masala bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot uchun Palataning Zamonaviy mini-texnologiyalar va xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo‘limi etakchi mutaxassisi Temurxon Naimga (+99871) 150-60-07 telefon raqamiga murojaat qilishlari mumkin.
28.03.2016
11:09