Polshada 12-xalqaro “Arbitraj va mediatsiya nazariya va amaliyotda” mavzusida konferensiya bo'lib o'tdi.
Polshaning Novi-Tomisl shahrida “Arbitraj va mediatsiya nazariya va amaliyotda” mavzusida Novotomisl Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Arbitraj sudi tomonidan tashkil qilingan 12-xalqaro konferensiya bo'lib o'tdi.
Konferensiyada Germaniya, Moldova, Ozarbayjon, Polsha, Turkiya, Ukraina, Qirg'iziston, O'zbekiston, Fransiyalik xalqaro arbitrlar, mediatorlar, hakamlik sudyalari, davlat organlari vakillari, sud pristavlari, advokatlar, notariuslar, xalqaro aribitraj va mediatsiya sohasi mutaxassislari va olimlar, Polshaning bir qator shaharlari burmistrlari ishtirok etdilar, shuningdek Polsha Senati senatori, Novotomisl tumani oqsoqoli, Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Arbitraj sudi raisi konferensiya ishtirokchilariga tabrik yo'lladilar.
Xalqaro konferensiyada Xalqaro savdo palatasi huzuridagi Xalqaro arbitraj sudi a'zosi (ICC Parij) –Pyotr Novachik «Arbitrajdagi xavfsizlik to'g'risida dastlabki e'tirozlar», Ukraina Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Xalqaro tijorat arbitraj sudi arbitri Andrey Klemchuk – «Xalqaro tijoratda mediatsiya – arbitrajga ittifoqchi yoki raqobatchi?», Boku shahridagi Xalqaro arbitraj sudi arbitri Niyoziy Mammadov – «Ozarbayjonda nizolarni muqobil hal qilish to'g'risidagi qonunchilikka kiritilgan tuzatishlar», yuridik fanlar doktori, advokat (Polsha) Aleksandra Budniak-Rogala – «Arbitraj protsessida ekspert xulosalaridan olinadigan dalillar», Moldova Respublikasi tugatuvchilar va ma'muriyatchilar assotsiatsiyasi huzuridagi Xalqaro arbitraj raisi Irina Selevestru – – “Moldovada nizolarni muqobil hal qilish – xalqaro hamkorlik tajribasi”, Xitoy xalqaro iqtisodiy va arbitraj komissiyasi Yevropa arbitraj markazi raisi Siu Yang – “ Hukumat Xitoyda tijorat arbitrajiga ko'maklashuvchi sub'ekt sifatida”, advokat (Turkiya) Murat O'zsunay – “Singapur konvensiyasi”, Zelyonogursk universiteti “Fuqarolik huquqi, fuqarolik sudlov ishlarini yuritish va qiyosiy xususiy huquq” kafedrasi professori, yu.f.d. Magdalena Skibinska –“Fuqarolik protsessida guvoh tariqasida mediatorni so'roq qilishni cheklash mediatsiyada xavfsizlikni ta'minlash usuli sifatida”, Podkarpatsk voevoda boshqarmasi mas'ul xodimi (Polsha) Lukas Mrozunski-Zmaj – “Jinoyat ishlarida mediatsiya o'tkazish jarayonida jabrlauvchini ikkilamchi viktimizatsiyasi va xavfsizlik”, Zabje shahridagi (Polsha) tuman sudi sud pristavi Marchin Gugulski –– “Mediator ishtirokida tuziladigan mediativ kelishuvga ijro shartlarini kiritish»”, Polsha notariuslar assotsiatsiyasi a'zosi Yaroslav Zarneski –– «Polsha notariuslar assotsiatsiyasi huzuridagi Birinchi elektron arbitraj sudining ishlash prinsiplari», Opolsk texnologiya universiteti “Intellektual mulk, ma'muriy va yevropa huquqi” kafedrasi professori, advokat, mediator Monika Nazkovska – «Nizolarni muqobil hal qilishda xavfsizlik – mediatsiya jarayonida uning o'ziga xosligi» mavzularida ma'ruza qildilar.
Konferensiyada O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Hakamlik sudining raisi, yuridik fanlar doktori Foziljon Otaxonov “O'zbekistonda mediatsiyaning huquqiy asoslari” mavzusida ma'ruza qildi. U o'z ma'ruzasida Markaziy Osiyo mamlakatlarida mediatsiyani qo'llanish tarixi va an'analari, O'zbekiston Respublikasining 2019 yil 1 yanvardan kuchga kirgan “Mediatsiya to'g'risida”gi Qonuni, Fuqarolik, Fuqarolik protsessual, Iqtisodiy protsessual, Soliq kodekslari hamda “Hakamlik sudlari to'g'risida”gi Qonunga kiritilgan qo'shimcha va o'zgartishlarning mazmun va mohiyatiga to'xtaldi, shuningdek jamiyatning hozirgi rivojlanish davrida mediatsiyani joriy qilishning dolzarb muoammolariga xalqaro konferensiya ishtirokchilari e'tiborini qaratdi hamda mediatsiya sohasida xalqaro hamkorlikni yo'lga qo'yish bo'yicha o'z takliflarini bildirdi.
Xalqaro konferensiya doirasida arbitrlar va mediatorlar o'rtasida pnevmatik miltiqdan otish bo'yicha Novotomisl Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Arbitraj sudi raisi kubogi uchun musobaqa tashkil qilindi. Unda Kubokni 1-o'ringa sazovor bo'lgan O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Hakamlik sudi sudyasi Rustam Shaymardonov qo'lga kiritdi, mazkur sud raisi Foziljon Otaxonov esa 3-o'rinni egalladi. Musobaqada ishtirok etgan sakkizta mamlakat ishtirokchilaridan jamoa hisobida O'zbekiston faxrli 1-o'ringa, Ozarbayjon – 2-o'ringa, Ukraina – 3-o'ringa ega chiqdi.
O'z SSP Matbuot xizmati
11.06.2019
17:20