«Tashabbus-2019» ko'rik-tanlovining Toshkent viloyati bosqichi g'oliblari aniqlandi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun an'anaviy tarzda tadbirkorlar, fermerlar va hunarmandlar orasida o'tkaziladigan «Tashabbus-2019» ko'rik-tanlovini yuqori darajada tashkil etish va o'tkazish to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 14 apreldagi 278-f-sonli farmoyishiga asoslanib, Toshkent viloyati, Chirchiq shahar Sport kompleksida «Tashabbus-2019» ko'rik-tanlovining viloyat bosqichi bo'lib o'tdi.
Tanlovni o'tkazishdan maksad – xududlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlanishini rag'batlantiruvchi biznes muhit yaratish, mamlakat iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini oshirish, tadbirkorlarning kasbiy mahorati va bilim darajasini oshirish uchun zaruriy shart-sharoit yaratish, tadbirkorlik faoliyatidagi ilg'or tajribalarni ommalashtirish, tadbirkorlar o'rtasida xo'jalik aloqalarini kengaytirish va ular ishlab chiqarayotgan mahsulotlarni reklama qilishga ko'maklashish, tadbirkorlik faoliyatida korporativ boshqaruv tamoyillarini joriy etishga ko'maklashish hisoblanadi.
«Tashabbus-2019» tanlovining shahar va tuman bosqichi g'oliblarining ko'rgazmalari bilan birga oziq-ovqat va qishloq xo'jalik mahsulotlarining savdo yarmarkalari tashkillashtirildi. Ko'rgazmaga tadbirkor, fermer xo'jaliklari va hunarmand ustalar ishlab chiqargan mahsulotlarining sifat ko'rsatkichlari xorij mahsulotlari bilan raqobatbardoshlik borasida baxslashishga tayyor ekanligi ko'rsatildi.
Hay'at a'zolari ishtirokchilar tomonidan namoyish etilgan mahsulotlarni ko'zdan kechirib, ularning hulosasiga ko'ra kuyidagilar g'olib deb topildi:
1. Sanoat soxasida «Yilning eng yaxshi tadbirkori» yo'nalishi bo'yicha 1-o'rin g'olibi deb, “MILK EVRO FOOD” MCHJ (Chirchiq shahar) ma'suliyati cheklangan jamiyati topildi.
2. Xizmat kursatish soxasida «Yilning eng yaxshi tadbirkori» yo'nalishi bo'yicha 1-o'rin g'olibi deb, “FLAWLESS TEETH” MCHJ (Qibray tuman) ma'suliyati cheklangan jamiyati topildi.
3. «Yilning eng yaxshi yosh tadbirkori» yo'nalishi bo'yicha 1-o'rin g'olibi deb, “ME’MOR ELNAZAR LOYIHA” MCHJ (Yangiyo'l shahar) mas'uliyati cheklangan jamiyati topildi.
4. «Yilning eng yaxshi fermeri» yo'nalishi bo'yicha 1-o'rin g'olibi deb, “CHINOBOD XAYITBOYEV SAYDULLO” (Qibray tumani) ko'p tarmoqli fermer xo'jaligi topildi.
5. «Yilning eng yaxshi hunarmandi» yo'nalishi bo'yicha 1-o'rin g'olibi deb, Yusupov Shavkat Shuxratovich (Qibray tumani) yakka tartibdagi tadbirkor topildi. G'olib mahsus diplom, oltin medal, qimmatbaho sovg'a, Tashabbus statuetkasi bilan taqdirlandi va Toshkent shahrida bo'lib o'tadigan final bosqichiga yullanmani qo'lga kiritdi.
O'z SSP Axborot xizmati
12.06.2019
12:49