«Tashabbus-2019» ko'rik-tanlovining Toshkent shaxar bosqichi g'oliblari aniqlandi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun an'anaviy tarzda tadbirkorlar, fermerlar va hunarmandlar orasida o'tkaziladigan «Tashabbus-2019» ko'rik-tanlovini yuqori darajada tashkil etish va o'tkazish to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 14 apreldagi 278-f-sonli farmoyishi va Toshkent shaxar xokimining 2019 yil 18 apreldagi 557-sonli karoriga asosan Toshkent shahrida joylashgan "Yoshlar ijod saroyi"da «Tashabbus-2019» ko'rik-tanlovi bo'lib o'tdi.
Tanlovni o'tkazishdan maksad – xududlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlanishini rag'batlantiruvchi biznes muhit yaratish, mamlakat iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini oshirish, tadbirkorlarning kasbiy mahorati va bilim darajasini oshirish uchun zaruriy shart-sharoit yaratish, tadbirkorlik faoliyatidagi ilg'or tajribalarni ommalashtirish, tadbirkorlar o'rtasida xo'jalik aloqalarini kengaytirish va ular ishlab chiqarayotgan mahsulotlarni reklama qilishga ko'maklashish, tadbirkorlik faoliyatida korporativ boshqaruv tamoyillarini joriy etishga ko'maklashish hisoblanadi.
«Tashabbus-2019» tanlovining shahar va tuman bosqichi g'oliblarining ko'rgazmalari bilan birga oziq-ovqat va qishloq xo'jalik mahsulotlarining savdo yarmarkalari tashkillashtirildi. Ko'rgazmaga tadbirkor, fermer xo'jaliklari va hunarmand ustalar ishlab chiqargan mahsulotlarining sifat ko'rsatkichlari xorij mahsulotlari bilan raqobatbardoshlik borasida baxslashishga tayyor ekanligi ko'rsatildi.
Hay'at a'zolari ishtirokchilar tomonidan namoyish etilgan mahsulotlarni ko'zdan kechirib, ularning hulosasiga ko'ra kuyidagilar g'olib deb topildi:
Sanoat sohasida – “Yilning eng yaxshi tadbirkori” nominatsiyasi buyicha I o'rinni Toshkent shahrida faoliyat ko'rsatayotgan “Original Textile and print” MCHJ;
Xizmat ko'rsatish sohasida – “Yilning eng yaxshi tadbirkori” nominatsiyasi buyicha I o'rinni Toshkent shahrida faoliyat ko'rsatayotgan “AKFA Medline” tibbiyot markazi;
“Yilning eng yaxshi yosh tadbirkori” nominatsiyasi buyicha I o'rinni "Ravshan Yodik Productions MCHJ;
“Yilning eng yaxshi hunarmandi” yo'nalishida I o'rinni Asaka tumanida faoliyat ko'rsatayotgan YATT Isxaqova Nasiba ko'rik-tanlovning respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritishdi.
O'z SSP Axborot xizmati
13.06.2019
12:12