• RIVAL168
  • Sabung Ayam Online
  • Slot Online
  • Slot Bank Bri
  • Slot Bank Mandiri
  • Slot Bank Seabank
  • Slot Bank Bca
  • Slot Bank Bni
  • Slot Dana
  • Slot Ovo
  • Slot Linkaja
  • DeraDer4
  • Link DeraDer4
  • Sleep DeraDer4
  • MMORPG DeraDer4
  • gacor
  • gunchang menang
  • slot gacor
  • anime
  • anime baru
  • anime overpower
  • anime sekolah
  • baju sepasang
  • baju korea
  • make up
  • facewash
  • baju sepasang
  • baju raya
  • Slot 2025
  • Slot bagus 2025
  • Slot bagus 2024
  • O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi
    6.02.24

    Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi bo'yicha navbatdagi seminar bo'lib o'tdi

    6.02.24

    O‘zbekiston-Belarus ishbilarmonlar kengashining 3-yig‘ilishi

    1.02.24

    Gulistonda tadbirkorlar uchun viloyat hokimining navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi

    1.02.24

    Kanadaning O'zbekistonga yangi tayinlangan elchisi Alan Hemson o'rtasida uchrashuv

    31.01.24

    “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini” joriy etish bo'yicha seminar-trening

    23.01.17

    O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

    20.01.17

    Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

    10.05.16

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    11.12.15

    Rossiya Federatsiyasi

    11.12.15

    Ukraina

    O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida matbuot anjumani tashkil etildi.

    Mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish, to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va biznesni yuritish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, tadbirkorlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishning huquqiy kafolatlarini mustahkamlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

    Xususan, amalga oshirilayotgan ishlarning mantiqiy davomi sifatida Prezidentimizning 2019 yil 14 maydagi “Tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-5718-son Farmoni  bilan tadbirkorlar, shu jumladan xorijiy investorlarning murojaatlari bilan ishlashning alohida tartibi o'rnatildi, har bir murojaatning harakatlanishini ko'rish va tahlil qilish imkonini beruvchi yagona elektron tizim joriy etildi. Murojaatlarni qayd etish yagona platformasi (business.gov.uz) joriy yil 1 iyun kunidan ishga tushirildi.

    Farmon talablariga ko'ra, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida hamda tuman (shahar)larda “Davlat xizmatlari markazlari”dan joy ajratilib,
    Bosh vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini ko'rib chiqish qabulxonalari tashkil etildi, shtatlar birligi bo'yicha kadrlar, orgtexnika, mebel, aloqa vositalari, internet tarmoqlari va boshqa zaruriy jihozlar bilan ta'minlandi.

    Tizimda ko'zda tutilgandek, tadbirkorlar Bosh Vazirga bevosita joylardagi Qabulxonalar, Internet saxifa (business.gov.uz), shuningdek Savdo-sanoat palatasi Call Center (1100) xizmatiga qo'ng'iroq qilish orqali murojaat etishlariga imkon yaratildi.

    Barcha kelib tushgan murojaatlar yagona murojaatlar portali ma'lumotlar bazasida jamlanadi va murojaatda ko'rsatilgan masalalarni ko'rib chiqish, taxlil qilish va hal qilish uchun tegishli vakolatli xodimlar, tashkilot va davlat organlariga yo'naltiriladi. Mas'ul idoralar tomonidan murojaatlar qisqa (2 kun) va o'rta (7 kun) muddatlarda ko'rib chiqilmoqda.

    Farmonning mazmun-mohiyatini targ'ib qilish va mavjud muammolarni o'rganish maqsadida Savdo-sanoat palatasi raisi va Adliya vaziri rahbarligida bevosita tadbirkorlik masalalariga dahldor 51 ta vazirlik, idora va tashkilot mutasaddilaridan iborat ikkita respublika Ishchi guruhi va hududiy Ishchi guruhlar shakllantirilib, ular tomonidan 1-23 iyun kunlari respublikamizning barcha tuman va shaxarlarida tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o'tkazildi.

    Xususan, Savdo-sanoat palatasi raisi rahbarligidagi respublika Ishchi guruhi tomonidan Palataga biriktirilgan 7 ta hududda o'tkazilgan uchrashuvlarda 5 877 nafar tadbirkor (Surxondaryoda 680, Qashqadaryoda 414, Andijonda 717, Namanganda 456, Farg'onada 488, Toshkentda 1 808, Samarqandda 1014) ishtirok etdi.

    Uchrashuvlarda tadbirkorlarga Farmonning mazmun mohiyati prezentatsiya materiallari bilan tushuntirildi hamda faoliyatida yuzaga kelayotgan muammoli masalalari ochiq muloqot tarzda o'rganildi.

    Uchrashuvlarda 1 652 nafar tadbirkor tomonidan jami 1 658 ta (Surxondaryoda 237, Qashqadaryoda 295, Andijonda 98, Namanganda 85, Farg'onada 70, Toshkentda 557, Samarqandda 316) muammolar ko'tarilib, shundan:

    • 635 tasi (Surxondaryoda 70, Qashqadaryoda 128, Andijonda 75, Namanganda 36, Farg'onada 24, Toshkentda 187, Samarqandda 115) yoki 38.3 foizi tuman (shahar) darajasidagi;
    • 740 tasi (Surxondaryoda 126, Qashqadaryoda 96, Andijonda 15, Namanganda 44, Farg'onada 28, Toshkentda 315, Samarqandda 116) yoki 44.6 foizi viloyat darajasidagi;
    • 283 tasi (Surxondaryoda 41, Qashqadaryoda 71, Andijonda 8, Namanganda 5, Farg'onada 18, Toshkentda 55, Samarqandda 85) yoki 17.1 foizi respublika darajasida hal etiladigan masalalar ekanligi qayd etildi.

    Tadbirkorlar tomonidan ko'tarilgan muammolar tahliliga kura:

    • 757 tasi (Surxondaryoda 133, Qashqadaryoda 189, Andijonda 57, Namanganda 32, Farg'onada 22, Toshkentda 149, Samarqandda 175) yoki 45.6 foizi – bank, moliya, garov ta'minoti;
    • 330 tasi (Surxondaryoda 64, Qashqadaryoda 43, Andijonda 34, Namanganda 32, Farg'onada 17, Toshkentda 99, Samarqandda 41) yoki 20,0 foizi – yer va bino-inshoot ajratish;
    • 187 tasi (Surxondaryoda 8, Qashqadaryoda 9, Namanganda 3, Farg'onada 2, Toshkentda 149, Samarqandda 16) yoki 11.2 foizi – kommunal tizimga ulanish, arxitektura va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish;
    • 72 tasi (Surxondaryoda 13, Qashqadaryoda 13, Andijonda 1, Namanganda 6, Farg'onada 2, Toshkentda 24, Samarqandda 13) yoki 4.3 foizi – ruxsatnoma va litsenziya olish;
    • 48 tasi (Qashqadaryoda 5, Namanganda 3, Farg'onada 3, Toshkentda 37) yoki 2.9 foizi – mulkni rasmiylashtirish;
    • 20 tasi (Surxondaryoda 7, Qashqadaryoda 1, Namanganda 1, Farg'onada 1, Toshkentda 2, Samarqandda 8) yoki 1.2 foizi – xom-ashyo resurslariga ega bo'lish;
    • 16 tasi (Surxondaryoda 5, Andijonda 5, Farg'onada 5, Samarqandda 1) yoki 1,0 foizi – mansabdor shaxslarning harakati (harakatsizligi) ustidan shikoyat;
    • 228 tasi (Surxondaryoda 7, Qashqadaryoda 35, Andijonda 1, Namanganda 8, Farg'onada 18, Toshkentda 97, Samarqandda 62) yoki 13.8 foizi - boshqa masalalar tashkil etdi.

    Tadbirkorlar tomonidan ko'tarilayotgan barcha masalalar Bosh vazir Qabulxonasi yagona elektron tizimiga (business.gov.uz) kiritilib, belgilangan tartibda nazorati o'ranatilib, hal etilmoqda.

    O'z SSP Axborot xizmati 
     

    26.06.2019

    18:36

    Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
    x

    Savollar bering

    Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

    +998(78) 150-60-06