• RIVAL168
  • Sabung Ayam Online
  • Slot Online
  • Slot Bank Bri
  • Slot Bank Mandiri
  • Slot Bank Seabank
  • Slot Bank Bca
  • Slot Bank Bni
  • Slot Dana
  • Slot Ovo
  • Slot Linkaja
  • DeraDer4
  • Link DeraDer4
  • Sleep DeraDer4
  • MMORPG DeraDer4
  • gacor
  • gunchang menang
  • slot gacor
  • anime
  • anime baru
  • anime overpower
  • anime sekolah
  • baju sepasang
  • baju korea
  • make up
  • facewash
  • baju sepasang
  • baju raya
  • Slot 2025
  • Slot bagus 2025
  • Slot bagus 2024
  • O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi
    6.02.24

    Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi bo'yicha navbatdagi seminar bo'lib o'tdi

    6.02.24

    O‘zbekiston-Belarus ishbilarmonlar kengashining 3-yig‘ilishi

    1.02.24

    Gulistonda tadbirkorlar uchun viloyat hokimining navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi

    1.02.24

    Kanadaning O'zbekistonga yangi tayinlangan elchisi Alan Hemson o'rtasida uchrashuv

    31.01.24

    “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini” joriy etish bo'yicha seminar-trening

    23.01.17

    O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

    20.01.17

    Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

    10.05.16

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    11.12.15

    Rossiya Federatsiyasi

    11.12.15

    Ukraina

    Energiya resurslari va ichimlik suvidan oqilona foydalanish – farovon turmush poydevori garovi

    Mamlakatimizda yanada qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, iqtisodiyotning investitsion jozibadorligini oshirish, soliq ma'murchiligini soddalashtirish, tadbirkorlarning tashqi iqtisodiy faoliyatga keng jalb qilish, mahalliy maxsulotlarni jaxon bozoriga chiqishiga ko'maklashish, ichki va tashqi investitsiyalarni jalb qilish borasida O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan o'z vakolatlari doirasida keng chora-tadbirlar izchil ravishda olib borilmoqda.

    Bugungi kunda O'zbekiston jahonga ochildi, biznes-muxitni yaxshilash bo'yicha mustaxkam huqukiy poydevor yaratilmoqda, faol xorijiy investitsiyalar jalb qilinmoqda. Mazkur investitsiyalar to'g'ri va to'lik o'zlashtirilishi, mamlakatimiz jahon xamjamiyatida o'zining munosib o'rnini egallashini ta'minlash uchun biznes xamjamiyati o'rtasida qonunbuzarliklar, birinchi navbatda jinoyatlar sodir etilishini oldini olish zarur va biznes bunday illatdan xoli bo'lishi shart.

    Olib borilayotgan barcha say'i-harakatlar biznes qonuniy, xalol va shaffof bo'lishligiga qaratilgan. O'tkazilgan tahlillar shuni ko'rsatmoqdaki, qonunbuzarliklarning aksariyati tadbirkorlar tomonidan qonun talablarini bilmagan holda sodir etilmoqda.

    Qonunbuzarliklarga baxo berishdan avval davlat va tadbirkorlar o'rtasidagi munosabatlarga aloxida e'tibor qaratish lozim, ya'ni ayrim xolatlarda tadbirkorning o'zi o'z maqsadlariga tez va oson erishish uchun davlat organlari vakillari bilan noqonuniy aloqalarga kirishishga xarakat qiladi, davlat organlari mansabdor shaxslariga yo'l qidiradi.

    Ikkinchisi - davlat organlari tadbirkorlarni noqonuniy munosabatlarga kirishishga majbur qiladi. Shuning uchun qonunchilikda har ikkala tomonga xam javobgarlik belgilab qo'yilgan.

    Energiya resurslari va suvdan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun MJtKning 101 va 163-moddalari hamda JKning 185-2 moddasida javobgarlik belgilangan.

    Hozirgi vaqtda O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi, huquqni muxofaza qiluvchi va nazorat organlari o'rtasida yaqin hamkorlik o'rnatilgan bo'lib, ular tomonidan aniqlangan tadbirkorlik sohasidagi huquqbuzarliklar to'g'risidagi statistik ma'lumotlar hamda ularning sabablari va sodir etilishiga imkon yaratayotgan shart-sharoitlari to'g'risidagi tahliliy ma'lumotlar tizimli ravishda Palataga taqdim etilib kelinmoqda.

    O'z navbatida Palata tomonidan mazkur ma'lumotlar umumlashtirilib, Palataning veb-sayti, tadbirkorlar bilan o'tkazilayotgan uchrashuvlar, seminarlar, boshqa ommaviy tadbirlar hamda ommaviy axborot vositalari orqali tadbirkorlik hamjamiyati e'tiboriga yetkazib kelinmoqda.

    Savdo-sanoat palatasi tomonidan huquqni muxofaza qiluvchi organlardan ma'lumotlar olinib, tadbirkorlar tomonidan energiya resurslaridan foydalanishi va qonunga rioya etilishi ahvoli tahlil qilindi. Tahlillar shuni ko'rsatmoqdaki, ba'zi bir tadbirkorlar mazkur sohani tartibga soladigan qonun hujjatlari mazmun-mohiyatini yetarli darajada tushunib yetmay yoki qasddan ularni mensimasdan buzishga yoki noqonuniy munosabatlarga kirishib, aylanib o'tishga urinmoqdalar.

    O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tomonidan energiya resurslari va suvdan oqilona foydalanishni ta'minlash, ushbu yo'nalishdagi qonunbuzarliklarni aniqlash va ularga chek qo'yish borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.

    Majburiy ijro Byuro tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlarga asosan, Byuro va uning hududiy bo'linmalari tomonidan 2018 yil mobaynida tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan energiya resurslari va suvdan noqonuniy foydalanishga oid 5048 ta qonunbuzarlik holatlari va ular oqibatida 29773,3 mln. so'mlik zarar yetkazilganligi aniqlangan va shundan 17975,9 mln. so'mi (60,4%) undirilgan.

    Aniqlangan qonunbuzarlik holatlari tadbirkorlik sub'ektlari kesimida tahlil qilinganda, MCHJ (1525 ta yoki 30,2%, zarar 16382,1 mln. so'm) YATT (1264 ta yoki 25,0%; zarar 3029,1 mln. so'm) fermer xo'jaliklari (971 ta yoki 19,2%; zarar 4320,1 mln. so'm) xususiy korxonalar (560 ta yoki 11,1%; zarar 12521,2 mln.so'm), AJ (73 ta yoki 1,4%; zarar 546,5 mln.so'm), dehqon xo'jaliklari (33ta yoki 0,8%, zarar 395,6 mln.so'm), boshqa sub'ektlar (622 ta yoki 12,3%; zarar 2578,4 mln.so'm) hissasiga to'g'ri keldi.

    Qonunbuzarlik holatlari viloyatlar kesimida tahlil qilinganda, ularning 33% Farg'ona vodiysi viloyatlarida (1663 ta), 21,4% Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida (1078 ta), 15,3% Toshkent shahri va Toshkent viloyatlarida (770 ta), 13% Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida (652 ta), qolganlari boshqa viloyatlarda sodir etilgan.

    Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida aksariyat qonunbuzarliklar MCHJlar, Jizzax, Navoiy, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpog'istonda – fermer xo'jaliklari, Farg'ona, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida YATTlar tomonidan sodir etilgan.

    Yuqorida aniqlangan holatlar yuzasidan qonuniy qarorlar qabul qilinishi ta'minlangan, jumladan tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan energiya resurslari va suvdan noqonuniy foydalanib kelganlik holatlari bo'yicha JKning 185-2-moddasi (“Elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodopro-voddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan 96 ta jinoyat ishi, MJtKning 101 (Elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzish) va 163-moddasi (Vodoprovod, kanalizatsiya tarmoqlaridan foydalanish qoidalarini buzish) bilan 4797 ta ma'muriy huquqbuzarlikka doir ishlar qo'zg'atilgan hamda jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaruvchi 155 ta holatda yetkazilgan moddiy zarar to'liq qoplanganligi sababli JPKning 84-moddasi 1-qismi 8-bandiga asosan jinoyat ishini qo'zg'atishni rad etish haqida qaror qabul qilingan.

    Sodir etilgan qonunbuzarliklarni kelib chiqish sabablari tahlil qilinganda, ular tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan qonun hujjatlari mazmun-mohiyati yetarlicha tushunib yetilmaganligi bois ularga amal qilinmaganligi, qonunbuzarliklarning  aksariyat qismi iste'mol qilingan elektr energiyasi, suv va gaz hajmini kamaytirib ko'rsatish maqsadida hisoblagichlarga tashqi ta'sir ko'rsatish, ta'minotchi bilan shartnoma tuzmasdan o'zboshimchalik bilan foydalanish, hisoblagichni aylanib o'tib tizimga to'g'ridan to'g'ri ulanib olish, elektron hisoblagichlar xotirasiga maxsus kompyuter dasturi orqali ta'sir o'tkazish yo'llari bilan sodir etilganini ko'rish mumkin. 

    Xususan, qonunbuzarliklar: 

    - MCHJlar tomonidan energiya resurslari va suvdan foydalanish qoidalariga amal qilmaslik, turli yo'llar orqali energiya resurslarini ko'pincha ko'z bilan ko'rib bo'lmaydigan murakkab sxemali tarmoqqa ulanish orqali talon-toroj qilib, to'lovlarni kam miqdorda to'lash maqsadida;       

    - YATTlar tomonidan energiya resurslari va suvdan foydalanish qoidalariga amal qilmaslik, shartnoma tuzmasdan o'zboshimchalik bilan tarmoqlarga ulanish oqibatida, umuman to'lovlarni to'lashdan bosh tortish va ko'proq daromad olish maqsadida;  

    - fermer xo'jaliklari tomonidan asosan mavsumiy davrlarda foydalanilgan energiya resurslari uchun to'lashdan bosh tortish maqsadida ro'yxatdan o'tmagan hisoblagichlardan foydalanish yo'li bilan;

    - Aksionerlik jamiyatlari tomonidan ta'minotchi korxonalar tomonidan yetarli darajada tushuntirish ishlari olib borilmaganligi hamda o'z xizmat vazifalarini lozim darajada bajarmaganligi oqibatida sodir etilgan.         

    Energiya resurslari va suvdan foydalanish sohasida qonunbuzilish xolatlarining oldini olish va ularga chek qo'yish uchun ushbu yo'nalishda eng avvalo profilaktika ishlarini to'g'ri tashkil qilib tizimli ravishda olib borish muxim ahamiyat kasb etadi.

    Birinchi navbatda fuqarolar ongida maktabgacha ta'lim muassasalaridan boshlab xalqimizning bebaxo boyligi bo'lmish tabiiy gaz, elektr va issiqlik energiyasi, ichimlik suvi inson hayotida qanday o'rin tutishi, ularni iste'molga tayyor holatga keltirishda qanchadan qancha insonlar mexnati singishi, ushbu tabiiy boyliklarimiz bugungi va kelgusi avlodlarning munosib hayot kechirishida ahamiyatini chuqur anglab yetish tuyg'usini singdirish, ulardan tejamkorlik bilan foydalanish madaniyatini shakllantirish zarur;

    Ikkinchidan, o'quv va mehnat jamoalarida mazkur mavzuga bag'ishlangan targ'ibot-tashviqot ishlarini keng olib borish, ko'rgazmali materiallar, videoroliklarni ishlab chiqarish ishlarini jonlantirish maqsadga muvofiq;

    Uchinchidan, ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan foydalangan holda shu toifadagi aniqlangan qonunbuzarliklar tafsilotlari, ularni sodir etgan shaxslar va buning salbiy oqibatlari haqidagi ma'lumotlarni keng jamoatchilik e'tiboriga yetkazib borish.

     

    O'z SSP Axborot xizmati 


     

    28.06.2019

    11:23

    Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
    x

    Savollar bering

    Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

    +998(78) 150-60-06