O'zbekiston Yoshlar ittifoqining “Yoshlar Press-klubi”da ochiq davra suhbati bo'lib o'tdi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenting 2019 yil 27 iyundagi “Soliq va bojxona imtiyozlari berilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Farmonning mazmun mohiyati hamda soliq to'lash sohasidagi o'zgarishlarni tadbirkorlik sub'ektlariga yetkazish maqsadida 2019 yilning 11 iyul kuni O'zbekiston Yoshlar ittifoqining “Yoshlar Press-klubi”da ochiq davra suhbati bo'lib o'tdi.
Ochiq davra suxbatida O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi, O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi, Toshkent shahar hokimligi, Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasi, Markaziy bank Toshkent shahar bosh boshqarmasi, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi rahbar xodimlari va tuman hokimlarining birinchi o'rinbosarlari, tuman Davlat soliq inspeksiyasi mas'ul xodimlari va shu bilan birga faol tadbirkorlik sub'ektlari ishtirok etdilar.
Ochiq muloqot davomida mutasaddi tashkilotlar tomonidan mazkur Farmonning asosiy mazmun mohiyati mamlakatimizda raqobatbardosh ishlab chiqarishni rag'batlantirish, tadbirkorlikni va sog'lom raqobat muhitini qo'llab-quvvatlash, mamlakatning eksport salohiyatini kengaytirish va rag'batlantirish hamda ichki bozorni sifatli iste'mol tovarlari bilan ta'minlashga yo'naltirilgan soliqqa tortish va bojxona-tarif tizimini tartibga solishning samarali tizimini shakllantirishga qaratilgan bir qator mavzularga to'xtalib o'tdilar hamda tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi.
O'z SSP Axborot xizmati
11.07.2019
18:35