• RIVAL168
  • Sabung Ayam Online
  • Slot Online
  • Slot Bank Bri
  • Slot Bank Mandiri
  • Slot Bank Seabank
  • Slot Bank Bca
  • Slot Bank Bni
  • Slot Dana
  • Slot Ovo
  • Slot Linkaja
  • DeraDer4
  • Link DeraDer4
  • Sleep DeraDer4
  • MMORPG DeraDer4
  • gacor
  • gunchang menang
  • slot gacor
  • anime
  • anime baru
  • anime overpower
  • anime sekolah
  • baju sepasang
  • baju korea
  • make up
  • facewash
  • baju sepasang
  • baju raya
  • Slot 2025
  • Slot bagus 2025
  • Slot bagus 2024
  • O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi
    6.02.24

    Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi bo'yicha navbatdagi seminar bo'lib o'tdi

    6.02.24

    O‘zbekiston-Belarus ishbilarmonlar kengashining 3-yig‘ilishi

    1.02.24

    Gulistonda tadbirkorlar uchun viloyat hokimining navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi

    1.02.24

    Kanadaning O'zbekistonga yangi tayinlangan elchisi Alan Hemson o'rtasida uchrashuv

    31.01.24

    “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini” joriy etish bo'yicha seminar-trening

    23.01.17

    O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

    20.01.17

    Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

    10.05.16

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    11.12.15

    Rossiya Federatsiyasi

    11.12.15

    Ukraina

    Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilishning dolzarb masalalari

    2019 yil 16 iyulda O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi yuridik xizmati xodimlari, Hakamlik sudi sudyalari, hududiy boshqarmalari boshliqlarining yuridik masalalar bo'yicha o'rinbosarlari, sektor mudirlari Hakamlik sudlari raislari, boshqarma va bo'lim boshliqlari ishtirokida tadbirkorlik sub'ektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning dolzarb masalalariga bag'ishlangan videokonferensiya bo'lib o'tdi.

    Yig'ilishni O'z SSP raisining birinchi o'rinbosari Islom Jasimov ochib, Palataning eng muhim vazifalaridan biri unga a'zo bo'lgan tadbirkorlik sub'ektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish ekanligini ta'kidladi hamda bu borada amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalarga batafsil to'xtaldi.

    O'z SSP huzuridagi Hakamlik sudining raisi Foziljon Otaxonov  Hakamlik sudlarining 2019 yil 6 oydagi faoliyati yakunlari va Hakamlik sudlari oldida turgan dolzarb masalalar to'g'risida ma'ruza qildi.

    O'z SSP va uning hududiy boshqarmalari huzurida tashkil qilingan Hakamlik sudlari tomonidan muayyan ishlar ishlar amalga oshirilgan.
    Birinchidan, Hakamlik sudlari o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasining “Hakamlik sudlari to'g'risida”gi Qonuni talablaridan kelib chiqqan holda O'zR SSP Ijroiya qo'mitasi va uning hududiy boshqarmalari boshliqlari tomonidan tasdiqlangan doimiy faoliyat ko'rsatuvchi hakamlik sudlarining qoidalari - doimiy faoliyat ko'rsatuvchi Hakamlik sudining nizomi va reglamenti, shuningdek hakamlik yig'imi to'g'risidagi nizomlar asosida va korrupsiyaga yo'l qo'ymagan xolda  yuritayotganligini ta'kidlash lozim. 

    Ikkinchidan, hozirgi kundaO'z SSP va uning hududiy boshqarmalari huzurida tashkil qilingan 15 ta Hakamlik sudlarining sudyalari ro'yxatiga 146 ta yuqori malakali mutaxassislar kiritilgan bo'lib, ulardan 6 tasi yuridik fanlari doktori, professor, 6 tasi yuridik fanlari nomzodi, dotsent, 2 tasi iqtisod fanlari nomzodi, dotsentdir.

    Uchinchidan, so'nggi yillarda Palata rahbariyati va Ijroiya qo'mitasi tomonidan Hakamlik sudlari faoliyatini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. 2017-2019 yillar mobaynida O'zR SSP Ijroiya qo'mitasi tomonidan Palata tizimidagi Hakamlik sudlari faoliyatiga oid 9 ta qaror qabul qilinganligi bunga yaqqol misol bo'la oladi. 

    To'rtinchidan, O'zR SSP Ijroiya qo'mitasining qarori bilan tadbirkorlik sub'ektlari huquqiy himoyasini kuchaytirish, nizolarni hal qilishning muqobil usullaridan keng foydalanish, palata a'zolari va xodimlarning bu boradagi huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida Palata tizimida har oyning so'nggi seshanba kuni "Hakamlik sudi" kuni munosabati bilan tasdiqlangan reja asosida videokonferensiyalar o'tkazilmoqda. Unda nafaqat Hakamlik sudlari raislari va xodimlari, balki O'zR SSP Raisining o'rinbosarlari, hududiy boshqarmalar boshliqlari ham ishtirok etayotganligi ijobiy natija bermoqda.

    Beshinchidan, Hakamlik sudlarining raislari va sudyalari  joriy yilning o'tgan 6 oyi mobaynida 400 dan ortiq xalqaro, respublika, viloyat miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumanlarda ma'ruzalar bilan ishtirok etdilar, ularning 35 dan ortiq maqolalari gazeta va jurnallarda, ilmiy-amaliy konferensiyalar materiallari to'plamlarida va internet nashrlarda chop etildi hamda ular 15 dan ortiq radio eshittirishlar, 10 dan ortiq teleko'rsatuvlarda ishtirok etdilar. Shuningdek hakamlik sudyalari tomonidan tadbirkorlik sub'ektlarida turli uchrashuvlar tashkil qilinmoqda va ularda Hakamlik sudi orqali nizolarni hal qilishning afzalliklari tushuntirilmoqda, bukletlar manfaatdor tashkilotlar rahbarlari va yuridik xizmat xodimlariga tarqatilmoqda.

    Hakamlik sudlari faoliyatini tizimli ravishda muvofiqlashtirish va keng ko'lamli huquqiy targ'ibot ishlari amalga oshirilayotganligi, shuningdek,  Palata a'zolari bo'lgan tadbirkorlik sub'ektlariga yaratilgan imtiyozlar natijasida Hakamlik sudlariga da'vo arizalari bilan murojaatlar soni yildan yilga ko'payib bormoqda. 

    Masalan, O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boshqarmalari huzurida tashkil qilingan Hakamlik sudlari tomonidan 2007-2019 (6 oyi) yillar mobaynida  jami 22058 ta ishlar ko'rilgan bo'lib, da'vo summasi 764,5 mlrd. so'm, 55,6 mln. AQSH dollari, 195,1 ming Yevroni tashkil qilgan.

    Mazkur Hakamlik sudlari tomonidan 2017 - 2019 yillar (6 oyi) mobaynida jami 14077 ta ishlar ko'rilgan bo'lib, da'vo summasi 375,2 mlrd. so'm, 12,9 mln. AQSH dollari, 875 ming Yevroni  tashkil qilgan. Bu 2007 - 2016 yillar davomida ko'rilgan (7981 ta) ishlarga nisbatan deyarli 2 baravar ko'p demakdir.

    2019 yilning 1-yarim yilligi mobaynida Hakamlik sudlari tomonidan  4765 ta ishlar ko'rilgan bo'lib, da'vo summasi 93,2 mlrd. so'm, 482,7 ming AQSH dollari va 875 ming Yevroni tashkil qilgan. Bu 2018 yil 1-yarim yilida ko'rilgan ishlar soniga nisbatan 2384 taga ko'pdir.

    Ayniqsa, bu borada O'zR SSP Qashqadaryo (1481 ta ish ko'rilgan - Hakamlik sudi raisi S.Karimov), Sirdaryo (738 ta - Hakamlik sudi raisi S.Rasulov), Namangan (368 ta - Hakamlik sudi raisi R.Inomov) viloyatlari hududiy boshqarmalari huzuridagi Hakamlik sudlari ijobiy natijalarga erishganlar.

    Yig'ilishda Savdo-sanoat palatasi tizimidagi Hakamlik sudlari faoliyatini takomillashtirish maqsadida «Hakamlik sudlari faoliyatini muvofiqlash kengashi»ni tuzish hamda Hakamlik sudlarining  Nizomi va Regamentini birxillashtirish choralari ko'rish hamda uni amalga oshirish maqsadida Namunaviy nizom va Reglament loyihalarini tayyorlash va SSP Ijroiya qo'mitasi tasdig'iga kiritish masalalari muhokama qilindi hamda ishtirokchilar tomonidan ma'qullandi.

    Kun tartibidagi masala yuzasidan yig'ilish qatnashchilari o'z fikr-mulohazalarini bildirib, Hakamlik sudlari faoliyatini rivojlanishiga to'siq bo'layotgan muammolar haqida to'xtaldilar va ularni bartaraf qilish bo'yicha taklif va tavsiyalarini berdilar.

    Tadbir kun tartibining ikkinchi masalasi yuzasidan Palataning Tadbirkorlik sub'ektlari xuquqlarini himoya qilish boshqarmasi boshlig'i U.Abduxafizov so'z olib, Palata a'zolarining huquq va qonuniy manfaatlarini sudlarda himoya qilish yo'nalishi bo'yicha umumiy axborot berib o'tdi. Jumladan,

    2019 yilning birinchi yarim yilligi davomida Palata Ijroiya Qo'mitasi va hududiy tuzilmalari tomonidan Palata a'zolari manfaatida jami 33 436 ta holatda umumiy summasi 2 trln. 883 mlrd. so'mga teng bo'lgan da'vo arizalari kiritilgan.

    Shundan, 25 458 ta holatda to'liq qanoatlantirilgan, 136 ta holatda qanoatlantirish rad etilgan, 623 ta holatda da'vo arizalar ko'rmasdan qoldirilgan.

    Ushbu ko'rsatkichlarning sudlarga taalluqligi yuzasidan taqsimlanganda, jumladan:

    - 23 258 ta holatda Iqtisodiy sudlar;

    - 10 103 ta xolatda Fuqarolik sudlar;

    - 75 ta holatda Ma'muriy sudlar xissasiga to'g'ri keladi.

    Shu bilan birga, 793 ta holatda tadbirkorlik sub'ektlari o'rtasida vujudga kelgan nizolar sudgacha nizoni hal etish jarayonida hal etilgan.

    Huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning tegishli qaror va hukmlari yuzasidan kelib chiqqan noroziliklar bo'yicha 24 ta holatda muammoli masalalari yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Oliy sudiga nazorat tartibida protest kiritilishi to'g'risida iltimosnomalar yuborilgan.

    Davlat tashkilotlariga nisbatan hamda ular tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar ustidan 171 ta holatda sudlarga da'vo arizasi kiritilgan bo'lib, tadbirkorlik sub'ektlarining qonuniy manfaatlari himoya qilingan.

    Shu bilan birga, O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining 2019 yil 15 mart kunidagi “45A”-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik sub'ektlarning huquq va qonuniy manfaatlarini sudlarda himoya qilishni ta'minlash to'g'risida”gi Yo'riqnomaga ko'ra, Palata Ijroiya Qo'mitasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan Palata a'zolari manfaatlarini ko'zlab sudlarga da'vo ariza kiritishdan oldin da'vo talablariga asos bo'lgan holatlar to'liq va har tomonlama puxta o'rganilib hamda xar bir da'vo ishi bo'yicha taraflar o'rtasida sudgacha yarashtiruv jarayoni o'tkazilib, sudlarga qonuniy va asosli da'vo arizalar kiritilishi belgilangan.

    Mazkur buyruq bilan tasdiqlangan Yo'riqnomaning chiqarilishi ungacha amalda bo'lgan 25.06.2014 yildagi 124-F sonli buyruq talablarini yanada soddalashtirilishiga va tubdan o'zgartilishiga olib keldi hamda Palataning a'zolari manfaatida sudlarga da'volarning kiritilish mehanizmlari takomillashtirildi.

    Tadbirda yangi ishlab chiqilgan Yo'riqnomaning mazmun-mohiyati ishtirokchilarga atroflicha tushuntirildi. Ta'kidlash lozimki, ushbu Yo'riqnomaning qabul qilinishi sudlarda tadbirkorlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida Palataning faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

    Bo'lib o'tgan tadbirda O'z SSP hududiy boshqarmalari tadbirkorlar tomonidan sodir etilayotgan qonunbuzarliklarning kelib chiqish sabablarini o'rganishi va korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha olib borilayotgan ishlari tanqidiy muhokama etilib, kelgusida ushbu kamchilikka yo'l qo'ymasligi, qonunbuzarlikka yo'l qo'ygan taqdirda javobgarlik muqarrarligi to'g'risida tadbirkorlarga tushintirish ishlarini olib borish vazifalari belgilab berildi.

    Shuningdek, tadbir davomida O'z SSP hududiy boshqarma xodimlariga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi “O'zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-5729 sonli Farmonining mazmun-mohiyati va “2019-2020 yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish Davlat dasturi”da belgilangan vazifalarni o'z vaqtida va sifatli ijro etilishi tushuntirildi.

    Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha stambul harakatlar rejasining to'rtinchi raundi doirasida Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari uchun OESR tarmog'i tomonidan (Iqtisodiy xamkorlik va rivojlanish tashkiloti) O'zbekistonda xalol biznes yuritish masalasi yuzasidan monitoring o'tkazilganligi va natijalari O'z SSP tomonidan tahlil qilinganligi va qo'yilgan savollarga javob berilganligi to'g'risida ma'lumotlar berildi.

    Joriy yilda respublikaning barcha mintaqalarida tadbirkorlik sub'ektlari uchun ular tomonidan sodir etilishi mumkin bo'lgan huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha Bosh prokuratura, DSQ, DBQ hamda Bandlik va mexnat munosabatlari vazirligi bilan hamkorlikda o'tkaziladigan ochik seminarlar Reja jadvali ishlab chiqilib tasdiqlanganligi va ushbu ochik seminarlar joylarda sifatli o'tishi bo'yicha hududiy boshqarma xodimlari ogohlantirildi.

    Bosh prokuratura, O'z SSP rahbariyati va YEXHT loyihasining O'zbekistondagi bosh koordinatori o'rtasida 2019 yil 22 aprel kuni ishchi guruhining yig'ilishi o'tkazilib, unda joriy yilda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar to'g'risida ma'lumotlar berildi.

    Tadbir davomida, mazkur yo'nalishdagi faoliyatlarida ayrim viloyatlarning xududiy boshqarmalari tomonidan yo'l qo'yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etilishi yuzasidan tegishli choralar belgilanib olindi.

     

    O'z SSP Axborot xizmati

     

    17.07.2019

    17:41

    Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
    x

    Savollar bering

    Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

    +998(78) 150-60-06