Tadbirkorning muammoasi o'z yechimini topmoqda.
O'zbekiston Savdo-sanoat palatasiga Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi, Palata a'zosi “GRAND DUET” MCHJ O'zbekiston-Birlashgan Arab Amirligi qo'shma korxonasi rahbari SH.Sabirov, murojaat qildi.
Murojaatni ko'rib chiqish jarayonida quyidagilar ma'lum bo'ldi.
“GRAND DUET” MCHJ qo'shma korxonasi Toshkent shahar, Shayxontoxur tumani, Olmazor ko'chasi, 19-uyda 2003 yildan buyon aholiga zamonaviy biznes markazi sifatida xizmat qilgan. Biroq, “Tashkent City” barpo etilishi munosabati bilan “GRAND DUET” MCHJga qarashli ko'chmas mulk ob'ekti buzilishga tushgan.
Toshkent shahar hokimiyatiga “GRAND DUET” qo'shma korxonasi bilan kelishilgan xolda, “EZIDIYOR” restorani binosi buzilishi hududdiga tushganligi inobatga olinib, Mirzo Ulug'bek tumani, Buyuk Ipak Yo'li ko'chasi, 115-uy manzilida joylashgan “Sayohat” restorani binosini qonunchilikda belgilangan tartibda Qo'shma korxona tasarrufiga topshirishi lozim edi.
Biroq, bu kelishuv amalga oshmagani sabab, tadbirkor faoliyatini to'xtatishiga va yuzlab ishchilarni ishdan bo'shatishga majbur bo'lgan.
Mazkur holat yuzasidan 2019 yil fevral oyida O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan “GRAND DUET” qo'shma korxonasining huquq va qonuniy manfaatlarini ta'minlanishi maqsadida Chilonzor tuman Ma'muriy sudiga Mirzo Ulug'bek tumanida joylashgan “Sayohat” restorani binosini “GRAND DUET” MCHJ qo'shma korxonasi tasarrufiga o'rnatilgan tartibda topshirish to'g'risida da'vo ariza bilan murojaat qilgan.
Chilonzor tuman Ma'muriy sudining 2019 yil 16 maydagi hal qiluv qaroriga asosan, O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan Palata a'zosi “GRAND DUET” qo'shma korxonasi manfaatida kiritilgan da'vo arizasi to'liq qanoatlantirilgan.
Mazkur xal qiluv qarori ijrosi amalda ta'minlangan takdirdagina, tadbirkorning qonuniy manfaatlari to'liq ximoya qilingan deya olamiz.
O'z SSP Axborot xizmati
23.07.2019
18:23