Savdo-sanoat palatasi tizimida tadbirkorlik sub'ektlarining murojaatlarini ko'rib chiqish va hal etish
O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi faoliyatining asosiy yo'nalishlaridan biri - bu tadbirkorlik sub'ektlarining murojaatlarini ko'rib chiqish va hal etish hisoblanadi.
Bu boradagi ishlarni tashkiliy jihatdan samarali amalga oshirish maqsadida Palata tizimida maxsus bo'lim tashkil etilib, hududiy boshqarmalarda esa aniq hodim biriktirilgan.
Murojaatlar o'z vaqtida ko'rib chiqilishi va hal etilishi ustidan doimiy ravishda nazorat olib borilmoqda. Bundan tashqari, hududiy boshqarmalarda murojaatlar bilan ishlashning ahvoli muntazam ravishda palata hodimlari tomonidan o'rganib chiqiladi va natijalari muxokama etiladi.
Murojaatlarini ko'rib chiqish va hal etish ishlarining ahvoli har 6 oyda umulashtirilib, Palata ijroiya qo'mitasida muhokama etilib kelinmoqda.
Statistik ma'lumotlarga ko'ra, joriy yil mobaynida Palata tizimiga jami 8130 ta murojaat kelib tushgan bo'lib, ushbu murojaatlarning 3383 tasi Palataning viloyat hududiy boshqarmalari va joylardagi tuzilmalariga, 4747 tasi Palataning Ijro etuvchi qo'mitasiga kelib tushgan.
Tadbirkorlik sub'ektlaridan kelib tushgan ushbu murojaatlarning katta qismi quyidagi masalalarda kelib tushmoqda.
Bular:
- yuridik ko'mak, ta'sis hujjatlari tayyorlash -28%;
- konsultatsiya va maslahat xizmatlari - 15%;
- investitsiya va xorijiy hamkorlarni jalb etishda ko'mak - 7%;
- mahsulot va xizmatlarini eksport qilish - 12%;
- bank-moliya, kredit, garov ta'minoti -5%;
- biznes rejalar tayyorlash - 3%;
- tadbirkorlik faoliyati bilan bog'liq muammoli masalalarga huquqiy tushuntirish berish -10%;
- bo'sh turgan bino-inshootlarni “nol” qiymatda olish, auksion savdolarida ishtirok etish, yer ajratilishi sohasida - 8%;
- noqonuniy aralashuvlar - 7%;
- infratuzilma tarmog'idagi uzilishlar - 5%.
Hisobot davrida Palata Ijro etuvchi qo'mitasiga kelib tushgan jami murojatlarning 2628 tasi o'rnatilgan tartibda ko'rib chiqilgan bo'lib, bugungi kunda tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan kelib tushgan 650 ta murojaat Palataning mas'ul xodimlari tomonidan ko'rib chiqilmoqda.
Bundan tashqari, Prezident Xalq qabulxonasi bilan Palata o'rtasida o'zaro hamkorlik o'rnatilgan bo'lib, unda bugungi kunga qadar tadbirkorlik sub'ektlaridan 125 ta murojaat kelib tushgan bo'lib, Palata vakolati doirasida ko'rib chiqildi.
a'kidlash lozimki, Palataning hududiy boshqarmalarida tadbirkorlarni bevosita qabul qilish ishlariga alohida e'tibor qaratib kelinmoqda va tizimli ravishda tadbirkorlarning muammolarini hal etish choralari ko'rilmoqda.
Jumladan, Palata Ijro etuvchi qo'mitasiga tashrif buyurgan tadbirkorlik sub'ektlari va fuqarolar jami 1263 tani tashkil etgan bo'lib, ularning 127 tasi Palata rahbariyatining qabullarida bo'ldi hamda ularga o'rnatilgan tartibda amaliy ko'mak berish choralari ko'rib chiqildi.
O'z SSP Axborot xizmati
25.07.2019
16:22