O'z SSPning Call markaziga qilingan murojaatlar taxlili
“Chamber Business Solutions” unitar korxonasi tomonidan 2019 yilning II kvartali (aprel-iyun) davomida amalga oshirilgan ishlar to'g'risida.
2019 yil Ish rejasiga asosan bajarilishi lozim bo'lgan vazifalar belgilab olingan bo'lib, bu bo'yicha II kvartaldagi (aprel-iyun) holat quyidagicha:
I. 2019 yil uch oy (aprel-iyun) davomida O'zbekiston Savdo-sanoat palatasining 150-60-06 yagona raqami hamda 1094 ishonch telefoni orqali ish vaqti va ish vaqtidan tashqari jami 9 904 ta qo'ng'iroq qabul qilingan bo'lib, ushbu qo'ng'iroqlarning oylar kesimidagi statistikasi quyida keltirilgan:
II. 2019 yil II choragidagi qo'ng'iroqlarning hududlar kesimidagi tahlili quyida aks ettirilgan:
III. 2019 yil II chorak mobaynida qo'ng'iroq qilgan murojaatchilar to'g'risida ma'lumot:
1. Tadbirkorlik sub'ektlaridan kelib tushgan qo'ng'iroqlar soni hamda qo'ng'iroqlar yo'nalishi – jami 4612 ta qo'ng'iroq:
- turli yo'nalishlarda yuridik maslahat berish;
- xat masalasi (ijrochini aniqlash);
- Palataga a'zolik bo'yicha maslahat olish;
- kafolat xati olish uchun kerakli xujjatlar tartibi xamda kafolat xati tayyorligini aniqlashtirish masalasi;
- xalqaro o'quv dasturlari (GIZ, SABIT) masalasi;
- biznes-forum, ko'rgazma va yarmarkalar xaqida ma'lumot olish va ularda ishtirok etish.
2. HB/TKM lar orqali kelib tushgan qo'ng'iroq soni xamda qo'ng'iroqlar yo'nalishi – jami 2762 ta qo'ng'iroq:
- a'zolik badalining hisob raqamiga o'tkazilganligini aniqlash masalasida;
- xat masalasi (ijrochini aniqlash);
- kafolat xati tayyorligini aniqlashtirish masalasi;
- HB\TKM xodimlari tomonidan sanoat korxonalarida o'tkazilgan So'rovnomalar bo'yicha;
- a'zolik guvoxnomasi tayyor bo'lganligini aniqlashtirish masalasi.
3. Davlat organlaridan kelib tushgan qo'ng'iroqlar soni hamda qo'ng'iroqlar yo'nalishi – jami 2040 ta qo'ng'iroq:
- tadbirkorlik faoliyatiga aloqador bo'lgan yangi qonun, qaror loyihalari va normativ huquqiy-xujjatlar bo'yicha;
- xat masalasi (ijrochini aniqlash);
- tadbirlar, uchrashuvlar, ekspertlar kengashida ishtirok etish masalasida.
4. Tadbirkorlik sub'ektiga ega bo'lmagan jismoniy shaxslar tomonidan kelib tushgan qo'ng'iroqlar soni hamda qo'ng'iroqlar yo'nalishi – jami 362 ta qo'ng'iroq:
- tadbirkorlikni boshlash tartiblari bo'yicha ma'lumot olish;
- bo'sh ish o'rinlari to'g'risida xamda ishga joylashish bo'yicha suhbat;
- xat masalasi (ijrochini aniqlash);
- er olish tartibi bo'yicha maslahat olish;
- kredit olish tartiblari hamda bankda yuzaga keladigan muammolar masalasi.
5. Xorijiy davlatlardan kelib tushgan qo'ng'iroqlar soni – jami 128 ta qo'ng'iroq:
- xat masalasi (ijrochini aniqlash);
- Qo'shma korxona va Xususiy korxona ochish tartiblari bo'yicha ma'lumot olish;
- investitsiya kiritish masalalari;
- O'zbekistondagi mavjud korxonalar ro'yxatini olish.
O'z SSP Axborot xizmati
26.07.2019
17:11