• RIVAL168
  • Sabung Ayam Online
  • Slot Online
  • Slot Bank Bri
  • Slot Bank Mandiri
  • Slot Bank Seabank
  • Slot Bank Bca
  • Slot Bank Bni
  • Slot Dana
  • Slot Ovo
  • Slot Linkaja
  • DeraDer4
  • Link DeraDer4
  • Sleep DeraDer4
  • MMORPG DeraDer4
  • gacor
  • gunchang menang
  • slot gacor
  • anime
  • anime baru
  • anime overpower
  • anime sekolah
  • baju sepasang
  • baju korea
  • make up
  • facewash
  • baju sepasang
  • baju raya
  • Slot 2025
  • Slot bagus 2025
  • Slot bagus 2024
  • O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi
    6.02.24

    Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi bo'yicha navbatdagi seminar bo'lib o'tdi

    6.02.24

    O‘zbekiston-Belarus ishbilarmonlar kengashining 3-yig‘ilishi

    1.02.24

    Gulistonda tadbirkorlar uchun viloyat hokimining navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi

    1.02.24

    Kanadaning O'zbekistonga yangi tayinlangan elchisi Alan Hemson o'rtasida uchrashuv

    31.01.24

    “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini” joriy etish bo'yicha seminar-trening

    23.01.17

    O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

    20.01.17

    Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

    10.05.16

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    11.12.15

    Rossiya Federatsiyasi

    11.12.15

    Ukraina

    Istanbulda Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Savdo-sanoat palatasi Ijroiya qo'mitasining 26-majlisi yakunlandi.

    Istanbul shahrida Turkiya Savdo-sanoat palatalari va tovar birjalari Ittifoqi binosida 27–30 iyul kunlari Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Savdo-sanoat palatasi Ijroiya qo'mitasining              26-majlisi  va Bosh Assambleyasining 17-majlisi bo'lib o'tdi. 

    Unda tashkilotga a'zo davlatlar – O'zbekiston, Afg'oniston, Ozarbayjon, Eron, Pokiston, Turkiya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Turkmaniston, Tojikiston Savdo-sanoat palatalari vakillari, turizm, transport, savdo, sanoat, investitsiya sohalari uchun mas'ul vazirlik va idoralar,  ishbilarmon doiralar vakillari ishtirok etdi. 

    Uchrashuv Turkiya Respublikasi raisligida tashkil etildi. Unda  Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Savdo-sanoat palatasi prezidenti A.Hofiziy, Turkiya Savdo-sanoat palatalari va tovar birjalari Ittifoqi prezidenti R.Xisarchiklioglu, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi X.Suleymanpur, Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi bosh kotibi B.Amraev qatnashdi. 

    Savdo-sanoat palatalari mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muhim rol o'ynaydi va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish lokomativi hisoblanadi. Bu borada IHT Savdo-sanoat palatasi maydoni IHT a'zosi bo'lgan mamlakatlar o'rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirishning samarali mexanizmi vazifasini bajaradi.

    Uch kun davom etgan tadbirda Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Savdo-sanoat palatasining Tadbirkor ayollar, Turizm, Transport, Sanoat, investitsiya, kichik va o'rta biznesni rivojlantirish, Savdoni soddalashtirish bo'yicha qo'mitalari va Arbitraj qo'mitasining majlislari tashkil etildi. Qo'mitalar majlislarida tashkilotga a'zo davlatlar o'rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, savdo, sanoat, tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlashdagi mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. 

    Tashkilotga raislik turli yillarda Afg'oniston, Turkiya, Eron, Pokiston davlatlari tomonidan amalga oshirilgan. Bugungi kunda tashkilotga a'zo davlatlar o'rtasidagi tovar aylanmasi 600 milliard AQSH dollaridan ziyod, aholi soni esa 440 milliondan ortiqdir.  O'zbekiston delegatsiyasi tomonidan ta'kidlanganidek, “2017– 2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi”ni amalga oshirish doirasida qo'shni mamlakatlar bilan ahil qo'shnichilik muhitini shakllantirish va hamkorlikni yanada mustahkamlash O'zbekiston tashqi siyosatini ustuvor yo'nalishi sifatida belgilagan. IHT ga a'zo mamlakatlar O'zbekistonning yirik va muhim savdo hamkorlari hisoblanadi. Xususan, 2018 yilda O'zbekiston bilan IHT ga a'zo mamlakatlar o'rtasidagi tovar aylanmasi 6,8 mlrd. AQSH dollarini tashkil qildi, bu ko'rsatkich o'tgan yilga nisbatan 40 foizga oshganligini ko'rsatadi”.

    Tadbirda tuzilma tarkibidagi tarmoq institutlarining joriy yildagi faoliyati sarhisob qilindi, tashkilotga a'zo davlatlar Savdo-sanoat palatalarining hamkorlikni mustahkamlashga doir taklif va tashabbuslari tinglandi. 

    Anjumanda ishtirokchilar mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar, ayollar tadbirkorligi, xorijiy sarmoyadorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha ko'rilayotgan chora-tadbirlar bilan yaqindan tanishtirildi. 

    Shuningdek majlisda tijorat nizolarini hal qilishning muqobil usuli sifatida tashkil qiliniishi nazarda tutilayotgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Arbitraj markazining ta'sis hujjatlari yuzasidan fikr almashinildi.

    Majlis ishtirokchilarida O'zbekiston Savdo-sanooat palatasi tizimidagi Xalqaro tijorat arbitraj sudi va hakamlik sudlari to'g'risidagi taqdimotlar, shuningdek Toshkent xalqaro arbitraj markazining tashkiliy-huquqiy ishlari  haqidagi axborot qiziqish uyg'otdi. 

    Anjumanning so'nggi kunida  Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi va  Turkiya Savdo-sanoat palatalari va tovar birjalari Ittifoqi tashabbusi bilan Turkiyada savdo-sanoat palatalarini tashkil qilish va faoliyatiga bag'ishlangan semiinar-trening tashkil qilindi hamda uning ishtirokchilariga Sertifikatlar berildi.

     

    O'z SSP Axborot  xizmati 

    01.08.2019

    15:18

    Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
    x

    Savollar bering

    Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

    +998(78) 150-60-06