Korrupsiyasiz biznes – farovon kelajak poydevori
Bugungi kunda O'zbekiston jahonning ko'pgina davlatlari bilan o'zaro manfaatli hamkorlik qilmoqda, mamlakatimizda biznes-muxitni yaxshilash bo'yicha mustaxkam huqukiy poydevor yaratildi, maxalliy va xorijiy investitsiyalar keng jalb qilinmoqda.
Mazkur investitsiyalar to'g'ri va to'lik o'zlashtirilishi, mamlakatimiz jahon xamjamiyatida o'zining munosib o'rnini egallashini ta'minlash uchun biznes xamjamiyati o'rtasida qonunbuzarliklar, birinchi navbatda jinoyatlar sodir etilishi, ayniqsa korrupsion holatlarning oldini olish zarur va biznes bunday illatlardan xoli bo'lishi shart.
Olib borilayotgan barcha say'i xarakatlar biznes qonuniy, xalol va shaffof bo'lishligiga qaratilgan. O'tkazilgan tahlillar shuni ko'rsatmoqdaki, qonunbuzarliklarning aksariyati tadbirkorlar tomonidan qonun talablarini bilmagan holda sodir etilmoqda.
Qonunbuzarliklarga baxo berishdan avval davlat va tadbirkorlar o'rtasidagi munosabatlarga aloxida e'tibor qaratish lozim, deb hisoblaymiz, ya'ni, ayrim xolatlarda tadbirkorning o'zi o'z maqsadlariga tez va oson erishish uchun davlat organlari vakillari bilan noqonuniy aloqalarga kirishishga xarakat qiladi, davlat organlari mansabdor shaxslariga yo'l qidiradi.
Ikkinchisi esa, davlat organlari tadbirkorlarni noqonuniy munosabatlarga kirishishga majbur qiladi. Shuning uchun qonunchilikda har ikkala tomonga xam javobgarlik belgilab qo'yilgan.
Joriy yilning 01 avgust kuni Samarqand shahrida ushbu mavzuga bag'ishlangan ochiq seminar o'tkazildi. Tadbirda Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub'ektlari, viloyat prokuraturasi, sodiq va bojxona boshqarmalari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Seminarda Savdo-sanoat palatasi boshqarma boshlig'i B.Ibadullaev so'zga chiqib, “korrupsiya” tushunchasi, mazkur illat jamiyat rivojlanishi, birinchi navbatda mamlakatda biznes uchun keltiradigan xavfi to'g'risida atroflicha tushuntirish berdi.
Yig'ilish davomida huquqbuzarliklar profilaktikasi bo'yicha Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar hamda ularning sodir etish sabablari va bunga sharoit yaratgan shart-sharoitlar muhokama qilindi.
Evropadagi xavfsizlik va hamkorlik kengashi bilan O'zbekistondagi xususiy sektorda korrupsiyaga qarshi kurashish to'rg'isidagi loyihasi bo'yicha amalga oshirilgan ishlar bo'yicha ma'lumotlar berildi.
O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Xarakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 4-bandiga muvofiq, korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bo'yicha bir qator tashkiliy va amaliy ishlar amalga oshirildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 02.02.2017 yildagi PQ-2752 son qarori bilan tasdiqlangan “2017-2018 yillarga mo'ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha Davlat dasturi” ijrosi yuzasidan aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish, huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha 2018 yil davomida barcha hududlarda davlat organlari hamda tadbirkorlik sub'ektlari uchun ochiq seminarlar o'tkazildi.
Biznes yuritish va biznes ayirboshlashning tan olingan jahon standartlarini hisobga olgan xolda ahloqiy me'yorlarini birxillashtirish, ahloqiy va xalol hulq-atvorni targ'ib qilish, qonunbuzarliklar va korrupsiyaning oldini olish maqsadida, YEXXTning moliyaviy ko'magida Biznes yuritish etikasi kodeksi ishlab chiqildi va tadbirkorlik sub'ektlari o'rtasida tarqatildi.
Yangi tahrirdagi “O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to'g'risida”gi Qonun bilan Palataning vakolatlari aniqlashtirib berildi va doirasi kengaytirildi.
Hususan, Palataga tadbirkorlar faoliyati tekshiruvdan o'tkazilayotganida ularni huquqiy, shu jumladan yuridik jihatdan qo'llab-quvvatlash, ular faoliyatida o'tkazilayotgan tekshiruvda ishtirok etish, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarning tekshiruv yakuni bo'yicha qabul qilgan qarorlari ustidan shikoyat qilish, jinoyat ishlari bo'yicha ish yuritishda tadbirkorlarning jamoatchilik himoyachisi sifatida ishtirok etish kabi huquqlari berildi.
Shu bilan birga hozirda Savdo-sanoat palatasi vakolatlariga sirasiga soliq organlari tomonidan tadbirkor xisob raqamlaridan pul mablag'larini yechib olish, ortiqcha mablag'larni undirish xolatlari ustidan jamoatchilik nazoratini olib borish vakolati ham berilganligi to'g'risida tushuncha berildi.
O'z SSP Axborot xizmati
02.08.2019
18:10