Hududiy seminar-trening
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2016 yil 16 fevraldagi 36-‘F”-sonli buyrug‘iga asosan Nazorat qiluvchi organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika kengashi tomonidan 2016 yil uchun tasdiqlangan reja-jadvaliga tushgan Toshkent viloyatidagi tadbirkorlik sub’ektlari bilan manzilli ishlashni tashkil etish maqsadida SSP Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi tegishli Nazorat qiluvchi organlarning hududiy tuzilmalari bilan hamkorlikda seminar-trening o‘tkazishni rejalashtirgan.
Mazkur tadbir joriy yilning 8 aprelь kuni soat 10:00 da Toshkent viloyati Yaigiyul tumani hokimligi majlislar zalida bo‘lib o‘tadi.
Mazkur seminar-treningda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining vakillari ma’ruza bilan ishtirok etishadi.
Tadbir davomida tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini tekshirishlarda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining o‘rni, tadbirkorlik sub’ektlarida tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobini elektron yuritish tizimi, tekshirishlarga tushgan tadbirkorlik subektlari rahbarlarining xuquqiy savodxonligini oshirish kabi mavzularda ma’ruzalar qilinishi kutilmoqda.
07.04.2016
17:07