Korrupsiyadan xoli biznes - farovon kelajak poydevori
Har bir mamlakatda tadbirkorlik faoliyatini rivojlanishiga raxna soluvchi asosiy to'sqinliklardan biri bu korrupsiyadir. Jaxon hamjamiyatining tahlillariga qo'ra, aynan korrupsiya tufayli dunyo iqtisodiyoti har yili 2,6 trln. AQSH dollari miqdorida zarar ko'rayotganligi, bu esa dunyoda ishlab chiqarilayotgan yalpi mahsulotning tahminan 5 foizini tashkil etishi, jahon bo'yicha pora sifatida taqdim qilinayotgan mablag' 1,0 trln. AQSH dollari miqdorida bo'lib, ko'rsatilayotgan barcha gumanitar yordamlardan 10 barobar ortiq ekanligi har bir insonni ajablantiradi. Davlatimiz rahbari korrupsiya illatidan xalos bo'lishni dolzarb vazifalardan biri ekanligini ko'p marotaba ta'kidlab o'tadilar.
Jumladan Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoev halqimiz tomonidan mamlakatimiz rahbari etib saylanganidan so'ng, ilk tashabbuslari qatorida 2017 yil 3 yanvar kuni “Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. Qonunning 20-moddasi yurtimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va malakatimizda tadbirkorlik sohasida korrupsiyaning oldini olishga bag'ishlandi.
2019 yil 27 may kuni “O'zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida” PF-5729-sonli Farmoni qabul qilinishi bilan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini istiqboli yanada yangi pog'onaga ko'tarildi.
Joriy yilning 4-7 sentyabr kunlari Namangan, Farg'ona va Andijon shaharlarida tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan ular tomonidan sodir etilishi mumkin bo'lgan huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida ochiq seminarlar o'tkazildi. Tadbirlarda Farg'ona vodiysida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub'ektlari, viloyatlar hokimligi, prokuratura idoralari, soliq, adliya, bojxona, bandlik bosh boshqarmalari, O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko'rib chiqish qabulxonasi xodimlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Seminarlarda Savdo-sanoat palatasi sud huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilish boshqarmasi bosh yuriskonsulti B.Shukurov so'zga chiqib, “korrupsiya” tushunchasi, mazkur illat jamiyat ravnaqi, asosan davlatimizda rivojlanayotgan tadbirkorlik sohasiga keltiradigan xavfi, mazkur illatga qarshi ko'rashish borasida qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar, ayniqsa 2018 yil 27 iyuldagi “Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-5490 sonli farmoni va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 noyabrdagi 920-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarini tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatini tekshirish huquqini berish yuzasidan attestatsiyadan o'tkazish tartibi to'g'risida”gi nizom bilan tadbirkorlik sub'ektlarini tekshirish uchun maxsus guvohnomani berish uchun nazorat qiluvchi organlarda o'tkaziladigan attestatsiyalarda jamoatchilik nazorati o'rnatilganligi, kelgusida tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan o'z faoliyatini amalga oshirishda g'ayriqonuniy tekshirishlar va korrupsion holatlarga ro'bari bo'lishiga barham berilganligini tushuntirib o'tdi.
Shuningdek B.Shukurov o'zining ma'ruzalarida investor va tadbirkorlar tomonidan bo'sh turgan bino, samarasiz foydalanilayotgan yerlardan foydalanish bo'yicha byurokratik to'siqlar uchrayotganligi, asossiz ravishda hususiylashtirish natijalari qayta kurib chiqilib, mahalliy hokimiyat organlari tomonidan noqonuniy da'volar sudlarga kiritilayotganligi, sudlar esa ushbu qonun normalariga zid kiritilgan da'volarni qanoatlantirayotganligidan norozilik bildirilgan murojaatlar ko'plab tushayotganligi aytib, bunday mas'uliyatsizlik ham korrupsiyani yuzaga keltirayotgan omillardan biri bo'layotganligini ta'kidladi.
Seminarlarda ishtirok etgan prokuratura organlari mas'ul xodimlari tadbirkorlarni huquqiy himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan: turli tashkilotlardan kelib tadbirkorlarni noqonuniy tekshiruvlar o'tkazish yuzasidan va ularga nisbatan amalga oshirilgan ishlar bo'yicha, huquqbuzarlikni sodir etilganidan so'ng tadbirkorlar xatoni tushunib o'z vaqtida aybini buyniga olib murojaat qilinishida qonun normalarida yengiliklar berilishi ko'zda tutilganligi tug'risida tushunchalar berib, tadbirkorlarni murojaatlariga alohida e'tibor qaratilganligi, shuning uchun ijtimoiy tarmoqlarda maxsus hududiy telegramm gruppalar ochilganligi, ushbu gruppalarda tadbirkorlar o'zlarining faoliyatida duch kelayotgan muammolarni to'g'ridan-to'g'ri kiritib o'z o'rnida javob olishlari mumkinligini bildirishdi.
Seminarda qatnashgan O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirning tadbirkorlar murojaatlarini ko'rib chiqish qabulxonasi xodimlari hududlarda tadbirkorlik sohasiga alohida qaratilganligi, ijtimoiy tarmoqlarda murojaatlarni qabul qilish uchun maxsus virtual qabulxona ochilib doimiy faoliyat yuritayotganligi hamda ushbu Bosh vazir huzuridagi virtual qabulxona orqali kelayotgan murojaatlar belgilangan muddatlarda ko'rib chiqilayotganligi, Savdo sanoat palatasi hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakil devoni bilan hamkorlik yo'lga quyilib, tadbirkorlarni muammolari tusqinliksiz bartaraf etilayotganligini bildirishdi.
11.09.2019
10:26