O'zbekiston Savdo-sanoat palatasida Tatariston Savdo-sanoat palatasi raisi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi
Joriy yilning 18 sentyabr kuni O'zbekiston Savdo-sanoat palatasida Tatariston Savdo-sanoat palatasi raisi janob Shamil Ageyev bilan uchrashuv bo'lib o'tdi, unda ikki mamlakat o'rtasidagi savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlik masalalari va istiqbollari muhokama qilindi.
Uchrashuvda, neft-kimyo, sanoat uskunalari, avtomobilsozlik, qishloq xo'jaligi, tibbiyot va farmatsevtika sohalarida iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlari ko'rib chiqildi.
18.09.2019
18:44