Sizni O'zbekiston va Turkiya ishbilarmon doiralari ishtirokida biznes-forum va B2B formatidagi ikki tomonlama muzokaralarga taklif qilamiz
O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi va O'zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi 23-28 sentyabr kunlari MUSIAD prezidenti A. Kaan boshchiligidagi Turkiya Mustaqil sanoatchilar va tadbirkorlar uyushmasi (MUSIAD) delegatsiyasining O'zbekistonga tashrifi tashkil etilmoqda.
Tashrif doirasida 24 sentyabr kuni soat 10-00da International Hotel Tashkent mehmonxonasining konferents-zalida O'zbekiston va Turkiya ishbilarmon doiralari ishtirokida B2B formatidagi biznes-forum va ikki tomonlama muzokaralar bo'lib o'tadi.
Ushbu tashrifdan maqsad qurilish sanoati, qishloq xo'jaligi, oziq-ovqat, neft va metallurgiya, go'sht va sut mahsulotlari, shamol va quyosh energiyasi, transport va logistika sohalarida muzokaralar olib borishdir.
Agar siz ushbu tadbirda ishtirok etishni xohlasangiz, iltimos, 71-150-60-06 raqamiga murojaat qiling.
Murojaat uchun shaxs: Ruzimurodova Rayxon
19.09.2019
17:21