O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tadbirkorlik faoliyatida duch kelayotgan muammolar yuzasidan tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini hal etmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi faoliyatining asosiy yo'nalishlaridan biri – bu tadbirkorlik sub'ektlarining murojaatlarini ko'rib chiqish va hal etish hisoblanadi.
Bu boradagi ishlarni tashkiliy jihatdan samarali amalga oshirish maqsadida Savdo-sanoat palatasi davlat tashkilotlari, jumladan, vazirliklar, qo'mitalar va agentliklar, banklar hamda moliya tashkilotlari bilan o'zaro hamkorlikni amalga oshirib kelmoqda.
Xususan, joriy yilning oktyabr oyida:
- Surxondaryo viloyati, Termiz tumanidagi “SALOXIDDIN DILNOZA TERMIZ” OKning non va non mahsulotlari ishlab chiqarish uchun elektr energiyasiga ulab berishda amaliy yordam so'rab yo'llagan murojaati atroflicha o'rganib chiqilib, hududiy elektr tarmoqlari AJ bilan ijobiy hal etildi. Bugungi kunda korxona elektr energiyasiga ulanib, tadbirkorlik faoliyatini davom ettirmoqda.
- Toshkent shahri, Yashnobod tumanidagi “EAST PRODUCTIONS” MCHJning yer maydoni ajratishdagi yuzasidan qilgan murojaati o'rnatilgan tartibda o'rganib chiqilib, Toshkent shahar hokimining 2013 yil 31 dekabrdagi 1068-sonli qaroriga asosan Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastr boshqarmasi bilan birgalikda Davlat mulki bo'lgan yer uchastkasiga ijara shartnomasi tuzilishi ta'minlandi.
- Surxondaryo viloyati, Sho'rchi tumanidagi fuqaro J.Yadgarovning baliqchilik uchun ajratib berilgan yer maydonlari o'lchab berilmayotganligi masalasida yo'llagan murojaati o'rnatilgan tartibda ko'rib chiqilib, Savdo-sanoat palatasi tomonidan Sho'rchi tuman yer rusrlari va davlat kadastri bo'limiga yo'naltirildi va murojaatning hal etilishi ta'minlandi.
Tadbirkorlarning murojaatlari yuzasidan bu kabi misollarni ko'plab keltirish mumkin.
O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha tadbirkorlar bilan doimo hamkorlikka tayyor.
24.10.2019
15:35