SSP raisi o‘rinbosari Qashqadaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
26 oktyabr kuni Qashqadaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Xurram Jo‘raev o‘rniga O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari O‘tkir Umirovich Bo‘taev birinchi o‘rinbosar etib tayinlandi.
Qashqadaryo viloyati hokimi etib Zafar Ro‘ziev o‘rniga Zoyir Mirzaev tayinlandi.
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi jamoasi O‘tkir Umirovich Bo‘taevni tayinlov bilan muborakbod etadi va mas'uliyatli ishida ulkan zafarlar tilab koladi.
28.10.2019
15:41