• RIVAL168
  • Sabung Ayam Online
  • Slot Online
  • Slot Bank Bri
  • Slot Bank Mandiri
  • Slot Bank Seabank
  • Slot Bank Bca
  • Slot Bank Bni
  • Slot Dana
  • Slot Ovo
  • Slot Linkaja
  • DeraDer4
  • Link DeraDer4
  • Sleep DeraDer4
  • MMORPG DeraDer4
  • gacor
  • gunchang menang
  • slot gacor
  • anime
  • anime baru
  • anime overpower
  • anime sekolah
  • baju sepasang
  • baju korea
  • make up
  • facewash
  • baju sepasang
  • baju raya
  • Slot 2025
  • Slot bagus 2025
  • Slot bagus 2024
  • O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi
    6.02.24

    Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi bo'yicha navbatdagi seminar bo'lib o'tdi

    6.02.24

    O‘zbekiston-Belarus ishbilarmonlar kengashining 3-yig‘ilishi

    1.02.24

    Gulistonda tadbirkorlar uchun viloyat hokimining navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi

    1.02.24

    Kanadaning O'zbekistonga yangi tayinlangan elchisi Alan Hemson o'rtasida uchrashuv

    31.01.24

    “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini” joriy etish bo'yicha seminar-trening

    23.01.17

    O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

    20.01.17

    Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

    10.05.16

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    11.12.15

    Rossiya Federatsiyasi

    11.12.15

    Ukraina

    TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINING HUQUQLARINI HIMOYA QILISHDA HAKAMLIK SUDLARI VA MEDIATSIYANING O'RNI

    O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan AQSh xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ning O‘zbekistonda  sud-huquq islohotlari bo‘yicha dasturi doirasida  2019 yil  30 oktyabrda Termez shahrida “Tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda hakamlik sudlari va mediatsiyaning roli” mavzusida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.  


    Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi va uning Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi huzuridagi Hakamlik sudlari sud'yalari, Surxondaryo viloyati hokimligi, prokuraturasi, adliya boshqarmasi, fuqarolik ishlari bo‘yicha va iqtisodiy sudlari, tumanlararo sudlar sud'yalari, advokatlar, mediatorlar, tadbirkorlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi. 
    Anjumanda “O‘zbekistonda nizolarni muqobil hal qilish: huquqiy asoslari va rivojlanish bosqichlari”, “Xorijiy davlatlarda mediasiya: huquqiy asoslari va amaliyot”, “Hakamlik sudlarida iqtisodiy nizolarni hal qilishning o‘ziga xos xususiyatlari”, “Hakamlik muhokamasining afzalliklari va hakamlik sudlarida ish yuritish tartibi” mavzularida huquqshunos olimlar va  mazkur sohaning tajribali  mutaxassislari ma'ruzalar qildilar.


    Jamiyatimizda huquqiy madaniyatning oshirilishi, jumladan sud instansiyalariga murojaatlar sonini ko‘payishiga ham olib keladi. Ko‘pgina mamlakatlarda sudlarda to‘lib ketgan murojaatlar va ko‘riladigan ishlar sonini kamaytirishning samarali usullaridan biri sifatida mediasiya institutidan unumli foydalanilmoqda. Bunda nizolashuvchi taraflar professional vositachi – mediator yordamida kelishuv yo‘llarini axtarish orqali o‘zaro maqbul qaror qabul qilishga erishmoqdalar. O‘zbekiston ham mazkur yo‘nalishda oldinga intilmoqda.
    O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Hakamlik sudining raisi,  yuridik fanlar doktori Foziljon Otaxonov o‘z ma'ruzasida nizolarning muqobil hal qilish usullarining huquqiy asoslari yaratilganligi, jumladan hakamlik sudlari va mediasiya to‘g‘risida maxsus qonunlar qabul qilinganligini ta'kidladi. 
    Xususan, O‘zbekiston Respublikasining  “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi Qonunida hakamlik sudlari faoliyatining asosiy prinsiplari,  ularni tashkil etish va hisobini yuritish tartibi, mazkur sudlar tomonidan hal etiladigan nizolar, hakamlik bitimi shakli va mazmuni, hakamlik sud'yasiga qo‘yiladigan talablar, hakamlik sudining tarkibini shakllantirish, nizoni hakamlik sudida hal qilish bilan bog‘liq xarajatlar, hakamlik muhokamasi, hakamlik sudining hujjatlari, hakamlik sudining hal qiluv qarori yuzasidan nizolashish va uni ijro etishga oid normalar belgilanganligini qayd qildi. 
    “Mediasiya to‘g‘risida”gi Qonunda: mediasiyaning maqsadi, asosiy prinsiplari, mediatorlarga qo‘yiladigan talablar, mediatorlarning va medasiya taraflarining huquq va majburiyatlari, mediatorlar reestrini yuritish tartibi, mediasiya to‘g‘risida kelishuv, mediasiya jarayoni, mediasiya natijasiga nizoni hal qilinganligi to‘g‘risidagi kelishuvga oid normalar mustahkamlanganligi muhim ahamiyat kasb etmoqda. 
    Nizolarni nafaqat davlat sudlari (fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar, iqtisodiy sudlar), balki  hakamlik sudlari vositasida hal qilish ko‘lami ham tobora kengayib bormoqda. Bunga sabab hakamlik sudlarida nizolarni ko‘rishning quyidagi afzallik jihatlaridir: taraflarda sud'yani mustaqil tanlash imkoniyati mavjudligi;  nizolar bitta instansiyada hal etilishi; ish ko‘rish qisqa muddatlarda amalga oshirilishi; hakamlik sudi xarajatlari nizolarni iqtisodiy va fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda ko‘rish va hal etish uchun ketadigan sud xarajatlaridan kamligi;  hakamlik sudi muhokamasi maxfiy va oshkor qilinishi mumkin emasligi; hakamlik muhokamasi taraflarning kelishuviga muvofiq belgilanishi mumkinligiga e'tibor qaratildi.


    Xususan, Rustam Shaymardonov seminar ishtirokchilarini e'tiborini hakamlik muhokamasining yuqoridagi afzalliklariga qaratgan holda Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boshqarmalari huzurida tashkil qilingan 15 ta Hakamlik sudlari tomonidan 2019 yilning 9 oyi mobaynida  jami 7219 ta ishlar ko‘rilgan bo‘lib, da'vo summasi 187,2 mlrd. so‘m, 1,0 mln. AQSh dollari, 875,5 ming Yevroni tashkil qilganligini, bu o‘tkan yilning shu davrida ko‘rilgan ishlar soniga nisbatan 2656 taga ko‘payganligini ta'kidladi.
    Yuridik fanlar nomzodi Dilbahor Yakubova o‘z ma'ruzasida seminar qatnashchilarini Avstriya, Angliya, AQSh, Germaniya, Rossiya, Fransiya, Qozog‘iston kabi xorijiy mamlakatlarda mediasiyaning huquqiy asoslari va uni qo‘llash amaliyotini O‘zbekiston qonunchiligi bilan taqqoslagan holda batafsil tanishtirdi.
    Seminar tadbirkorlarning faol ishtirokida, baxs-munozarali o‘tdi, shuningdek unda ma'ruzachilarga nizolarni muqobil hal qilish usullari qo‘llashda yuzaga kelayotgan masalalar bo‘yicha savollar berildi.
    Ilmiy-amaliy seminar yakunida nizolarni muqobil hal qilishning  afzalliklarini targ‘ibot qilish doirasini tubdan kengaytirish va kuchaytirish, shuningdek hakamlik sudlari faoliyatini yanada ommalashtirish, barcha hududlarda mediasiya markazlarini tashkil qilish, professional mediatorlarni tayyorlash sonini ko‘paytirish bo‘yicha  tavsiyalar qabul qilindi.

    SSP Axborot-xizmati

    31.10.2019

    15:42

    Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
    x

    Savollar bering

    Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

    +998(78) 150-60-06