Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashining majlisi yakunlari bo‘yicha 15 ta hujjat imzolandi
Toshkent shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) mamlakatlari Hukumat rahbarlari Kengashining yig‘ilishi yakunlandi. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha o‘ndan ortiq hujjatlar imzolandi.
Jumladan:
- ShHT Kotibiyatining ShHTning ko‘p tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturini amalga oshirish to‘g‘risidagi hisoboti to‘g‘risida;
- ShHTning 2018 yilgi byudjeti ijrosi to‘g‘risidagi moliyaviy hisobot to‘g‘risida;
- Shanxay hamkorlik tashkilotining 2020 yilgi byudjeti to‘g‘risida;
- ShHTga a'zo davlatlar tashqi auditorlari komissiyasining Shanxay hamkorlik tashkilotining doimiy faoliyat yurituvchi organlarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyati tashqi auditini o‘tkazish to‘g‘risidagi hisoboti to‘g‘risida;
- Shanxay hamkorlik tashkilotining doimiy faoliyat ko‘rsatadigan organlarining tarjimon ta'minoti to‘g‘risida;
- A'zo davlatlarning ko‘p tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorligi dasturining yangi tahririni tasdiqlash to‘g‘risida;
- ShHTning Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha hamkorlik dasturini amalga oshirish rejasini tasdiqlash to‘g‘risida;
- ShHT mamlakatlari temir yo‘l ma'muriyatlari o‘rtasida temir yo‘l transporti sohasida o‘zaro hamkorlik konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida;
- ShHTga a'zo davlatlar o‘rtasida uzoq va olis qishloqlarni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik konsepsiyasini va uni amalga oshirish bo‘yicha harakatlar rejasini tayyorlash to‘g‘risida;
- Shanxay hamkorlik tashkiloti Iqtisodiy tahlil markazlari konsorsiumi qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida;
- ShHTga a'zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashining 18-yig‘ilishidan keyingi qo‘shma kommyunike;
- ShHT mamlakatlari hukumatlari o‘rtasida transportni boshqarishning yaxlit tizimini shakllantirish to‘g‘risidagi doiraviy bitim;
- ShHT davlatlari bojxona xizmatlari o‘rtasida milliy tranzit tizimlarining o‘zaro integratsiyasi to‘g‘risida memorandum;
- ShHT va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) o‘rtasida anglashuv memorandumi;
- ShHT Kotibiyati va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa Iqtisodiy Komissiyasi o‘rtasida anglashuv memorandumi.
Manba: xs.uz
04.11.2019
13:15