• RIVAL168
  • Sabung Ayam Online
  • Slot Online
  • Slot Bank Bri
  • Slot Bank Mandiri
  • Slot Bank Seabank
  • Slot Bank Bca
  • Slot Bank Bni
  • Slot Dana
  • Slot Ovo
  • Slot Linkaja
  • DeraDer4
  • Link DeraDer4
  • Sleep DeraDer4
  • MMORPG DeraDer4
  • gacor
  • gunchang menang
  • slot gacor
  • anime
  • anime baru
  • anime overpower
  • anime sekolah
  • baju sepasang
  • baju korea
  • make up
  • facewash
  • baju sepasang
  • baju raya
  • Slot 2025
  • Slot bagus 2025
  • Slot bagus 2024
  • O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi
    6.02.24

    Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi bo'yicha navbatdagi seminar bo'lib o'tdi

    6.02.24

    O‘zbekiston-Belarus ishbilarmonlar kengashining 3-yig‘ilishi

    1.02.24

    Gulistonda tadbirkorlar uchun viloyat hokimining navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi

    1.02.24

    Kanadaning O'zbekistonga yangi tayinlangan elchisi Alan Hemson o'rtasida uchrashuv

    31.01.24

    “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini” joriy etish bo'yicha seminar-trening

    23.01.17

    O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

    20.01.17

    Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

    10.05.16

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    11.12.15

    Rossiya Federatsiyasi

    11.12.15

    Ukraina

    Sirdaryo viloyati hokimining tadbirkorlarga murojaati e'lon qilindi

    Sirdaryo viloyati hokimi G‘. Mirzaev tadbirkorlarga murojaat qildi, unda viloyat hokimi har bir tadbirkorga yaqin ko‘makchi ekanligini, kunning istalgan vaqtda shaxsan o‘ziga murojaat qilishlari mumkinligini bildirib, aloqa telefon raqamini ham qoldirdi. Quyida mazkur murojaat matni bilan to‘liq tanishishingiz mumkin.

    Sirdaryo viloyatida tadbirkorlikni rivojlantirish, ayniqsa tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda qulayliklar yaratish maqsadida mulkchilik shaklidan qat'iy nazar barcha tadbirkorlar va ishbilarmonlarga viloyat hokimining

    MUROJAATI

    Qadrli do‘stlar va aziz ishbilarmonlar!

    Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoev tomonidan 2019 yil 7 noyabr' kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida tadbirkorlikni rivojlantirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, pirovardida yangi ish o‘rinlari yaratish, mahalliy byudjetga tushumlar hajmini ko‘paytirish hisobiga xalqimizning turmush tarzini yanada yaxshilash, ijtimoiy sohani rivojlantirish, shuningdek aholining muhtoj qatlamini ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha topshiriqlar berildi. 

    Shuningdek, muhtaram Yurtboshimiz “Ikkita ish joyi yaratgan odamni yelkamda ko‘taraman! Agar tadbirkorga sharoit yaratmasak natija bo‘lmaydi“ degan ustuvor g‘oyani ilgari surdilar.

    Bundan tashqari, “hokimlar 50 foiz ish vaqtini yangi kichik biznes sub'ektlari tashkil etish va tadbirkorlarning muammolarini aniqlash hamda ularni hal etishga sarflashi lozimligi” ta'kidlab o‘tildi.

    Tadbirkorlik - bu eng avvalo hududni har tomonlama rivojlanishining asosiy iqtisodiy vositasi va taraqqiyot lokomotivi hisoblanadi.

    Hurmatli tadbirkorlar va ishbilarmonlar, muhtaram Yurtboshimizning kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratayotganliklari bejizga emas. Sababi mamlakatimizning iqtisodiy barqarorligini ta'minlash, rivojlangan davlatlar safidan joy olishida kichik va o‘rta biznesning o‘rni va roli o‘ta muhimligini barchamiz vijdonan his qilishimiz lozim.

    Tarixdan ham ma'lumki, ulug‘ bobokalonimiz Amir Temurning “Tajribamda ko‘rilgan kim, ishbilarmon va shijoat sohibi, azmi qat'iy, tadbirkor va hushyor bir kishi ming minglab tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidir”, degan xulosasini keltirib o‘tish o‘rinlidir.

    Mamlakatimizda kichik biznes va tadbirkorlikni davlat tomonidan keng qo‘llab-quvvatlanishi, kundalik faoliyatida uchrayotgan muammolarni Hukumat darajasida hal etilishi maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri qabulxonalari tashkil etilganligi ham buning yaqqol isbotidir.

    Qabulxonalar tashkil etilgandan keyingi davr mobaynida ular tomonidan viloyat bo‘yicha 1108 nafar tadbirkorning 984 ta muammoli masalalari ijobiy hal etib berildi. Bu esa o‘z navbatida mamlakatimizda tadbirkorlikning qo‘llab-quvvatlanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Oddiy qilib aytganda bugun har bir tadbirkor davlat himoyasida ekanligini anglab yetmoqda.

    Hozirgi kunda tadbirkorlar, o‘rta va kichik biznes sub'ektlari jahon mamlakatlarida iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi uchun asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Rivojlangan davlatlarda tadbirkorlik sub'ektlari umumiy korxonalar sonining 90 foizdan ziyodini tashkil etadi va mehnatga layoqatli aholining 50 foizdan ortig‘ini ish bilan ta'minlaydi.

    Bugungi kunda viloyatimizda faoliyat yuritayotgan kichik biznes sub'ektlari soni 10189 tani tashkil etib, ularda jami ish bilan band aholimizning 60 foizi mehnat qilmoqda.

    Hurmatli tadbirkorlar va ishbilarmonlar!

    Joriy yilning 1 noyabr' holatiga viloyatimizda byudjet daromadlari 1,1 trln.so‘mni tashkil etib, ularning 830 mlrd.so‘mi yoki 74 foizi aynan xususiy tadbirkorlik sub'ektlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

    Mahalliy byudjet xarajatlarini tahlil qiladigan bo‘lsak, 835 mlrd.so‘m yoki 67 foiz xarajatlar aynan aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq sohalarga yo‘naltirilmoqda.

    Shu jumladan, ta'lim sohasiga 484 mlrd.so‘m, sog‘liqni saqlash va sport sohasiga 305 mlrd.so‘m, madaniyat va fan sohasiga 10 mlrd.so‘m, kam ta'minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar uchun 36 mlrd.so‘m mablag‘lar ajratilgan.

    Bundan tashqari, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida viloyat bo‘yicha 11 ta tuman, shaharlardagi 32 ta qishloq va mahallalarda ijtimoiy soha ob'ektlari, ichimlik suv ob'ektlari, ichki yo‘llar, obodonlashtirish va piyodalar yo‘laklarini qurish ishlariga 65 mlrd.so‘m mablag‘ sarflandi.

    Bundan ko‘rinib turibdiki, jamg‘arilayotgan ushbu mablag‘lar asosan farzandlarimiz kelajagi uchun, nogiron, keksa va bemorlar sog‘liqlarini tiklash uchun yo‘naltirilmoqda.

    Albatta, bugungi kunda joylarda amalga oshirilayotgan islohotlar va keng ko‘lamdagi bunyodkorlik ishlarida Siz aziz tadbirkorlarimizning munosib hissangiz bor.

    Mamlakatimizda tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish bugungi kunda davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Muhtaram Prezidentimizning so‘zlari bilan aytganda, “Biz faqat faol tadbirkorlik, tinimsiz mehnat va intilish orqali taraqqiyotga, farovon hayotga erisha olamiz”.

    Bu borada Yurtboshimizning Xovos tumaniga joriy yildagi tashriflari davomida biz sirdaryoliklarga ishonch bildirib, tadbirkorlikni rivojlantirishda respublika bo‘yicha “Xovos tajribasi”ning joriy etilishi juda katta mas'uliyat yukladi.

    Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, viloyatda quyidagi ustuvor vazifalarni belgilab oldik:

    birinchidan, yalpi hududiy mahsulotda kichik biznesning ulushini bugungi kundagi 76 foizdan yil yakuniga qadar 80 foizga oshirish;

    ikkinchidan, muhtaram Prezidentimizning Farmoni bilan 897 gektar maydonda tashkil etilgan Erkin iqtisodiy zonadagi 41 ta loyihalarni amalga oshirish va ularda Farmonda nazarda tutilgan imtiyozlar va preferensiyalarni qo‘llash orqali import o‘rnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish;

    Manba: xs.uz

    11.11.2019

    16:55

    Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
    x

    Savollar bering

    Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

    +998(78) 150-60-06