Toshkentda "Biznesdagi yaxlitlik, xalqaro standartlar, mintaqaviy muammolar, va oldinga yo'l" mavzusida xalqaro konferensiya bo'lib o'tadi
2019 yil 16-17-dekabr «International Hotel Tashkent» mehmonxonasida O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi YEXHTning O'zbekistondagi muvofiqlashtiruvchisi va OESDning Sharqiy Evropa va Markaziy Osiyo bo'yicha korrupsiyaga qarshi tarmog'i menejeri bilan hamkorlikda xalqaro ekspertlar ishtirokida "Biznesdagi yaxlitlik, xalqaro standartlar, mintaqaviy muammolar, va oldinga yo'l" mavzusida xalqaro konferensiya bo'lib o'tadi.
Ushbu konferensiyada quyidagi mavzular muhokama qilinadi:
- davlat siyosatida, korporativ boshqaruv va yaxlitlik, direktorlar kengashi roli;
- korporativ boshqaruv va yaxlitlik, muvofiqlik, va oshkoralik;
- korporativ boshqaruv va muvofiqlik, audit;
- davlat korxonalaridagi ishlarning yaxlitligi;
- hisobot kanallari, jamoaviy harakatni targ'ib qilish.
14.11.2019
12:40