SSP rahbari Eron Islom Respublikasining elchisini qabul qildi
19 noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov Eron Islom Respublikasining yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Hamid Naerobodiyni qabul qildi.
Suhbat chog'ida hozirgi paytda O'zbekiston va Eron o'rtasida o'zaro manfaatli barcha sohalarda hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan konstruktiv va jadal munosabatlar rivojlanib borayotgani ta'kidlandi.
Shuningdek, transport va kommunikatsiya sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, Toshkent va Tehron o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri havo aloqalarini ochishga alohida e'tibor qaratildi.
Tomonlar, shuningdek, 2019 yil dekabr oyida O'zbekiston va Eron o'rtasida savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo'yicha hukumatlararo komissiyani o'tkazish masalalarini muhokama qildilar, ushbu uchrashuv davomida biznes-forum, ko'rgazma va B2B uchrashuvlari rejalashtirilgan.
19.11.2019
14:53